Azotli birikmalar. Sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibidagi azotli moddalarning aksariyat qismini oqsil tashkil qiladi. Ko’pgina sabzavotlarda azotli moddalar 1-2% ga yetadi. Dukkakli sabzavot mahsulotlari va sarimsoq tarkibida 6-7% azotli moddalar uchraydi.
Sabzavotlar tarkibidagi oqsillarda barcha zaruriy aminokislotalar bor. Azotli birikmalarning kamroq qismini erkin aminokislotalar va amidlar, juda kam qismini nuklein kislotalar, glyukozidlar, tarkibida azot tutuvchi vitaminlar tashkil qiladi.
Azot saqlovchi moddalar jumlasidagi glyukozidlarning ta’mi achchiq va ko’pincha zaharli xossalarga ega. Glyukozidlardan solanin moddasi kartoshka tarkibida ko’p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |