Oldini olish tadbirlari. Ko‘chkiga qarshi tadbirlarni belgilash uchun avvalo ko‘chki hosil bo‘lishiga qaysi omil sababchiligini aniqlash lozim.
Ko‘chkining oldini olish uchun o‘ylab topilgan chora-tadbirlarning eng dastlabkilaridan biri yomg‘ir va grunt suvlarini oqizib yuborishdir.
Aholining harakati. Xavf ehtimoli mavjud erlarda yashovchi aholi ko‘chki belgilarini, xabar berish signallari va xavfsiz joyga chiqish yo‘nalishlarini bilishi zarur.
O‘zbekistonda uchramaydigan tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Sunami (yapon.)-seysmik dengiz to‘lqini.
SHimoliy Amerikaning g‘arbiy sohillari, YAponiya, Aleut orollari, Filippin, YAngi Gvineya, Indoneziya, Tinch okeanining janubiy qismidagi orollar, Gavay orollari, Peru, CHili va Markaziy Amerika bu erda ro‘y beradigan zilzilaning doimiy hamrohi halokatli sunami zarbasiga duchor bo‘lib turadi.
VULQON
Er po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va jins blaklarini otilib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan xodisalar majmui.
Gekla vulqoni Islandiya orolining janubiy-g‘arbiy qismidagi so‘nmagan vulqondir. 1004 yildan boshlab qayd etila boshlagan. Hozirgacha hammasi bo‘lib 20 ta kuchli vayronagarchilik keltirganlari ma’lum shulardan eng kuchlilari 1766, 1947-48 yillardagisidir.
Tabiiy to‘g‘onlar – tabiat xodisalari (ko‘chkilar, sellar, qor ko‘chkilari, zilzilalar va boshqalar)ning ta’sirida xosil bo‘ladi.
Xavf tug‘diruvchi ko‘llardan biri Tojikiston Respublikasi tog‘li Badoxshon Muhtor viloyati hududida Pomir tog‘ining markaziy qismida joylashgan Sarez ko‘lidir.
Sarez ko‘li (Tabiiy) 1911 yil 18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi 9 ballik kuchli zilzila tufayli Mug‘rob vodiysi yonbag‘irlarida tarixda misli ko‘rinmagan tog‘ o‘pirilib, ko‘chki ro‘y berdi. Ko‘chki Mug‘rob daryosini butunlay to‘sib qo‘ydi va Usoy qishlog‘ini to‘lig‘icha ko‘mib tashlaydi. Butun boshli qishloqni barcha aholisi tuproq tosh uyumi ostida qolib halok bo‘ladi va bu tog‘ ko‘chkisidan hosil bo‘lgan uyum “Usoy uyumi ” degan nom oladi. YUzlab tonna hajmidagi tog‘ jinslari surilib borib, Mug‘rob daryosini vodiysini to‘sib juda katta ko‘l, jahonda eng yirik tog‘ ko‘li hosil bo‘ladi. Havzasida to‘planib hosil bo‘lgan suv Sarez qishlog‘ini butunlay bosib qoladi. Shuning uchun ko‘lning nomi Sarez ko‘li deb atalgan. Zilzila Barchadiv, Nisur, Saxnob va Ruxt qishloqlarini to‘la vayronaga aylantirdi. Hozirgi vaqtda mavjud ma’lumotlarga asoslanib Sarez ko‘li va Usoy uyumini holati xaqida quyidagilarni aytish mumkin.
Bugungi kunda ushbu tog‘ ko‘lining yuzasi 80 km2 uzunligi 60 km, chuqurligi 500 m, umumiy suv miqdori 19 mlrd. metr kubometrni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |