Sanoat chastotasidagi elektr maydonining insonga ta’sirini
gigienik normasi
Elektr maydoni kuchlanganligi kV/m
|
Bir sutkada odamning elektr maydonida bulishi davomiyligi, minut
|
5 dan kichik
|
CHegaralanmaydi
|
5-10
|
180 min.
|
10- 15
|
90 min
|
15 -20
|
10 min.
|
20-25
|
5 min.
|
Elektromagnit tebranish va mexnat kilish rejimi kuyidagicha jadvalda ko‘rsatilgan. Sanoat chastotasidagi tokning zararli ta’siri magnit maydon kuchlanganligi 160-200 A/m bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Quvvati yuqori elektr qurilmalarida u 20-25 A/m dan oshmaydi, shuning uchun EMM xavfli ta’sirini maydon elektrik kuchlanganligi bo‘yicha olib borish etarli bo‘ladi.
YUqori chastotali (YUCH) va ultrayuqori chastotalarning elektromagnit maydonlari ta’sirida markaziy asab sistemasi faoliyati buziladi, organizmda umumiy kuchsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak urushining sekinlashishi va qon bosimining pasayishi kuzatiladi.
Elektromagnit tebranishlarning inson organizmiga ta’sirini oldini olish uchun sanitariya qoidalari bilan nurlanishni ruxsat etiladigan eng kam miqdori belgilangan. Nurlantiruvchi qurilmalar (YUCH, UYUS, JYUCH) dagi elektromagnit tebranishlar intensivligi metrga voltlarda V/m (elektr maydoni kuchlanganligi), metrga amperlarda–A/m (magnit maydoni kuchlanganligi) va 1sm2 ga mikrovattlarda–mkVt/sm2 (energiya oqimi zichligi) o‘lchanadi. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishdagi mehnat rejimi va elektromagnit tebranish parametrlarining xavfsiz chegarasi jadvalda keltirilgan.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan ximoyalashning usullari va vositalariga quyidagilar kiradi:
Ximoyalashning tashkiliy choralari
Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish
nurlanish manbaining ekranlashuvi
nurlanish manbaidan ishchi o‘rinlarni ekranlashtirish va yoki ajratish.
signalizatsiya vositalarini qo‘llash
shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish
Elektr maydonidan himoyalash har xil ekranlashtirilgan qurilmalar va maxsus ekranlovchi kiyimlar yordamida amalga oshiriladi va ular albatta erga ulanishi kerak. Bunda erga ulagich qarshiligi 10 Om dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Elektromagnit maydonlari (EMM) himoyalanishning eng samarali usullari ularning manbaini ekranlashtirish, masofadan boshqarish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash hisoblanadi.
Elektromagnit tebranishidan himoyalashning asosiy vositasi nurlanish manbalarining yopiq temir devorli kamera yoki mayda metall to‘rli kamera yordamida ekranlashtirishdir. Individual vosita sifatida ekranlovchi kiyimdan foydalaniladi. Ko‘zni himoyalash uchun latundan mayda to‘rli ko‘z oynak tavsiya etiladi. YUCH va UYUCH qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar bir yilda bir marta, JYUCH qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar esa 6 oyda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunday tashqari JYUCH qurilmalarga xizmat qiluvchi ishchilarga ishlarida har yili ikki oylik tanaffus beriladi.
Ishning muayyan sharoitlariga bog‘liq tarzda shu vositalardan ularning ixtiyoriy kombinatsiyasi qo‘llanilishi mumkin.
1. Tashkiliy choralar – uskunalarning ratsional joylashuvi, qurilmalar va xizmat ko‘rsatilayotgan personal ishi muayyan rejimini belgilashdir.
YUqori chastotalar va o‘ta yuqori chastotalar qurilmalari ishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qib, imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko‘rsatayotgan personal tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo‘lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni va qo‘shimcha ta’til belgilanadi.
2. Kelishgan yuklar, quvvat yutuvchilar qo‘llovida, manbay nurlanishi jadalligini kamaytirilishga erishiladi.
Hozirgi paytda qo‘llaniladigan kuch (antenna ekvivalenti) yuqori chastotalar quvvatni 40-60 Db ga kuchsizlantirish imkonini beradi.
Qabul qilish, indikator, antenna-fider traktlari, avtomatika va radiostansiya boshqaruv tizimlari ishini tekshirishda signallarning kam quvvatli imitatorlaridan foydalanish mumkin. Bu holatda uzatuvchi qurilmadan tashqari stansiyalarning butun tizimi ishlaydi. Bu esa ishlayotganlarning nurlanish extimolini istisno etadi.
3. Nurlanish manbai maxsus ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli materiallar bilan elektr magnit nurlanishlarning aks etishi va yutilishiga asoslanadi.
Lazer nurlaridan saqlanish - optik kvant generatori «lazer» deb ataladi. Lazer asboblari murakkab payvandlash ishlarida juda aniq o‘lchov ishlarida, olmosli asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat santimetr yuzasida oldingi usullaridan olinishi mumkin bulgan 50 chiziq o‘rniga 600 gacha chiziq chizish mumkin bo‘lgan noyob graverlik ishlarida va boshqa ko‘pgina sohalarda qo‘llaniladi. Lazer nurlari elektromagnit to‘lqinlarning ultra-binafsha nuridan tortib infrakizil nurlarigacha bo‘lgan spektr soxalarining hammasini o‘z ichiga olgan optik diapazonini o‘z ichiga oladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011 -1014 Vt/sm2 tashkil qiladi. Xar qanday qattik jism 109 Vt/sm2 kuchlanishda bug‘lanib ketishini hisobga olsak, bu qanday kuchlanish ekanligini tasavvur etish mumkin. Lazer energiyasining birlamchi manbalari - gaz razryadli impuls lampalari, doimiy yonuvchi lampalar, o‘ta yuqori chastotali lampalaridir. Lazer nurlarinng inson organizmiga ta’siri va tavsifini uni nur yunalishi, to‘lqin uzunligi, nurlanish quvvati, impuls xarakteri va ularning chastotalariga bog‘liq.
Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib qolsa, biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda og‘ir ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak-qon aylanish sistemasini, markaziy nerv sistemasini, ko‘zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. Shuningdek nurlanish qonning quyilishi yoki parchalanishi, qattiq toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlikka olib keladi. Shuningdek, yuqori kuchlanish, xavoni ionizatsiyasi, ozon xosil bo‘lishi, EMM, radiochastotalar, akustik shovqin xavfi bo‘lishi mumkin. Lazer nurlari inson organizmiga juda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun uning ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya-gigienik normalari va muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan.
Lazer nurlaridan saqlanish uchun ekran, to‘siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi. To‘siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Lazer ustanovkalari o‘rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunda lazer nuri asosiy o‘tga chidamli devorga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu devor va shuningdek, xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish koeffitsienti juda oz bo‘lgan materiallardan bo‘lishi kerak. Jihozlarning ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo‘lmasligi kerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo‘lishi kerak, chunki bu holda ko‘z qorachig‘i minimal kengaygan bo‘ladi.
Lazer qurilmalarini masofadan turib boshqarish va avtomatlashtirish yaxshi natijalar beradi. SHaxsiy muxofaza vositasi sifatida yorug‘lik filtrli muxofaza ko‘zoynagi, xalatlar va qulqoplarni tavsiya etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |