Dts o‘quvchilarning ma’lumot saviyasiga qo‘yiladigan talabni, ona tili ta’limi jarayoniga qo‘yiladigan ijtimoiy talabdan kelib chiqib belgilaydi


Ona tili darslarining tiplari va tuzilishi



Download 71,21 Kb.
bet4/8
Sana13.07.2022
Hajmi71,21 Kb.
#785420
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ona tili darslarining tiplari va tuzilishi.

O‘quvchilar ona tilidan bilim va ko‘nikmalarni, asosan, dars jarayonida oladi. Bundan tashqari, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham oladi. Demak, maktab, darslik, o‘qituvchi tushunchalari bir butunlikni tashkil qiladi.


Dars o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining ko‘zgusi sanalib, unda samaradorlikka erishish uchun, birinchidan, material g‘oyaviy jihatdan yuqori saviyada o‘tilishi, ikkinchidan, o‘quvchilarni uyushtirish uchun puxta tayyorgarlik kerak.


Dars ta’limning boshqa shakllaridan ichki va tashqi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. O‘quvchilarning doimiy gruppasi, qat’iy rejim, dars jadvali, mashg‘ulotlarning ma’lum xonalarda o‘tilishi darsning tashqi xususiyatlari bo‘lsa; darsning maqsadi, o‘quvchilarning bilimga qiziqishlari, ta’lim materialini his qilish, tushunish ichki xususiyati sanaladi.

Zamonaviy darslarning uchta tipini ko‘rsatish mumkin:


1) ona tilidan yangi bilim berish darslari;


2) o‘tganlarni mustahkamlash darslari;


3) bilim va malakalarni tekshirish darslari.


Darsning tarkibiy tuzilishiga yangi bilimlarni izohlash, uy vazifalarini tekshirish, o‘tilganlarni mustahkamlash, qaytarish (takrorlash), darsni tashkil etish va xulosalashni kiritish mumkin. Darsning tuzilish tartibi darsning xususiyatiga qarab o‘zgarib turishi mumkin.





  1. Yangi materialni izohlash darslari. Har bir darsning tuzilishi materialning mazmuni, sinfning umuiy saviyasi sari, pedagogik sistema kabi faktorlar bilan

9


belgilanadi. Yangi bilim berishning kulminatsiyasi o‘quvchilarga notanish yangi narsani ochishdir. Bu o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklaydi: a) o‘quvchiga yangi material tushunarli bo‘lsin; b)o‘quvchilarda shu mavzuga qiziqish uyg‘onsin. Bunda eng muhimi yangi bilimni o‘quvchilarga tanish bilimlar bilan bog‘lab olib borishdir. Yangi bilim berish darsining tuzilishi:



  1. Darsning tashkiliy qismi, uy vazifasini so‘rash – 5-7 minut.




  1. Yangi mavzu bayoni – 15 minutgacha.




  1. Grammatik qoida va xulosalar ustida ishlash, ularni o‘quvchilarga takrorlatish – 3-5 minut.

  2. O‘tilgan materialni mustahkamlash – 13-15 minut.




  1. Uyga vazifa berish – 3-5 minut.




  1. O‘tilganlarni mustahkamlash darslari.

Bilimlarni puxta o‘zlashtirish muntazzam mashq qilishni talab etadi. O‘quvchilar ma’lum bir xulosaga til faktlarini kuzatish, analiz qilish, qiyoslash mashq qilish orqali keladilar. Ayniqsa, orfografiya va punktuatsiya qoidalari amaliy mashqlar vositasida o‘rganiladi. Shuning uchun ham ona tilidan tez-tez mustahkamlash va takrorlash darslari o‘tkazib turiladi. Bunda 3-4 soatlik, ba’zan, 1 soatlik darslar ustida ham mashq qilinadi. Mustahkamlash darslari katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun jiddiy ishlaydi, irodasi mustahkamlanadi, qat’iyati o‘sadi. Bunday darslar uchun 20-25 minut ajratiladi.





  1. Bilim va malakalarni tekshirish darslari. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini va qiziqishlarini tekshirish orqali o‘qituvchi o‘z metodining holatini aniqlab oladi. O‘quvchilarning bilim darajasiga qarab metodini o‘zgartiradi. Bunday darslar darsning har qanday holatida, xususan, nazariy yozma ishlarida uyushtiriladi.



Uy vazifalari va ularni tekshirish.

Uyga vazifa ona tili darslarining tarkibiy qismi sanaladi. O‘quvchilarning ona tilidan bilim va ko‘nikmalarini oshirishda, imlo qoidalarini o‘zlashtirishda uyga vazifaning ahamiyati bor. Uyga vazifa sinfda o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlarining



10


davomi sanaladi. Uyga vazifa tariqasida hamma turdagi mashqlar – ko‘chirib yozishdan inshogacha – nazariy materiallar beriladi.

Ona tili o‘qituvchisi sinf rahbari va ota-onalar bilan kelishib, uy vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa masalalarda yagona rejimga kelishib olishlari lozim.


Uyga vazifalarni to‘g‘ri bajarish o‘quvchilarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlariga bog‘liq. Uy vazifalarini bajarishda o‘quvchilarni quyidagilarga odatlantirish kerak:





  • avvalo, sinfda o‘tilgan qoidani eslash;




  • keyin darslikdan o‘sha paragrafni o‘qib chiqish;




  • berilgan mashqni bir-ikki marta sinchiklab o‘qish;




  • mashq shartiga bog‘lab og‘zaki bajarish;




  • shundan so‘ng topshiriqni yozma bajarish.

Uyga vazifalar tekshirilib daftarlar vaqti-vaqti bilan yig‘ishtirib olinadi.Bo‘shroq o‘quvchilarning daftarlari doimo nazorat qilinadi. Ona tili darslarida o‘tgan darsni so‘rash ko‘proq frontal savollar asosida bajariladi, ya’ni savol butun sinfga beriladi, javobga mo‘ljaldagi o‘quvchi chaqiriladi.





Download 71,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish