Doniyorova Gavharning "5220100 Filologiya"



Download 454 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2017
Hajmi454 Kb.
#11455
1   2   3   4

Tashbeh – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo’lib, “o’xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki ular o’rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko’ra o’zshatish san’atidir. Tashbeh san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o’quvchi ko’z o’ngida aniqroq, jozibaliroq gavdalantirishga xizmat qilib, asar timsollari ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochish, shoir g’oyasini o’quvchi ongiga to’laroq singdirishga imkon beradi. Misol:

Ey, qo’rg’on eli, qoldimu darmonlaringiz?

Chiqmay nedurur bu jahl qilgonlaringiz?

Jondek kishilar ochligidin chun chiqadur,

Siz chiqmasangiz chiqadur jonlaringiz.

Ushbu ruboiyda “jondek” so’zi tashbehni hosil qilgan, Jon singari aziz insonlar ma’nosida qo’llangan.

Quyidagi ruboiyda qo’llangan tashbehda yuz quyoshga, qosh hilolga, bag’ir toshga o’xshatiladi:

Ey kim, quyosh ul yuzing hilol ul qoshtur,

Puloddir ko’nglinggu, bag’ring toshtur.

Nomamga agar yaxshi javobing yo’qtur,

So’kmak bilan yod aylasang ham xushtur.

Tamsil “misol keltirish” ma’nosini bildirib, she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy hodisani misol keltirishga asoslangan san’atdir. Birinchi misradagi fikr bilan keltirilgan misol o’rtasidagi munosabat – mantiqiy aloqa ko’pincha qiyosiy yo’nalishda bo’lib, ijodkor diqqati ham badiiy tafakkur bilan hayotiy voqelik orasidagi o’xshashlikka qaratilgan bo’ladi. Boshqacha aytganda, birinchi misrada bayon qilingan fikr hayotiy hodisaga o’xshatiladi, shoir ifodalayotgan obrazlar hayotiy misoldagi narsa yoki tushunchalarga mos bo’lib tushadi. Misol:...

Husni ta’lil – arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko’rsatish san’ati shu nom bilan ataladi.

Tashxis “jonlantirish”) hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatini ko’chirish san’atidir. Misol:

Azm ayla, sabo, yet guli xandonimg’a,

Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimga.

Yetgil dog’i ishtiyoq ila Boburdin,

Zinhor degil salom tuqqonimga!

Bu ruboiyda sabo so’zi jonlahtirilmoqda. Sog’inchda shirin joni qiynalayotgan lirik qahramon saboga iltijo qilib: borib olisdagi yor-birodarlarga, tug’ishgan qarindoshlarga, onasiga duoyi salom yetkazishni so’ramoqda.



Intoq (“so’zlatish”,”gapirtirish”) san’ati badiiy asarda hayvonlar yoki jonsiz narsalarni odamlarga o’xshatib so’zlatishni nazarda tutadi.

Laff va nashr (“yig’ish va yoyish”) san’ati she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Bundan maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo’rtttirib, kuchaytirib tasvirlashdir.

Avval sanalgan nomlar tartibi bilan ular haqidagi hukmlar tartibi munosabatiga ko’ra laff va nashr “murattab”(tartibli”) va “nomurattab”(“tartibli bo’lmagan”) turlarga bo’linadi. Masalan, Lutfiyning

Qoshing, irning, yuzung, ey rashki rizvon,

Hilolu kafsaru bog’i jinondur

Baytining birinchi misrasida laffda avval qosh, so’ng irn (lab),keyin esa yuz sanaladi, ikkinchi misradagi “nashr” ya’ni mahbuba a’zolari haqidagi hukmlar tartibi birinchi misradagi so’zlarga mos keladi, ya’ni birinchi turgan “qosh” so’ziga ikkinchi misrada turgan “hilol” tashbehi, ikkinchi turgan irn(lab) so’ziga ikkinchi bo’lib kelgan kavsar tashbehi, uchinchi turgan “yuzung” so’ziga esa uchinchi bog’i jinon tashbehi mos bo’lib tushadi. Bu murattabdir. Misol:

Og’ziyu ikki zulfiyu qadi bo’lmasa manga

Rayhonu sarvu g’uncha ko’rardin maloldur baytidagi laff va nashr nomurattabdur.

Raftoriyu qaddig’a ravonim sadqa,

Bir boqishingga ikki jahonim sadqa.

Og’ziyu beliga budu nobudim sarf,

Ko’ziyu labig’a jismu jonim sadqa

Ushbu misralarda laff va nashr san’ati qo’llangan bo’lib, shoir bir necha predmetlarni sanab keltirib, keyingi misralarda ularni har biriga xos xususiyatlarni ifodalagan.



Istiora arabcha so’z bo’lib, “biror narsani omonatga olmoq” degan ma’noni ifodalab, adabiy asarda so’zni o’z ma’nosidan tashqari majoziy ma’noda qo’llash san’atidir. Ko’pincha bu ikki ma’no o’zaro o’xshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbeh san’atiga teng keladi. Istiora ko’p hollarda tashbehi kinoyaga, ya’ni mushabbihi tushirilgan tashbehga teng keladi. Masalan, Boburning

Sen, ey gul, qo’ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Oyog’ingga tushub bargi xazondek muncha yolbordim

Baytidagi “gul” so’zi o’z ma’nosida kelayotgani yo’a, ya’ni shoir haqiqiy gulag emas, balki gul kabi go’zal mahbubaga murojaat qilmoqda. Binobarin, gul so’zi mahbuba, inson ma’nosida ishlatilyapti. Shuning uchun uni istiora deyish mumkin. Yana quyidagi ruboiyda ham istiora qo’llangan:

Yuzing birla lablaring erur gul, muldek,

Balkim, yuzing oldida erur gul quldek.

Bobur kibi ishqdin dam urmaydur edim,

Ey gul, meni ishqing ayladi bulbuldek.

Baytda qo’llangan “gul” so’zi istioradir. Birinchi va ikkinchi misralardagi gul so’zi o’z ma’nosida qo’llangan. To’rtinchi misradagi “gul” so’zi esa chiroyli qiz ma’nosida qo’llangan va istiora hosil qilingan.Agar “guldek qiz” deyilganda o’xshatish bo’lar edi. Ammo, “gul” so’zi qo’llanganligi uchun ham istiora deya olamiz.

Sen gulsenu men haqir bulbuldurmen,

Sen shu’lasenu ul shu’laga men quldurmen.

Nisbat yo’qdur deb ijtinob aylamakim,



Shahmen elga, vale senga quldurmen.

Ruboiy baytlarida “gulsenu”, “bulbuldurmen” kabi so’zlar istiora bo’lib kelgan; “shah” va “qul” so’zlari esa tazodni yuzaga keltirgan.



Kinoya “bir fikrni yashirin ifoda etmoq” ma’nosidagi so’z bo’lib, bayon ilmida uni “ham haqiqat, ham majoz ma’nosi anglashilgan so’z”, deb izohlanadi.

Tajnis. Turli ma’noli so’zlar shakldoshligi va hamrohligi. Aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan ikki yoki uch jinsdosh so’zlarga tajnis deyiladi. Misol:

Meni behol aylagan yor oydurur,

Kim aning vasli manga yoroydurur,

Gar visol bo’lmasa ketar yorim,

Yo Xuroson, yo Xito, yo Roydurur.

Baytlarda “yo roydurur” so’zi uch marta boshqa-boshqa ma’nolarda qo’llangan. 1) birinchi misradagi “yoroydurur” – “meni maftun etgan yor”; 2) ikkinchi misradagi “yoroydurur” –“menga ma’qul bo’lgan”; 3) to’rtinchi misradagi “yo Roydurur” – Roy o’lkasi ma’nolariniifodalagan. Bundan tashqari “yo roydurur” so’zi omonim so’z sifatida , birinchidan, so’z o’yinini vujudga keltirgan, ikkinchidan ohangdoshlikni ta’minlagan.

Ulki har ko’zi g’azoli Chindurur,

Qoshida payvasta oning chindurur.

Chunki ko’p yolg’on aytti ul manga,

Gar desam yolg’onchi oni chindurur.



Tanosib – baytda bir-biriga aloqador, o’zaro daxldor bo’lgan so’zlar ishtiroki. Misol:

Keldi ramazonu men yana taqi bodaparast,

Iyd o’ldiyu zikri may qilurman payvast.

Ne rozayu ne namozu yillar, oylar,

Tun-kun mayu, ma’jun bila devonai mast.

Sinekdoxa – butun o’rnida qism yoki qism o’rnida butunning ishlatilishi.Misol:

Ko’rding dog’i ko’zingga giriftor etting,

So’rding, dog’i so’zingga giriftor etting.

Bu tabu kamoling bila o’z boshing uchun

Boshdin meni o’zingga giriftor etting.

Baytda “Boshing uchun” deyilganda yorning o’zi tushuniladi.

Husn ahliga zoru mubtalo ko’z ermish,

Jonim bila ko’nglumga balo ko’z ermish.

Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra,

Ko’zimni qorortqon qaro ko’z ermish.

Baytda “qaro ko’z’ deganda qora ko’zli go’zal nazarda tutilmoqda.

Iltifot – bu san’at ovoz maromini o’zgartirib turishdir.Misol:

Yuz jahd ila yetmay sanga, ey oy, netay?

Hajring alameda necha yig’lay,netay?

Yo’q sanga vafoyu rahmi parvoy, netay?

Ey, voy, netay? Voy netay? Voy netay?

Baytdagi “voy, netay” so’zlari iltifotdir.



2-fasl. Lafziy san’atlarning qo’llanilishi.

Ma’lumki, lafziy san’atlar she’riy nutqdagi so’zning tovushi bilan bog’liq, ko’proq shakl hodisasi sifatida qo’’llanadi.Bobur ruboiylarida lafziy san’atlar g’oyatda rang-barangdir.



Nido - shoir baytda biror kishi, narsa, qush, hayvonlar, tabiat hodisalariga murojaat yoki xitob qilishidir. Misol:

Ey gul, borib ahbobg’a nomimdan degil!

Har kim meni bilsa, bu payomimni degil!

Mendin demagil gar unitilgan bo’lsam,

Har kimki meni so’rsa, salomimni degil!

Bu she’rda shoir gulga murojaat qilmoqda.

Ey, qo’rg’on eli, qoldimu darmonlaringiz?

Chiqmay nedurur bu jahl qilg’onlaringiz?

Jondek kishilar ochligidin chun chiqadur,

Siz chiqmasangiz- chiqsa kerak jonlaringiz!

Ruboiyda nido san’ati qo’llangan Shoir qo’rg’on eliga murojaat qilmoqda.

Ishtiqoq- bir o’zakdan hosil bo’lgan ma’nodosh so’zlarni muayyan g’oyaviy-badiiy maqsadda ishlatish san’atidir. Ishtiqoqni qo’llashning sharti so’zlar bir o’zakdan bo’lishi shart:

Yor yuzumni ko’rib dardu g’amim bo’lsa kerak,

Yuz ko’rib dardu g’amim chorasini qilsa kerak.

Baytdagi “yuz”, “yuzumni” so’zlari ishtiqoqni vujudga keltirmoqda. Misollar:

Ey, kim, manga mujda berding ul jonondin,

Qilding, meni ozod g’ami hijrondin.

Bu mujdani ne nav sifat qilg’aymen,

Go’yoki xabar berding o’likka jondin.

Bu ruboiydagi “jonon”, “jon” so’zlari o’zakdoshdir.

Qaytarish san’ati bir so’zni misraning boshi va oxirida takrorlanishidir. Misol:

Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yoz,

Xush kishikim aysh ila o’tgay yozi.

Birinchi misrada qo’llangan “yoz” so’zi misraning boshi va oxirida, ikkinchi misra oxirida ham qo’llangan.



Tasbe – birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshida takrorlanishidir. Misol:

Qayonga boqsang itingmen o’zumni yetkurayin,

Yetishmasam sanga boqish duo qilib turayin.

Hojib – she’rda qofiya oldidan takrorlanib keluvchi so’z yoki so’zlardir. Misol:

Davron meni o’tkardi saru somondin,

Oxirdi meni bir saru xonumondin.

Gah boshima toj, gah baloyu ta’na,

Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.

Bu ruboiyda “saru” so’zi hojibdir.

Yuzung bila lablaring erur gul muldek,

Balkim, yuzing olida erur gul quldek.

Bobur kibi ishqdin dam urmaydur edim,

Ey gul, meni ishqing ayladi bublbuldek.

Bunda hojib (qofiya oldidan takrorlanib keluvchi so’z yoki so’zlar) san’atini “erur gul” so’zlari hosil qilgan. Shuningdek ruboiyda nido (ey gul), tashbeh (muldek, quldek, bulbuldek) san’atlari ham mohirona qo’llanganligini ko’ramiz.

Zilqofiyatayn – arabcha so’z bo’lib, ikki qofiyali demakdir.Zulqofiyatayn qo’llangan baytda ikkitadan to’rtta so’z qofiyadosh bo’ladi. Misol:

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,

Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.

Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,

G’urbatda sevinmas emish, albatta kishi.

ushbu baytda “yod –shod”, “g’urbatda –mehnatda” so’zlari zulqofiyatayndir.



Radif – misralar oxiridagi so’z yoki so’zlar takroridir. Radif she’rdagi asosiy fikr ko’rsatkichi bo’lib, xushohanglik, xushjaranglik yaratuvchi sh’er unsuridir. Misol:

Ishqingda ko’ngul xarobadur, men ne qilay?

Hajringda ko’zum purobdur, men ne qilay?

Jismim aro iztirobdur, men ne qilay?

Jonimda ko’p alamlardur, men ne qilay?

Ichki qofiya – baytni to’rt bo’lakka, misrani ikki bo’lakka bo’lish va undan so’ng baytda asosiy qofiya kelishidir. Ana shu to’rt bo’lakning oldingi uch bo’lagi oxiridagi ohangdosh so’zlar “ichki qofiya” bo’ladi. Misol:

Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,

Nega holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.

Ushbu misralardagi “qon”, “ravon”, “yomon” so’zlari ichki qofiyadir.



Boshqofiya – qofiyaning misra boshiga chiqib qolish hodisasidir. Misol:

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Misra boshida qo’llangan “jondin”, “sondin”, “Ondin” so’zlari bosh qofiyadir.Quyidagi ruboiyda esa “tuz”, “yuz”, “uz” so’zlari boshqofiyani hosil qilgan:

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor

Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.



Qofiya – bayt so’nggidagi har xil so’zlarning ohangdoshligidir.Misol:

Har vaqtki, ko’rgasen mening so’zimni,

So’zumni o’qib, sogingaysen o’zumni.

Vasling bila ko’nglimni Xudoy aylab shod,

Yoritti so’ng yuzing bila ko’zimni.

Ushbu baytdagi “so’zimni”, “o’zimni”, “ko’zimni” so’zlari qofiyadir.



Mukarrar – so’zlarning juft takroriga aytiladi. Misol:

Qayg’ungni cheka-cheka qoribtur Bobur,

Rahm aylaki, o’zidin boribtur Bobur.

Noranj yubordi sengaki, bilgaysen,

Ya’niki bu nav sarg’oribtur Bobur.

Bunda “Cheka –cheka” so’zlari mukarrar san’atini yuzaga keltirgan.



Tasdir – birinchi misra oxiridagi so’zni keyingi misra boshida takrorlashdir. Misol:

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,

Paridek seni ko’rdim emassan magar inson.

Inson magar emassan, ko’rdim seni paridek,

Misling seni topilmas qilsam necha tafakkur.

Ma’naviy –lafziy san’atlar.

Ushbu san’atlar ham tovush, ham ma’no tomoni bilan bog’liq bo’ladi. Ma’naviy –lafziy san’atlar ham xilma xil ko’rinishlarga ega.



Muammo – “ko’r qilingan”, “ko’rinmaydigan” degan ma’nolarni bildiradi.Muamo bir baytda yozilib, unda biror kishining ismi yoki nomi yashiringan bo’ladi. Misol:

Qafo bar qaddi tu meduzal ayyom,

Baror az qof to gof, ey pisar, nom.

Bu forsiy ruboiyda muammo birinchi misraning “qabo bar qad” so’zlaridadir. Shoir ikki harf orasidan noningni topib ol, demoqchi. “qabo bar qad’ so’zlari orasidan ikki qof orasidagi harflarni ajratib olsak, Bobur so’zi kelib chiqadi.



Kitobat – arab harflarini nomlash yoki inson a’zolarini arab yozuvidagi harflarga o’xshatib tasvirlash usulidir. Misol:

Dahr muqayyad bila ozodasi,

Barcha erur “kof” ila “nun” zodasi.

Baytda arab tilidagi “kof” va “nun” harflari qatnashgan.

Dahr muqayyad bila ozodasi,

Barcha erur “kof” ila “nun” zodasi.

Baytda arab alifbosidagi “kof” va “nun” harflari qo’llangan.

Bobur she’riyatining kamoloti badiiy san’atlardan foydalanish mahorati bilan chambarchas bo’gliqdir. Buni uning ruboiylarida qo’llangan badiiy-tasviriy vositalar isbotlab turibdi. Shoir badiiy san’atlarni o’z o’rnida qoyilmaqom tarzda ishlatganki, biz ularni yuqorida ko’rib o’tdik va hayratlandik. Bobur so’zga sayqal berishda mohir,uslubi ravon, ohang yaratish va vazn tanlashda zukko ijodkorligini o’z asarlari bilan isbotladi. Uning umri sarson-sargardonlikda, talotuplarda o’tganligini hisobga olsak, badiiy ijod bilan shug’ullanish uchun qanday vaqt topganliga hayron qolasiz. Bu shoirning adabiyotni, ijodni, xalqni, yurtni,vatanni sevganligi bilan izohlanadi.

Bobur ijodi har tomonlama tadqiqot qilinsa ham mohiyatining yangi qirralari yana ham ochilib boraveradi. She’rlarining ma’nolari teran va yetuk ekanligi namoyon bo’laveradi. Shuning uchun ham minnatdor avlodlar qalbida mangu yashashga haqlidir.


Umumiy xulosalar

O’zbek xalqining mard va jasur farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur

garchi olis yurtlarda yashab o’tgan bo’lsa-da, o’z yurti uchun beqiyos xizmat qildi, o’zbek degan nomni dunyoga tanitdi, temuriy degan yuksak nomni oqladi, vatanga muhabbatini samimiy bir tarzda izhor etdiki, uning o’lmas asarlari buning isbotidir. Prezidentimiz yuksak ma’naviyatli avlod uchun jon kuydirayotgan bir davrda Boburning hayoti va ijodi yuksak namuna maktabi bola oladi, desak also mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Buyuk Boburning asarlari o’zining butun malohati, nafosati, tarovati bilan yurtdoshlarini vatanga muhabbat ruhida, go’zallikka, ezgulikka da’vat ruhida tarbiyalaydi. Bobur asarlarining tarbiyaviy ahamiyati asrlar o’tsa ham also pasaymaydi.

Biz ishda Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylarini imkon darajasida tahlil qilishga harakat qildik. Ruboiylarning mavzu ko’lami, mazmun mohiyati bilan tanishdik va ularda qo’llangan badiiy san’atlarni aniqladik. Tahlil jarayonida biz Boburning she’riy iqtidori yuksak darajada ekanligini va so’z qo’llash mahorati a’lo darajada ekanligining guvohi bo’ldik. Uning ruboiylari hayotiy mazmunga egaligi, tushunarli, ravon tilda yozilganligi, serma’noliligi, samimiyati, yuksak badiiyati, eng muhimi barcha ruboiylarida badiiy san’atlarning mohirona qo’llanganligi bilan e’tiborga loyiqligi kuzatildi va quyidagi to’xtamlarga kelindi:



  1. Bobur o’zbek adabiyotining buyuk namoyandasidir.

  2. Bobur ruboiylari mavzi jihatdan rang – barang.

  3. Bobur ruboiylari hasbi hol xarakteriga egaligi bilan ajralib turadi.

  4. Ruboiylarda ijtimoiy hayotning manzaralari tasvirlangan.

  5. Bobur ruboiylari badiiy jihatdan pishiq.

  6. Bobur ruboiylarining mazmuni teran.

  7. Ruboiylarning tili tushunarli va aniq.

  8. Bobur o’z ruboiylari bilan o’zbek she’riyatini yuksakka ko’tardi.

  9. Bobur ruboiylari nihoyatda samimiyligi bilan kishini o’ziga tortadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida. T.: “O’zbekiston”, 1998.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O’zbekiston”, 1997.

  3. Karimov I.A. O’zbekiston demokratik tarqqiyotning yangi bosqichida. T.: “O’zbekiston”, 2005.

  4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.

  5. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “O’zbekiston”, 2001.

  6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008.

  7. Vоhidоv R., Eshоnqulоv H.. O’zbеk mumtоz аdаbiyoti tаrixi.- T., 2006.

  8. O’zbеk mumtоz аdаbiyoti nаmunаlаri. – T.: Fаn, 2003; 2005.

  9. Аdizоvа I.O’zbеk mumtоz аdаbiyoti tаrixi. O’quv qo’llаnmа. T.: 2007

  10. Оrzibеkоv R. O’zbеk аdаbiyoti tаrixi. O’quv qo’llаnmа. S.: 2005

  11. Abdullayev V. O’zbek adabiyoti tarixi. 2 – kitob.T. “O’qituvchi”, 1980.

  12. Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi. T. “O’qituvchi”, 1976.

  13. А. Аbdurаhmоnоv. Turkiy аdаbiyotning qаdimgi dаvri.- Tоshkеnt, 2006.

  14. Bоltаbоеv H. Mumtоz so’z qаdri. – T.: Аdоlаt, 2004.

  15. SHayx Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot. T., Movaraunnahr, 2004.

  16. Rаhmоnоv N. Ruhiyatdаgi nur murоdi. – T.: 2002.

  17. Fitrаt. Tаnlаngаn аsаrlаr. 2-jild (Mаqоlаlаr).– T.: Mа`nаviyat, 2000.

  18. Valixo’jayev B., Tohirov Q. O’zbek adabiyoti tarixi. Samarqand, 2002.

  19. Qosimov B. O’zbek adabiyoti va adabiy aloqalari. T., Fan va texnologiya, 2008.

  20. Ibrohim Haqqul. E`tiqod va ijod. T., Fan, 2007.

  21. Ibrohim Haqqul. Navoiyga qaytish. T., Fan, 2007.

  22. Jalolov T. O’zbek shoiralari. T., 1970.

  23. Jumayev N. Munis g’azaliyoti. T., 1992.

  24. Muhiddinov M. Komil inson – adabiyot ideali. T., Ma`naviyat, 2005.

  25. Mumtoz adabiyot masalalari. I kitob. T., Fan, 2004.

  26. Navoiy asarlari lug’ati. Alisher Navoiy asarlarining o’n besh tomligiga ilova. T., 1972.

  27. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at.. T., Fan, 1993.

  28. Qayumov A. Qo’qon adabiy muhiti. T., 1961.

  29. Rahmonov V. She`r san`atlari. T., Yozuvchi, 2001.

  30. SHimmel Annemarie. Jonon mening jonimda. T., SHarq, 1999.

  31. Rahmonov V. O’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at. T., O’qituvchi, 1983.

  32. Atoulloh Husayniy. Badoyi`- us- sanoyi`. T., 1983.

  33. Is`hoqov Y. So’z san`ati so’zligi. T., Zarqalam, 2006.

  34. Alisher Nаvоiy. Mezon – ul avzon. TAT. 20 tomlik. tom. T., Fan, 1999.

  35. Abdurauf Fitrat. Aruz haqida. T., O’qituvchi, 1997.

  36. Bobur. Muxtasar. T., Fan, 1972.

  37. Rustamov A. Aruz haqida suhbatlar. T., Fan, 1972.

  38. To’ychiyev U. O’zbek poeziyasida aruz sistemasi. T., Fan, 1985.

  39. Hasanov S. Boburning «Aruz risolasi» asari. T., Fan, 1981.

  40. Hojiahmedov A. Maktabda aruz vаznini o’rganish. T., O’qituvchi, 1995.

  41. Hojiahmedov A. O’zbek aruzi lug’ati. T., Sharq, 1998.

  42. Hojiahmedov A. Maktabda o’rganiladigan mumtoz she`riyat vаzn ko’rsatkichlari. T.,2001.

  43. Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati. T., Fan, 2006.

  44. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat lug’ati. T., 2009.

  45. Intеrnеt mа`lumоtlаri: www.literature.uz

  46. O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. T. Fan 1978.

  47. O’zbek adabiyoti. 4 tomlik, 3-tom. T., 1959.

  48. Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob. T., A. Qodiriy nomidagi XMN. 1993.

  49. Abulg’oziy. Shajarayi tarokima. T., M-L., 1958.

  50. Alisher Navoiy. Xamsa. (dostonlarning nasriy bayoni). T., 2009.

  51. Atoiy. Devon. T., 2008.

  52. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. T. Sharq, 2007.

  53. Bobur Zahiriddin Muhammad. Devon. T. Fan, 1994.

  54. Bobur. Sochining savdosi tushti. T. Sharq, 2007.

  55. Bobur. G’aribing andijoniydur. T. Sharq, 2008.

  56. Farididdin Attor. Tazkiratul avliyo. T., 1997.

  57. Gulbadanbegim. Humoyunnoma. T. Fan, 1959.

  58. Gulxaniy. Zarbulmasal. T., 1976.

  59. Islom tasavvufi manbalari. T., O’qituvchi, 2005.

  60. Lutfiy. Sensan sevarim. T., 1986.

  61. Majlisiy. Qissayi Sayfulmulk. T. Fan, 1959.

  62. Mashrab. Mehribonim, qaydasan? T., Adabiyot va san’at, 1990.

  63. Muborak maktublar. T., 1987.

  64. Muhammad Solih. Shayboniynoma. T. , 1989.

  65. Navoiyning nigohi tushgan. T., 1986.

  66. Nodira. Asarlar. 2 jildlik. T., 1968, 1970.

  67. Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. T., 1971 – 1980.

  68. Poshshoxoja. “Miftoh – ul adl” va “Gulzor”dan. T., 1962.

  69. Shoh Mashrab qissasi.T., “Sharq”, 1991.

  70. So’fi Olloyor. Sabot – ul ojizin. T., O’qituvchi 1991.

  71. Uvaysiy. Ko’ngil gulzori. T., 1983.

  72. Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilik. T., 2007.



1  Kаrimov I.А. O’zbеkiston ХХI аsrgа intilmoqdа. - T.: O’zbеkiston, 2000. – B. 14.

2 Oybek. Asarlar. X tomlik, 9-tom.Toshkent, 1974. B-174.

Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish