2-fasl. Boburning lirik merosi.
Bоburning shе`riyati hаm yuksаkdir . Bоburning bizgаchа rаng-bаrаng jаnrlаrdаn ibоrаt lirik dеvоni yеtib kеlgаn. Bоbur dеvоnlаrining qo’lyozmа nusxаlаri unchаlik ko’p emаs. Dеvоnlаrining qo’lyozmа nusxаlаri Pаrijdа, Hindistоndа, Turkiyadа, Erоndа vа bоshqа jоylаrdа sаqlаnаdi. Bu dеvоnlаr bir nеchа mаrtа nаshr etilgаn. 1910- yildа Hindistоndа, 1915- yildа Istаmbuldа, 1917-yildа Pеtrоgrаddа nаshr etilgаn. Bоbur dеvоnlаri ingliz, frаnsuz vа bоshqа tillаrdа hаm tаrjimа qilingаn. 1943-1957 yillаr оrаsidа rus tilidа nаshr etilgаn. Bоbur dеvоnidа g’аzаllаr, rubоiylаr, tuyuqlаr, fаrd, mаsnаviy kаbi jаnrlаr uchrаydi. G’аzаl, rubоiy, tuyuqlаrning turli xillаrini ko’rаmiz, Bоbur shе`riyatining аsоsiy jаnrlаri g’аzаl, rubоiy vа tuyuqdir. Shоir dеvоni аsоsаn o’zbеk tilidаgi shе`rlаrni o’z ichigа оlаdi. Shu bilаn birgа bir nеchа fоrs-tоjik tilidаgi shе`rlаr hаm mаvjud. Bu esа Bоburning fоrs-tоjik tilini mukаmmаl bilishini ko’rsаtаdi.
Bоbur murаkkаb bir dаvrdа yashаdi. Uning hаyoti ziddiyatlаr, qаrаmа-qаrshiliklаr, аlаm-iztirоblаr bilаn uzviy bоg’liq bo’lаdi. «Bоburnоmа»dа tаsvirlаngаn ko’pginа vоqеаlаr shundаn dаlоlаt bеrаdi. Bоbur ruhаn qiynаlgаndа hаm, hаyoti quvоnchu shоdliklаr bilаn to’lgаndа hаm, qiynоqlаr girdоbigа tushgаndа hаm, mаg’lubiyat аlаmini tоrtgаndа hаm - hаmmа-hаmmа vаqt shе`riyat bilаn sirlаshаdi. O’z hоlаtini, yurаk nоlаlаrini shе`rgа ko’chirаdi. «Bоburnоmа»dа qаyd etilgаn, yozilish tаrixi ko’rsаtilgаn bа`zi g’аzаllаr, rubоiylаrgа e`tibоr bеrsаk, bu nаrsа yanа hаm оydinlаshаdi. «Bоburnоmа»dа shоir o’zi birinchi tugаl g’аzаlini 18-19 yoshlаridа, 1501-1502 yillаrdа yarаtgаnini qаyd etаdi. Vа mаtlа`ni kеltirgаn:
Jоnimdin o’zgа yori vаfоdоr tоpmаdim...
Аmmо Bоbur shоir sifаtidа tаnilgаn. Hоzirchа uning 120 g’аzаl, 210gа yaqin rubоiysi, 10dаn оrtiq tuyuq, qit`а, fаrd, 150 dаn оrtiq muаmmоsi yеtib kеlgаn.
Shuni tа`kidlаsh kеrаkki, Bоbur shе`riyatining аsоsiy mаvzusi ishq-muhаbbаtdir. Uning rаngin kеchinmаlаri, visоl оrzulаri, hijrоn iztirоblаri, yor go’zаlliklаri, оshiqning rаng-bаrаng hоlаtlаri bаyon etilаdi. Bоbur yurt hаqidа, Vаtаn sоg’inchi, yor vа diyorni mаdh etish, оdоb-аxlоq, mа`rifаtni kuylаsh, dаvr оzоrlаridаn shikоyat kаbilаr hаqidа hаm yozаdi. Bоbur shе`riyatidа ishq-muhаbbаt, hаyot zаvq-shаvqlаri kuylаngаn g’аzаllаr аnchаginа. «Yoz fаsli...» dеb bоshlаnuvchi g’аzаlidа “yoz fаsli”, “bоdа kаyfiyati”, “ishq dаrdi”, do’stlаr suhbаti”, “shе`r bаhsi” hаqidа gаp bоrаdi.
Shоir “Sоchining sаvdоsi...”, “Sеndеk mеngа...”, “Xаzоn yaprоg’i yang’lig’ gul yuzing hаjridа sаrg’аrdim”, “Ko’rmаgаy erdim jаmоlin..”, “Jаmоling vаsfini...” dеb bоshlаnuvchi g’аzаllаridа аnа shu ruh yеtаkchilik qilаdi. Lirik qаhrаmоn yori visоligа оrzumаnd. Uning yuzini ko’rish, so’zini eshitish niyatidа. Bu istаgi аmаlgа оshmаsа “Аyoq yеtgаnchа kеtgаy”.
Jаmоling vаsfini, ey оy, nеchа eldin eshitgаymеn
Nе kun bo’lg’аy visоlinggа mеni dilxаstа еtgаymеn.
Tаrаhhum yuzidin yuzingni ko’rmаkkа buyurgаysеn
Xush ulkim, оrаzingni ko’rgаymеn, so’zung eshitgаymеn...
Ko’pginа g’аzаllаridа yordаn shikоyat, hаyotdаn nоlish, vаfоsizlikdаn аfsuslаnish, оdаmlаrdаgi yomоnliklаrdаn аrz bаyon qilinаdi. “Tоpmаdim”, ‘Yaxshilig’”, “Pаrishоn ro’zg’оrim bоr”, “Qоldimu?”, “Jоnimа аg’yorning” kаbi rаdifli g’аzаllаridа аnа shu mаvzulаr qаlаmgа оlingаn. Lirik qаhrаmоn mаnа bu misrаlаrdа hаm dildоridаn, hаm аg’yorlаrdаn nоliydi:
Qаysi bir оzоrin аytаy jоnimа аg’yorning
Qаysi bir оg’ritqаnin ko’nglumni dеy dildоrning.
G’urbаt ichrа, ey ko’ngul, eldin vаfо istаrni qo’y,
Chun vаfоsin ko’rmаding hаrgiz diyoru yorning.
Bоbur, ul gul jаvr etаr, аg’yordin nе yaxshiliq,
Gulning оzоri bu bo’lsа, vаh nе bo’lgаy xоrning
Yoki:
Yor qаdrin bilmаdim tо yordin аyrilmаdim
Yor qаdri munchа hаm dushvоr ekаndur, bilmаdim.
Bа`zi g’аzаllаrdа bеvоsitа mа`shuqаning ko’rinishi, chirоyli surаti chizilаdi. Mа`shuqаning ko’pginа а`zоlаri turli nаrsаlаrgа tаshbеhlаnаdi:
Tushing dur, lаbing mаrjоn, xаding gul, xаting rаyhоn
Yuzung hur, sоching аnbаr, so’zung mul, mеnging mеynоn.
Mеynоn mеnging, so’zung mul, аnbаr sоching, yuzung hur
Rаyhоn xаting, xаding gul, mаrjоn lаbing, tishing dur...
Bоbur shе`riyatining аsоsiy qаhrаmоni shоirning o’zi. U оshiq, muhаbbаtni tеrаn аnglаydigаn, o’zini ishq quli dеb hisоblаydigаn, hаyotni chuqur kuzаtаdigаn, dаvr qiyinchiliklаridаn аlаm chеkkаn, hijrоndаn jоni qiynоqdа bo’lgаn bir shаxs. Uning ko’ngil qo’ygаn mа`shuqаsi nihоyatdа go’zаl. Оshiq vаfоdоr insоn. U hаr qаndаy hоlаtdа hаm mа`shuqаsidаn yuz o’girmаydi.
Kеltursа yuz bаlоni o’shаl bеvаfо mаngа
Kеlsun, аgаr yuzumni evursаm, bаlо mаngа.
Bа`zаn lirik qаhrаmоn аzоblаrdаn qutulishgа, o’zni shоd tutishgа hаrаkаt qilаdi:
O’zni, ko’ngul, аysh ilа tutmоq kеrаk
Bizni unutqаnni unutmоq kеrаk...
Аdаbiyotshunоs I.Hаqqul Bоbur shе`riyatidаgi tаsаvvufiy g’оyalаr hаqidа hаm mulоhаzаlаr yuritаdi. “Bоburnоmа”dаgi qаtоr mа`lumоtlаr Bоburning Shаriаt, Tаriqаt, Mа`rifаt shаrtlаriniginа emаs, yaxlit hоldа, tаsаvvuf mоhiyatini hаm tеrаn tushungаnligigа to’lа ishоnch pаydо qilishni yozаdi. Shоirning shе`riy mаktubidаgi mаnа bu misrаlаrdа ilоhiy mоhiyat yashiringаnini tа`kidlаydi:
Аytgil ul husn xоnigа
Dеmаyin xоn, bаlki jоnlаr jоnigа
Ko’rmаyin yuzingni bеmоr o’lmishаm
G’оyibоnа оshiqi zоr bo’lmishаm.
Mаnа bu misrаlаr hаm оrifоnа оhаnglаr sifаtidа tаlqin etilаdi:
Kunju uzlаtgа ru qilib erdim,
G’аmu mеhnаttа xu qilib erdim
Ey xush ulkim, jаmii hаmdаmdin
Dеmа hаmdаmki, jumlа оlаmdin.
Fоrig’ erdim, qаnоаtim bоr edi,
Qоnе` erdim, fаrоg’аtim bоr edi.
Go’shае ixtiyor qilg’оn edim
G’аflаt uyqusidаn оyilg’оn edim.
Bа`zаn tаrkidunyochilik оhаnglаri hаm ko’rinаdi;
Jаhоn eliyu jаhоn-bаrchа gаr аdаm bo’lsа,
Аdаm yo’lini tutаy zаrrа mеndа g’аm bo’lsа
Bоbur shе`riyatining muhim qismini rubоiylаri tаshkil etаdi. Rubоiy shоirning hаqiqiy qаlb tаrjimоni, ruhiy оynаsi. Bоburgа rubоiy yozish judа qulаy, gаshtli mаshg’ulоt bo’lgаn. U bаdihа usulidа hаm rubоiylаr yozаvеrgаn. Аkаdеmik Оybеk Bоbur rubоiylаri hаqidа shundаy yozgаn edi: “Bоbur rubоiylаri uning pоeziyasining cho’qqisidir. Umаr Xаyyomning rubоiylаri kаbi uning rubоiylаri hаm fаlsаfiy fikrlаrgа bоy, shаklаn mukаmmаl vа islоm dini nuqtаi nаzаridаn mаhdudligidаn аnchа оzоddir”. “Аlbаttа Nаvоiy Bоbursiz Nаvоiy bo’lib qоldi, lеkin Bоburni Nаvоiysiz tаsаvvur qilish qiyin”, - dеgаn edi M.Shаyxzоdа. Bоbur umr bo’yi Nаvоiydаn ilhоmlаndi. Nаvоiydаn bаdiiyat sirlаrini, mа`nоni rubоiydа yuksаk mаhоrаt bilаn ifоdа etishni o’rgаndi. Nаvоiy g’аriblik hаqidа shundаy yozgаn:
Munglug’ bоshim оstidаgi tоshimnumu dеy?
Tоsh ustidаgi g’аrib bоshimnimu dеy?
Hаsrаt suyidin ko’zimdа yoshimnimu dеy?
O’lmоkdin sа`brоq mаоshimnimu dey?
Bоbur quyidаgichа yozаdi:
G’urbаt tug’i yopqоn ruhi zаrdimnimu dеy?
Yo hаjr chiqаrgаn оhi sаrdimnimu dеy?
Hоling nеdurur, bilurmisеn dаrdimni,
Hоling so’rаymu, yo’qsа dаrdimnimu dеy?
Nаvоiyning “Sаdqа’, “Yo’qturur” kаbi rubоiylаrigа hаm Bоbur jаvоb yozgаn.
Bоbur rubоiylаri mаvzu jihаtdаn rаng-bаrаng. Shоir undа hаyot vа insоn qismаtigа оid ko’p tоmоnlаrni qаmrаb оlgаn. Аyni pаytdа shоir rubоiylаri ko’prоq hаsbu hоl tаrzidаdir. Bоburning lirik qаhrаmоni hаyotsеvаr, оshiqlikni shоhlikdаn yuqоri qo’yadi. Shоir sеvgi tuyg’ulаrini hаrоrаt vа sаmimiy tаrzdа bаyon etаdi:
Xush ulki ko’zum tushsа sеning ko’zinggа,
Bеvоsitа hоlimni dеsаm o’zunggа.
Bеrmаy so’zumа jаvоb аchchig’lаnаsеn,
Qilding mеni muhtоj chuchuk so’zunggа.
Shоir rubоiylаrining kаttа bir qismini hijrоn mаvzulаri tаshkil etаdi:
Hаjring g’аmidin оqibаt o’lg’um, qаrо ko’z
Yuz g’ussаu аnduh ilа bоgum, qаrо ko’z.
Vаsling bilа qilmаding ilоjin Bоbur
Mushkulki firоqingdа tirilgum, qаrо ko’z.
Sеrtаshvish, g’аlvаli hаyot Bоbur qismаti edi:
Dаvrоn mеni o’tkаrdi sаru sоmоndin
Аyirdi bir yo’lа mеni xоnimоndin
Gоh bоshimа tоj, gоh bаlоyi tа`nа
Nеlаrki bоshimg’а kеlmаdi dаvrоndin.
Bоbur rubоiylаridа Vаtаn оbrаzi аsоsiy o’rinni egаllаydi. Ilm hаqidа yozаdi.
Bоbur ko’pginа tuyuq vа fаrdlаr yozdi. Ulаrdа hаm yuqоridаgi mаvzulаrni qаlаmgа оlаdi: Tuyuq:
Vаsldin so’z dеrgа yo’q, Yorо mаngа
Hаjr аrо rаhm аylа, kеl, Yorо mаngа
O’qung etti ko’p yamоn Yorо mаngа
Mаrhаmi lutfung bilа Yorо mаngа.
Bоbur mаhоrаti yuksаk shоir. Uning shе`rlаridа tаzоd, lаf vа nаshr, o’xshаtish, iyhоm, mubоlаg’а kаbi bаdiiy vоsitаlаr ko’p uchrаydi. Tаzоd:
O’ltirur gаrchi mеni g’uftоring
Tirguzur ul lаbi shаkаrbоring.
Kinоya:
Tutdim sоchini yuzin ko’rаy dеb
Tun uzunu mеn g’аrib gumrоh.
Mаqоl:
Dа`viyi ishq etib g’аyr Bоburni аyb qilmа
Kim mеn edim sеningdеk, sеn bo’lgаysеn mаningdеk.
Оmоnim:
Tо оq yuzung yirоq tushti
Ikki ko’zum ichrа оq tushti.
Umumаn, Bоbur g’аzаllаri bugunki kundа o’quvchilаr tоmоnidаn sеvib o’qilmоqdа. Hоfizlаr jo’shib kuylаmоqdа. Bоbur kishilаrni yaxshilik qilishgа chаqirаdi:
Bоri elgа yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim dеgаylаr dаhr аrо qоldi fаlоndin yaxshilig’.
Bobur o’zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she’rlarini to’plab, 1519-yilda Kobulda, 1528-1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki to’plam o’sha joylar nomi bilan “Kobul devoni”, “Hind devoni” deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas. Mutaxasislarning fikricha, saqlanib qolgan she’rlarining soni to’rt yuzdan ortiq. Shundan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo kabi janrlar ham joy olgan.
Bobur devonining katta qismi g’azallardan iborat. G’azallarining ma’lum guruhi hasbi hol xususiyatiga ega bo’lib, shoir hayotining muayyan lavhasi bilan bog’lanadi. Mana, uning “topmadim” radifli g’azalini olaylik. Bu she’rning yozilish tarixi “Boburnoma” da ham keltirilgan. 1500-1501-yillarda Bobur Samarqandni ikki bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarsongarliklardan so’ng biror viloyat berar degan umidda Toshkentga xon dodasi Yunusxon huzuriga boradi. Bobosi O’ratepani unga berishini aytadi, ammo bu gaplar va’daligicha qolib ketadi. Sargardonlik, xiyonatlar, yaqinlaridan judo bo’lsih, qarindoshlar hamiyatsizligi, Shayboniyxonning tinimsiz ta’qibi shoirning ko’nglini cho’ktiradi. Buning ustiga Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal bilan to’qnashgan Yunusxon u bilan murosaga keladi va buni nishonlab ov hamda ziyofat uyushtiradilar. Bu hol Boburni qattiq qiynaydi. Ko’nglidagi iztiroblarni: “Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglimdan o’zga mahrami asror topmadim” matlasi bilan boshlanuvchi g’azalda ifoda etadi. “Yod etmas emish kishini mehnatda kishi” misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi ham shu kunlarda ruhiy ezilishlar natijasi o’laroq yozilgandi. Ba’zan bunday biografik chizgilar oshiqona kayfiyatdagi satrlar bilan almashinib ketadi va nafis badiiyat libosida ko’rsatiladi. Quyidagi g’azalga diqqat qilaylik:
Qaro zulfing firoqida parishon ro’zgorim bor,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor.
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Avval g’azalning badiiyatiga e’tibor qarataylik. Tanosub san’atidan foydalangan shoir ma’shuqa go’zalligi va oshiqning ruhiy kechinmalarini mohirlik bilan chizadi. “Qaro”, “zulf”, “parishon”, “ko’z”, “yamon” so’zlarini o’zaro qora rang, “yuz”, “lab”, “qon” so’zlarini qizil rang bilan bog’liq tushuncha birlashtirib, tasvir va ifodada o’ziga xoslikni yuzaga keltirgan. Shuningdek, asosiy qofiya (ro’zgorim – qarorim – so’rorim) bilan birgalikda saj’ – ichki qofiya (firoqida – ishtiyoqida; qon – ravon - yamon) hamda radif (qildi; bor)ning qo’llanishi g’azalga mayin musiqiylik baxsh etgan. Oshiqning hayoti (ro’zgori) ma’shuqa zulfi firoqida parishon, yor yuzining ishtiyoqi, lab tamannosi uning sabr-qarorini intihosiga yetkazadi. Sof oshiqona kechinmalar bayoni bilan boshlangan ushbu satrlar keyingi baytlarda hasbi hollik yo’siniga o’ta boshlaydi.
Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,
Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amgusorim bor.
“Jahondin menga g’am bo’lsa...” Bolalikdanoq hokimiyatning og’ir yuki gardaniga ortilgan, hayitining ko’p qismi urushlar qariga kechgan, do’st-u yori necha bor sotgan, alamlardan diydasida ko’z yoshlari qotgan Boburning hasrati bu.
“Ulusdin gar alam bo’lsa…” Saltanat ishtiyoqida ne yurtlarni kezgan, dushman navkarini tig’ bilan kesgan, umr bo’yi janglarda qonlar kechgan va bu bilan ne-ne odamlar –ulus qayg’usoga sabab bo’lgan Boburning iqrori bu.
Hasrat va iqrorlardan so’zni u yorga qarata: “Bu g’am va alamlardan yuz barobar bo’lsa ham, mening g’amim yo’q, chunki sen borsan” deya uning g’amgusorligini istaydi. Bu kabi she’rlarni shoir devonidan ko’plab topish mumkin. “Mening ko’nglumki gulning g’unchasidek tah-batah qondur”, “Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur” g’azallarida, “Beqaydman-u xarobi siym ermasmen”, “Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi” kabi rubiylarida, “Bir kecha xotirim mushavvash edi” masnaviysida Boburning ziddiyatga to’la hayoti yuksak badiiy ifoda etilgan.
Bobur she’riyatini o’qib bir narsaga amin bo’lamiz: u hayotni sevadi, umrning har daqiqasini g’animat biladi. Shuning uchun har qanday og’ir kunlarda ham yashashga intildi, izlanishdan to’xtamadi, ijodda davom etdi. Shoirning hayotsevarligi, ayniqsa, “Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati”, “Sendek menga bir yori vafodor topilmas” kabi g’azallarida yaqqol aks etgan. Bobur ijodida mana shunday hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar ham, afsus- nadomat to’la she’rlar ham bor. Ularni umumiy bir jihat birlashtirib turadi: she’rlarining hammasi benihoya samimiy tuyg’ular bilan yog’rilgan.
Ne yerda bo’lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G’aribing’g’a tarahhum aylagaykim, andijoniydur.
Ulug’larning muzaffariyati ham, hasrati ham, dardlari ham, orzu-armonlari ham zalvorli bo’ladi, cho’ng bo’ladi. Yo’qsa, Hindistonday ulkan, mamlakat shahanshohi Zahiriddin Muhammad Bobur o’zini “Andijonlik g’arib”man, deb o’ksinganini she’rda naqshlarmidi?! Agar u “g’ariblik”ni ulkan shaxsiy fojia va falokat deb hisoblamasa, Hindistonga yuzlanganini shaxsiy qismatidagi “yuz qarolig’” deb baholarmidi:
Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishni ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi?!
Shahanshoh Zahiriddin Muhammad Bobur “tole yo’qi” (baxtsizlik)dan faryod cheksa, o’zining hamma ishlarini xato deb e’lon qilsa-ya?!. Chunonchi, bu ikkinchi iqror –musulmoni komil e’tirofidir. Chunki Bobur “Eykim, bori nazm ahlig’a sen xon yanglig’” deb ulug’lagan daho Alisher Navoiy ham o’z iqrornomasida shu fikrni izhor etgan edi:
Yo Rab! Eshigingda bir gadomen –
Kim: boshdin –ayoqqacha xatomen.
Odatda, ilmda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ismining “Zahiriddin Muhammad” qismi – ismi, “Bobur” – taxallusi” degan an’anaviy fikr hukm surib keladi. Aslida, mazkur uch so’z uning ismidir. Bunga amin bo’lish uchun bir ruboiysiga ko’z tashlaylik:
Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor –
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
“Zahiriddin Muhammad Bobur” ismining lug’aviy talqini: “Muhammad dinining shersifat posboni (tayanchi, panohi)” bo’ladi. Tarixchi Mirza Olim mushrifning “Ansob us-salotin fii tavorixi xavohin” (Sultonlar nasablari va xonlar tarixlari) kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra, Umarshayx Mirzo Samarqandga borib, yangi mehmon – to’ng’ich o’g’liga ism qo’yib berishni ulug’ pir- Xoja Ubaydulloh Ahrordan iltimos qilgan. Xoja Ahrori vali avval “Zahiriddin Muhammad” ismini aytgan. So’ngra , biroz o’ylanib: “Bu ism avom tiliga talaffuz jihatidan og’irlik qiladi: ular Bobur mirzo deya qolsinlar” degan. Shunday qilib, baxtiyor hukmdor Umarshayx mirzo o’g’liga uch so’zdan iborat, ma’nosi “Muhammad dini va shariat tayanchi”ni ifodalaydigan “Zahiriddin Muhammad Bobur” ismini olib kelgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi ma’lum ma’noda shaxsning barkamolligi bilan ham izohlanadi. U avval podshoh, hukmdor, yurt ishini yurgizadigan ulug’ zot. Saltanat dinda muqaddaslashtirilgan. Sulton – Ollohning yerdagi soyasi deb qaralgan. Bu ulug’ martabaga Boburning buyuk sarkardaligi – lashkarboshiligi yetkazgan. U jangni ham san’at deb bilgan va “Harb ishi” nomli kitobida harb san’atini har tomonlama yoritgan. Taasufki, bu asar hozircha topilmagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur - fiqh olimi. U “Mubayyin” nomli asarni she’riy tilda bayon etgan. O’sha zamonlarda fiqhga doir asarlar asosan arabiy va alohida qayd etish lozim bo’ladi. Birinchidan, asarning o’zbek tilida yozilganligi; ikkinchidan, asarning she’riy usulda bayon etilgani.
Biror hukmdor o’z hayotini Boburchalik san’at bilan bezamagan bo’lsa kerak. Uning “Boburnoma”sida Bobur saroyi raqqoslari Tengriquli, Ramazon va hofizi Ruhdam haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bugina emas, u Ruhdamning qo’shiqchilik san’atiga olqishi sifatida unga quyidagi ruboiyni ham bag’ishlagan:
Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag’am,
Majlisda ne huzn qolur erdi, ne g’am.
To borg’ali Ruhdam bizing majlisdin,
Majlis eliga ne ruh qoldi-yu, ne dam.
Zahiriddin Muhammad Boburning Hirot safariga doir “Boburnoma” sahifalarida ham Badi’uzzamon mirzo va Muzaffar mirzo bazmlarida qatnashgan raqqos Mir Badr va hofiz Mirjon hamda boshqa sozanda, bastakor va hofizlar xususidagi ma’lumotlarga duch kelamiz.
Boburning musiqiyga oid maxsus risola yozgani haqida musiqa tarixiga doir kitoblarda aniq ma’lumotlar saqlangan.
Bobur – buyuk mumtoz shoir, Alisher Navoiydangina keyin turadigan yirik so’z san’atkori. Buning boisi Zahiriddin Muhammad Bobur - shoirning o’zbek adabiyotidagi o’rni, uning bu adabiyotning turli janrlariga qo’shgan yangiliklari hissasi, mahoratining mislisiz sehrgarlikkacha yuksakligi, she’riyatining o’ta jozibadorligidir.
Mumtoz she’riyatga shoir tarjimai holiga oid ma’lumotlar yoki, boshqacha aytganda, tarjimayi holga daxldor she’rlar, asosan, Alisher Navoiydan boshlab uchray boshlaydi. Navoiyning qit’alarida bu hol ,ayniqsa, yaqqol seziladi. U o’zi va zamondoshlari haqida goh salbiy, goh ijobiy ma’noda o’sha qit’alarda so’z yuritgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining tarjimai hollik xususiyati avvalo g’azallarida, ayniqsa, ruboiylarida ko’proq yaqqolroq seziladi.
Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu?
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?
matla’li g’azalni muallif Hirotdan qaytayotib, qor otning qornidan keladigan yo’llarda yurgani taassuroti tarzida yaratilganini “Boburnoma”da qayd etgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning bir ruboiysi sevimli zavjalari Mohim begim va Gulrux begimlarga, bir ruboiysi Komron mirzoga, bir ruboiysi Humoyun mirzoga, bir ruboiysi hofizi Ruhdamga, bir forsiy ruboiysi Bajavr qal’asining olinishi haqida, ayrim qit’alari Xoja Kalon va Fo’lod sultonga bag’ishlagani ma’lum. Ayniqsa, uning quyidagi sirli ruboiysi adabiyotshunoslari lol qoldiradi. Negaki, mana, butun bir asr davomida olimlarimiz Bobur she’riyatini o’nlab marotaba nashr ettirdilar-u, quyidagi ruboiydan uning tarjimai hollik xususiyatini payqamay keldilar:
Hijronda, sabom yetti fallakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Darhaqiqat, bu badiiy matn shu holatida ham juda o’qishli, go’zal, shinam: mazmunli, ta’sirchan.
Biz “Boburnoma”, “Humoyunnoma”, Bobur “Devoni” va boshqa manbalarni sinchiklab o’qish natijasida bu she’rning yaratilish tarixini taxmin qilib ko’rdik. Kim bilsin, bu ruboiy Boburning Hirot safari vaqtida bitilganmi yoki Hindiston uchun besh marotaba yurishlarning birida yozilganmikan?..
Harqalay, she’r shoh va shoir xonadoni Kobulda ekanida, o’zining safardalik paytida yaratilgan va oilaviy maktubga she’riy ilova bo’lgan. “Ul sori” deb ijodkor “Kobul tomon” ni nazarda tutgan. Biz ruboiyni quyidagicha uch xil o’qishga moyilmiz. To’g’rirog’i, she’rning to’rtinchi misrasini yana uch xil yangi mazmun ilovasi bilan o’qiymiz. Birinchisi:
Hijronda, sabom yetti fallakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Bunga ko’ra rubioy Boburning jufti haloli gulyuzli Mohim begimga atalgan.
Ikkinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux mohim.
Bu holatda to’rtlik shoirning xotini oyday Gulrux begimga bag’ishlangan.
Uchinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux, Mohim.
Ushbu tarzda ruboiy Boburning ikkala xotiniga tegishlidir. Demak, Boburning bir ruboiysini to’rt xil talqin qilish mumkin ekan. Bu esa uning yuksak mahoratli ekanligini isbotlaydi.
Mumtoz Sharq poetikasida “iyhom” nomli badiiy san’at bo’lib, buning lug’aviy ma’nosi “gumonsiratish” dir. Iyhom o’ta nozik san’at bo’lgani uchun Alisher Navoiy bu san’atni “xossa ma’no” (eng nozik ma’nolar) ni ifodalaydigan san’at ekanligini uqtirgan:
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti havlom erur,
deya daho shoirimiz o’z cheksiz imkoniyati bilan faxrlangan edi. Bobur ana shu san’atda qayta-qayta kitobxon qarshisida ma’no-mazmun rang-barangligini namoyishkorona uyushtiradi. Quyidagi dilkash, jozib baytni o’qib, zukkolarcha idrokini ishga sola olgan kitobxon “so’rorim bor” birikmasini “so’ramoqchiman” va “so’rmoqchiman” ma’nolarida faxmlay oladi:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qilid, men ondin bir so’rorim bor.
Ushbu san’atda Alisher Navoiygacha yashagan mumtoz shoirlarimiz orasida eng ko’p baytlar yaratgan shoirimiz Mavlono Lutfiy Shoshiy (Toshkandiy) bo’ladilar.
Bobur mahorati tafre’ san’atini qo’llashda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bu badiiy san’atni qo’llagan san’atkor ko’rinib turgan narsani “bu emas” deydida, “mana bu” deb boshqa bir o’xshash narsani aytib, ajoyib mubolag’ali, o’ta ta’sirchan badiiy voqelikni yaratadi:
Sel emasdir yer yuzin tutqan – ko’zumning yoshidur,
Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon – ko’ngul afg’onidur.
Mazmuni: Yer yuzini tutib ketgan sel emas, balki ko’z yoshlarimdir. Osmonga qasirg’alar tashlayotgan momoqaldiroq emas, balki ko’nglim faryodidir.
Bu usulni Bobur Navoiydan o’rgangan bo’lishi mumkin:
Lolazor ermaski, ohimdin jahong’a tushti o’t,
Yo’q, shafaqqim, bir qiroqdan osmong’a tushti o’t…
“Tafre’” san’atining ta’sirchanlik imkoniyatlarini Alisher Navoiy Sa’diy Sheroziydan kuzatgan bo’lsa ham ajab emas:
Nest on lolaho, ki dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonand, ki zi xok barovardi sarand.
Mazmuni: Dashtlarda jilvalanayotgan lolalar emas, so’yilgan odamlar boshlarini tuproqdan chiqarib turibdilar.
Bobur harfiy san’atlar qo’llashda ham Alisher Navoiy bilan bellasha oladigan san’atkor shoir. Uning kitobat qo’llagan ushbu bayti sodda va tushunarli, ayni paytda nafis va jozibaligi bilan diqqatga sazovor. Qadni “alif”, qoshni “yo” harfiga o’xshatish an’anaviy eski gap. Ma’shuqani oyga tashbeh berish ham ming marotaba uchragan. Ammo “alif” va “yo” ni qovushtirib, bular yig’indisidan “oy” so’zini keltirib chiqarish yangi fikriy kashfiyot – nuqtasidir :
Qadding chu “alif”, qoshing erur “yo”,
Desam, ne ajab, agar seni “oy”?
Ulug’ so’z san’atkorlari harfiy san’atlardan kitobat matnda harfni nomlash va istixroj (so’z keltirib chiqarish)ning riyoziy murakkab namunalarini ham yaratadilar. Chunonchi, “riyoziy ixtiroj” san’atini qo’llaganda baytda harf nomlanmay, aytilmasdan so’zlar ifodalangan harflar yig’indisidan biror so’z yasalgan bo’ladi. Masalan, quyidagi baytni tahlil etaylik:
Og’ziyu ikki zulfu qadi bo’lmasa manga,
Rayhonu sarvu g’uncha ko’kardin maloldur.
Mumtoz adabiy an’anaga ko’ra og’iz – “mim”(m), ikki zulf – ikki “lom”(ll) va qad - “alif”(o) dir. Holbuki, matnda bu harflar aytilmagan. Sehrgar Bobur “Aqling yetsa, kashf etib maza qil!” deb jilmayib qo’ygan. Chunki u baytdagi “malol” so’zini og’zi, ikki zulfi va qaddidan (m+l+o+l) yasagandir. Eski yozuvda malolda “a” harfi yozilmaydi. Bunday baytni riyoziy kashf etishga ancha –muncha kitobxongina emas, hozirgi paytda ayrim olimlar ham qodir emaslar.
Nega bu ishni qiyin dedik? Chunki sehrgar Bobur olim ko’zini avval laff va nashr san’ati bilan bog’lagan. Adabiyotshunos baytdan san’at kuzatganda birinchi misrada tuzilgan so’zlar: og’zi, zulf va qadga ikkinchi misradan o’xshatishlar izlaydi: og’iz – g’uncha, rayhon – zulf, qad – sarv. Ana shu holat laff va nashrdir. Baytda istixroj borligi “ikki” so’zidan biroz seziladi.
Boburning bu sohadagi ulkan kashfiyoti mo’jizasi istixrojda “Olloh” so’zini ifodalagan tubandagi baytdadir:
Qaddi bila ikki zulfu og’zi,
Jonimg’a balo bo’lubtur, Olloh!
Istixrojda yozilmay nazarda tutilgan harflar qad – “alif”, ikki zulf – ikki “lom” va og’iz – “xo”dir. Ushbu harfalr yig’indisi Ollohdir. Bu undov so’z ulkan hayratni ifodalamoqda.
Bobur she’riyati mavzulari rang –barangligi bilan ham e’tiborga molik. Sharqona madaniyat – yaxshilik haqidagi ta’sirchan g’azal ham, xazon yaprog’i singari yuzi sarg’aygan oshiq ohu zorlari talqini bo’lgan she’r ham, madaniy dam olishning ajib to’kislikdagi ifodasi bo’lmish:
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati
matla’li she’r ham, g’ij-g’ij badiiy san’atlar qorishgan, ayni paytda ma’shuqa yuz timsolining jozib tajassumi bo’lgan
Gul jamolin yopqon ul gulning ikki rayhonidur,
G’uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur,
deb boshlanadigan g’azal ham Zahiriddin Muhammad Bobur inja she’riyati to’plami “Devon”idadir.
Rubobiy timsollarning tabiiy – voqelikka mos xatti-harakatlari, oshiq va ma’shuqalarning birining lobar sernozu ishvaligiyu ikkinchisining Farhodsifat ishq mashaqqatlarini tortish va majnun kabi shaydoligi ishonarli ifodalangan. Shuning uchun Bobur lirik qahramoni o’zini Farhodu Majnundan, mahbubasini Shirinu Laylidan yuqori qo’yadi:
Qani Shirin bila Layliki, sendin noz o’rgansa?
Qani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishq o’rgatsam.
“Ishq” shu darajada ajoyib hissiyotki, oshiqlar uchrashganda ham baxtiyor bo’lishlari amri mahol. Nozik hissiyot ikkalasini ham jizzaki holatga solganday. Biror shoir Boburday bu “ziddiyat voqeligini” idrok etolmagan bo’lsa kerak. Har ikki yosh sabr-toqatlari tugab bir-biriga zoru, uchrashganlarida esa har lahzada achchiq-tiziqqa asoslar topilib qoladi. Ayriliqda o’rtanib visolga zoriqqanlar-u, biroq uchrashuvda ham ular o’zaro yaxshi chiqisholmaganliklariga nima deysiz:
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dog’i bisyor mushkuldur.
Mijozing noziku sen – tundu, men – bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Bobur she’riyati Sharq poeziyasi namunasi sifatida jahonning oddiy va nuktadon – nozik kitobxonlariyu so’z san’atkorlarini maftun etadi. Bobur o’ziga xos sifatlarga ega bo’lgan siymodir. U avvalo, o’z davrining, o’z sinfining farzandidir, murakkab davrdagi ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarning va g’oyaviy-siyosiy qarashlardagi, yo’nalishlardagi ziddiyatlarning mahsulidir. Uning hayoti va faoliyatiga tariziy –konkret munosabatda bo’lmay turib, unga to’g’ri va atroflicha baho berish mumkin emas.
Bobur Navoiy, Lutfiy, Xisrav Dehlaviy va Sharqning boshqa buyuk shoirlarining eng yaxshi traditsiyalarini ijodiy davom ettiradi. Uning shakl jihatidan ham, g’oya jihatidan ham, masalan, Alisher Navioyning ba’zi asarlari bilan bevosita hamohang she’rlari ham bor. Lekin o’zining shoirlarga bo’lgan munosabatida u originalligicha qolaveradi.
Boburning merosi ko’p turlidir. U ham shoir, ham prozaik bo’lgan. U muzika, hamda harbiy ish bo’yicha ilmiy traktatlar yozgan. Fanning tarix, geografiya, irrigatsiya, flora, etnografiya va boshqa sohalari haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. U o’z zamonasining ijtimoiy sharoitini, adabiyot va madaniyatining ahvolini va g’oyaviy oqimlarini tahlil qilgan, katta-katta hodisalarga, davlat, siyosiy hamda madaniyat arboblarining yetakchilariga muhim xarakteristikalar bergan, jamiyatning ko’pgina kamchiliklarini ochib tashlagan. Baxtga qarshi, Boburning yuqorida aytilgan poetika, muzika, harbiy ish haqidagi ilmiy traktatlari bizgacha yetib kelmagan. Ularning qanchalik qimmatli ekanliklari ba’zi ma’lumotlardan, chunonchi Alisher Navoiyning nazariy-adabiyotshunoslik asarlariga Boburning bergan baholaridan ham ko’rinib turadi.
Bobur asarlarining tematikasi keng va xilma-xildir. Bobur ko’pgina yozuvchilardagi tematik torlik, g’oyaviy ojizliklarni bosib o’tib, umuman voqelikni, xususan ijtimoiy fikrni, sotsial hayotni kengroq qamrab olishga intiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlarni qo’lga kiritadi. Etika va estetika, kishilarning ma’naviy qiyofalari, din, hokimiyat va fan masalalari, yor va unga bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish – Bobur asarlarining taxminiy tematikasi shunday.
Bobur o’z fikrini aniq, rostgo’ylik bilan ifoda qilishga intilish zarurligini uqtiradi.
Bobur bu masalaga bir necha bor qaytadi, bu esa uning mazkur masalaga qanchalik ahamiyat berganligini ko’rsatadi. Bobur o’z o’g’liga murojaat qilib, yozuvchi o’zi yoritishi lozim bo’lgan narsani haqgo’ylik bilan tasvirlashi kerakligini aytadi, yozuvchining o’zi va o’quvchi qisqa, aniq va rostgo’ylik bilan tasvirlangan voqeadangina huzur qilishi mumkinligini qat’iy qayd qiladi.
Bobur o’zining “Boburnoma”sida shu qoida va printsiplarga amal qilmagan yozuvchilarning mazmuni ham, shakli ham o’quvchini qiziqtirmaydigan bemaza asarlarini qattiq tanqid qiladi.
Sulton Mahmud Mirzo haqida gapirar ekan, Bobur shunday deb yozadi: “Tab’i nazmi bor edi, devon tartib qilib edi. Vale she’ri bisyor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin aytmog’on yaxshiroqdur” .
Boshqa bir joyda Bobur Mir Sarbarahnaning ijodiyoti haqida yana ham darg’azab bo’lib shunday deydi: “Amir Hamza qissasining muqobalasida umri zoyi qilib, uzun –uzuq yolg’on qissa bog’labtur; bu amr muxolifi tab va aqldur”.
Uning “Xatlari”dan bir necha misol keltiramiz:
Bir kecha xotirim mushavvash erdi,
Ko’zda suv, ko’nglum ichra otash erdi.
Dahr ishidin fig’on qilur erdim,
Xotirimni yomon qilur erdim.
Har zamon dahrni xitob qilib,
O’lturib gah ko’pub, shitob qilib,
Der edim, ey vafosi yo’q zolim,
Zulmdin yetti o’lgali holim.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan ham ko’rinib turibdiki, Bobur asarlarida o’z zamonasidagi norozilik, taqdirga qarshi achchiq nolishlar baralla eshitiladi. Bunday norozilik va e’tirozlar Bobur poeziyasiga chuqur fikrlik va ijtimoiy mohiyat bag’ishlaydi. Buning ustiga, ular kishilarni o’sha zamonda mavjud bo’lgan ijtimoiy voqelikka nisbatan tanqidiy va hushyor munosabat ruhida tarbiyalashga yordam beradilar.
Zamondan norozilik, taqdirga qarshi e’tiroz Boburda ba’zan juda keskin va g’azabli ifodalanadi.
Boburning noroziligi, ayniqsa begona yurtlarga borib qolib, vatanni sog’inib yurgan kezlarida keskin tus oladi:
Yana mahrumi xonumon qilding,
Yana ovvorai jahon qilding, -
deb yozgan edi Bobur.
Umuman, begona yurtlarga borib qolib tortgan azoblari, vatanga muhabbat, uni sog’inish, unga intilish Bobur poeziyasining markaziy masalaridan hisoblanadi.
Boburning bu masalaga bag’ishlangan poetik satrlari samimiyat bilan to’la, mazkur satrlarda shoitnin chuqur ruhiy kechinmalari ifodalangan:
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh.
G’urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Boshqa bir joyda o’z vatanini ramzan sevikli yorga, ba’zan xitoy sanamiga, ba’zan uning xushqomatini sarv daraxtiga o’xshatadi va unga murojaat qilib shoir shunday deydi:
G’urbatga soldi charx meni yuz jafo bila,
Yod aylamayin g’aribni gohi duo bila.
Behad vafou mehr sanga ko’rsatib edim,
Sen ham sog’ing’asen mehru vafo bila.
Chun qildi meni ul buti chin zoru mubtalo,
Ishim mening qolibturur emdi xudo bila.
Ko’rmon farahni bir dam agar andin ayrumen,
Bilmon alamni bormen aning birla to bila.
Ul sarvg’a karam qilibon yetkur, ey sabo,
Bobur niyozini yer o’pub xo’b ado bila.
Boburning vatanga bo’lgan muhabbati cheksiz edi.. Bu muhabbatda Iztirob, sog’inch,alam, o’kinch, qaytish orzusi mujassam edi. Boburning vatanga bo’lgan muhabbati uni jozibali qilib ko’rsatadi.
Bobur o’zining asarlarida bir qancha boshqa masalalarda ham o’z davridagi shart-sharoitga nisbatan qator ilg’or fikrlar aytgan.
U fan va bilimning ahamiyatini qayd qiladi. Insonlar chinakam odam bo’lsihni istasalar fan va bilimni egallashlari lozimligini aytadi.
U odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo’y, to’g’ri bo’lishga, dushmanlarga ishonmaslikka, o’z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka, halol, sof ko’ngil bo’lishga, umuman ruhiy boylikka ega bo’lsihga, be’mani moddiy boylik, amaldorlik bilan ovora bo’lib, mazlumlarni, muhtojlarni oyoq osti qilmaslikka, maqsadga zo’r berib intilishga, qat’iyat bilan qanday bo’lmasin unga erishishga chaqiradi.
Bobur yozadi:
Davlatqa yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.. .
Beqayd menu xarobi sim ermasmen…
Ham mol yig’ishturur laim ermasmen…
Ko’ngli tilagan murodiga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki ish muyassar o’lmasa olamda
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
Bobur din va ruhoniylarga qarata ham ularni fosh qiluvchi dadil so’zlar aytgan. U o’sha davr sharoitida shunday mardona satrlar yozganki, u satrlar ruhoniylarga, islomning ba’zi bir qotib qolgan qoida va ko’rsatmalariga shubha tug’diradiki, ularning hatto shak keltirish gunih hisoblangan “muqaddasliklariga”, ularga rioya qilish zarurligiga odamlarda shubha tug’diradi. U: “Menda ibodat qilinadigan mehrob yo’q, oylab, hatto yillab toat-ibodat qilmayman, ro’za tutmayman, tunu kun shariat qat’iy man qilgan sharob ichaman, qalandarlikni yaxshi ko’raman, zohidlarni yomon ko’rman”, -deydi, xursandchilik, xushchaqchaqlikni kuylaydi, shodlik va huzurbaxsh vositalarni ko’klarga ko’taradi.
Boburni mistik maqsadlar, mavhumiy dunyoga intilishlar qiziqtirmagan. U hamma vaqt real borliq haqida o’ylagan. Uni “eng muqaddas” joylar, “narigi dunyo” va u yerda eng yaxshi joy olish kabi hayollar deyarli qiziqtirmagan. U haqiqiy dunyoni, yerdagi hayot lazzatlarini inson tirikligini, uning xursandchiligini, bahor va uning latofatini sevadi.
Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” (“Do’stlar yodnomasi”) tazkirasida yozishicha, Bobur “Chig’atoy sultonlarining eng sarasi va zo’r shijoatlisi edi. Shamshir zarbi bilan Movarounnahr mamlakatlariga ega bo’lib, uni saqlab qolishga ko’p sa’y-harakatlar va jonini ayamasdan jahdu jadallar ko’rsatdi. Mardona to’qashuvlar qildi, ammo, taqdir o’qiga tadbir qalqoni dosh bera olmagach, biror natija chiqara olmadi”. Bu haqda shoh-shoirning o’zi alam va o’kinch bilan shunday yozadi:
Nekim taqdir bo’lsa, ul bo’lur tahqiq – bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
Andijonni ikki, Samarqandni uch bora egallab, yana boy bergan, shayboniylarga qarshi kurashish uchun imkon topolmay, chorasiz ahvolda yongan, buning ustiga, toju taxt, navkardan ayrilib, o’zining taqdiri ham muallaq qolgan Boburning o’z ko’ngliga murojaat qilib:
Zamona ahli ichra, ey ko’ngul, oyo, topilg’aymu
Seningdek dardpaymoyu meningdek dardpaymuda? –
deyishi tabiiy edi. Garchand mubolag’a, lutf, ko’tarinkilik she’riyat uchun xos bo’lsa-da, Boburning ushbu e’tiroflarida zarracha mubolag’a yo’q. Qizi Gulbadanbegimning e’tirof etishicha, Amir Temur zamonidan buyon o’tgan podshohlar ichida u kabi notinchi bo’lgani yo’q. Chindan ham, hali bolaligidanoq taqdir uni balolar girdobiga otdi. U boshidan kechirgan taqdir sinovlari bemalol o’nta odamga ham yetib ortadi. Hayotning har qanchaki mashaqqatlari bo’lsa, mardona yengib o’tgan, shum falakning barcha nayranglariga sabot bilan bardosh bergan, zamonaning bor adolatsizliklarini ko’rgan, odamlarning jabru jafolari, hiyonatlariga chidagan, shunga qaramay, deyarli osuda umr kechirmay dunyodan o’tayotgan bir inson shunday deyishga ming karra haqli edi. Boshqa bir g’azalida bu fikr yanada rivojlanib, kengayib, ochiq-oshkor tus oladi:
Har yong’akim azm etsam, yonimda borur mehnat,
Har sorikim yuzlansam, o’trumg’a kelur qayg’u.
Yuz javru sitam ko’rgan, ming mehnatu g’am ko’rgan,
Osoyishe kam ko’rgan mendek yana bir bormu?!
Zamon va odamlardan shikoyat ohanglari nafaqat Bobur, balki barcha shoirlar ijodiga xos. Jumladan, Alisher Navoiyning ham “Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim”, “Kimga qildim bir vafokim, ming jafosin ko’rmadim” kabi ko’plab g’azallarida bu holni ko’ramiz. Zero, har qanday kishining hayoti ham goh quvonchli, goh tashvishli kunlardan iborat, binobarin, goh nekbin, goh badbin fikr-xayollar odam bolasiga hamisha xos bo’lib kelgan.
Har bir kishida ham hayotdan to’yib, odamlardan bezib, yorug’ jahon ko’ziga qorong’i ko’ringanida dunyodan bosh olib ketgisi keladigan holatlar, lahzalar bo’ladi. “Ba’zida kishining dunyodan chiqib ketgisi keladir”, - deb yozgan edi buyuk Abdulla Qodiriy ham. Bu tuyg’u, bu kayfiyatni ruboiyga dastlab Alisher Navoiy olib kirdi, keyin Bobur uni rivojlantirib, avj nuqtasiga yetkazdi. Chunki bu fikrni, ikki shoirning hayoti va faoliyati o’zaro muqoyasa qiladigan bo’lsak, Bobur aytishga ko’proq munosib edi. Navoiy birmuncha osoyishta umr kechirgan, ijodiy, ilmiy, bunyodkorlik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan bo’lsa, Boburning umri deyarli taloto’pda, jangu jadallarda kechdi. O’zi xayitini ikki marta bir yerda kutib olish unga nasib etmagan. Shoh –shoir falakning nayranglariyu taqdirning nomardliklarini, dunyoning turfa o’yinlariyu zamonaning adolatsizliklarini, bani bashar fe’lining barcha turlanish-tuslanishlarini ko’rdi, ulardan ba’zan joni bo’g’ziga keldi. Ana shunday lahzalarda ichini yondirgan dardlarini qog’ozga to’kib, ba’zida kishining uzlatga chekingisi, xalqdan uzilgisi, “dunyodan chiqib”, hayotdan qochib ketgisi kelishini o’zining o’lmas satrlariga muhrladi:
Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi,
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar o’lmasa olamda,
Boshini olib, bir sorig’a ketsa kishi.
Lekin Bobur hayotning ko’ziga tik qaraydi, taqdir zarbalaridan dovdirab qolmaydi, har qanday sharoitda kurashish uchun kuch topadi. Ko’rgiliklarni ko’raverib, diydasi qotib ketgan bu matonatli inson hayot shafqatsizliklari oldida dahshatga tushmaydi. Qismatning shafqatsiz qo’li uni tug’ilgan yurtidan badarg’a qilganida tabiatidagi tug’ma shijoat va iroda tufayli u begona yurtlarda jon saqlab qoldigina emas, balki 332 yil hukm surgan buyuk boburiylar saltanatiga asos soldi. Bunday uzoq muddat hukmronlik qilgan sulolalar jahon tarixida juda kam, Sharq xalqlari tarizida- ku inchunun. Boburning betakror shaxsiyat sifatida butun dunyo ahlini qiziqtirib kelayotgani shundan. “Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga yarashib tushgan hukmdorlarning yorqin namoyondalaridan biridir. Uning shaxsi olijanob inson va ulug’ shohga mansub fazilatlardan tarkib topgan, - deb yozadi U. Erksin. – Kechirgan hayoti, jangu jadallar va sarguzashtlar borasida esa avlodlaridan hech biri taqdirini takrorlay olmaydi”.
Bobur janglarda ham o’zi jangchilariga namuna ko’rsatar, ibrat bo’lar – oldingi safda turib jang qilar edi. “Dushmanlari bilan sherdek olishar, qoplondek hamla qilardi”. Bu g’ayrat-shijoat, jasorat-matonatda tengsiz inson jismoniy jihatdan ham juda baquvvat edi. “U shunchalik chapdast bo’lganki, ikki qo’ltig’iga ikki odamni olib, qal’a devori ustida yugurib mashq qilgan. Har qanday xavf-xatar va qiyinchiliklarni pisand qilmagan. Barcha mushkul masalalarni sovuqqonlik va aql tarozusi bilan hal qilgan. U ajoyib sezuvchi va g’avvos ham bo’lgan. Binobarin, o’z yo’lida uchragan barcha daryolarda (Ganga daryosi bundan mustasno) suzib o’tgan”.
“Boburnoma”ning noma’lum bir kotibi “fazilatlari bisyor va kamoloti beshumor” (Xasanxoja Nisoriy) bu zot ta’rifida quyidagi so’zlarni yozib qoldirgan: “Va maholdurkim, ul podshohi qobilning yaxshilig’larini aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin mujammal bukim, sekkiz sifati asil aning zotig’a muttasil edi: birisi bukim, najhati baland edi; ikkinchisi – himmati arjumand edi; uchinchisi – viloyat olmog’; to’rtinchisi – viloyat sag’lamog’; beshumchisi – ma’murlig’; oltinchisi – rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig’a; tettinchisi – cherikni ko’ngli(ni) qo’lg’a olmoq; sekkizinchisi – adolat qilmoq”.
Navoiy asarlarini o’qir ekan, shoirning sizdan bir necha pog’ona baland, o’zingizning esa uning qoshida bir qadar ojiz ekanligingizni hamisha his qilib turasiz. Balki Navoiy o’zi bilan o’quvchi orasida muayyan masofa saqlashni o’ylamagandir, lekin uning yuksak dahosi, xoxlaymizmi-xoxlamaymizmi, shoir va o’quvchi o’rtasida u yoki bu darajada masofa keltirib chiqaradi. Boburni esa o’quvchi xuddi o’zining yaqin suhbatdoshi, sirdoshiday qabul qiladi. Chunki Bobur o’quvchi bilan o’zini teng tutib gapiradi, fazilatlari xususida o’rtoqlashibgina qolmay, qusurlarini ham mardlik bilan ochib tashlaydi. Bunday ochiq-oydin iqror shoirni o’quvchiga yaqinlashtiradi, ularni o’zaro qadrdon qilib qo’yadi. “Badiiy so’zga, she’riyatga Bobur o’zligini, o’z ruhiy olamini “ochish” vositasi deb qaragan. Xuddi shuning uchun ham muallif shaxsiy hayoti lavhalari hamda uning real ruhiy kechinmalari bilan bog’liqlik Bobur lirikasining xos belgisi darajasiga ko’tarilgan”.
Bobur she’rlarini ichdan nurlantirib turgan eng muhim xususiyat bu –ularning beqiyos darajadagi samimiyati. Ta’bir joiz bo’lsa, zamin o’z o’qi atrofidan aylangani kabi Bobur she’rlari ham samimiyat atrofidan aylanadi.
Bobur dastlab o’zini elakka solib elaydi: barcha qusurlari va zaifliklarini mardona ochib tashlaydi va boshqalarni ham xato-kamchiliklari uchun ayab o’tirmaydi. Lekin u ko’proq o’zini mazammat qiladi, o’zini yozg’iradi – yuragini dasturxon kabi o’quvchi oldiga yozadi: xech narsani yashirmay, ko’nglida borini to’kadi. Shuning uchun ham uning bunday iqrorlari kishida xayrixohlik uyg’otadi, shoirni qoralash hayolingizga ham kelmaydi:
Besabrmenu besaru somondurmen,
Bir g’amzadadurmenu parishondurmen.
Ne dinning ishin qildim-u, ne dunyoning,
Yo rab, netay, o’z ishimga hayrondurmen.
Bobur muttasil ravishda o’z xatti-harakatlari, aytgan so’zlarini tahlil qilgan, o’zini tinimsiz ravishda chig’iriqdan o’tkazib turganki, faqat o’zini anglagan, o’zidan bohabr insongagina o’ziga o’zi hisob berib turadi. O’zini bilmagan kishi qilmish-qidirmishlari haqida o’ylab ham ko’rmaydi. Bu jihatdan shoirning quyidagi ruboiysi diqqatga sazovor:
Ne xesh meni xushlar-u, ne begona,
Ne g’ayr rizo mendin-u, ne janona.
Har nechaki, yaxshiliqta qilsam afsun,
Xalq ichra yomonlig’ bila men afsona.
Bobur bir umr o’zi bilan o’zi kurashib yashagan inson. Umri taloto’pda o’tgan bu zot diniy arkonlarni Hamisha ham bajara olmagan, hayotining tushkun davrlarida shariat man etgan ichkilikka ruju qo’ygan. Keyin o’zini anglab, tavba qilgan. Mushkul va chorasiz vaziyatlarga tushib qolganda tavbasini buzgan. Yana tavba qilgan, hatto ichkilikka qarshi maxsus farmon chiqargan. Shoir ana shunday ziddiyatli, murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Mana, o’zining ichkilikka ruju qo’ygani haqida yozg’irib, u nima deydi:
Keldi ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldi-yu, zikri may qilurman payvast.
Ne ro’zayu ne namoz – yillar, oylar
Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.
Shuning uchun ham taniqli adib Hayriddin Sulton: “Bobur – insonlar ichida eng rostgo’yidir, deb aytsak ham, xato bo’lmas, - deb lutf etgan edi. – Uning qalb daftari – “Boburnoma”ni diqqat bilan varaqlagan kishi bunga amin bo’ladi”.
Boburning o’zi bu haqda shunday yozadi:
Bu olamaro ajab amallar ko’rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum.
Har kim bu “Vaqoe”ni o’qur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.
Lekin Bobur bag’ri keng, mehri daryo inson bo’lgan: o’ziga yomonlik qilganlarning ham gunohidan o’tib, qo’lidan kelgancha ularga yaxshilik ko’rsatgan. “Boburnoma”dab u boradagi ko’plab yorqin misollarni uchratamiz. Hasanxoja Nisoriyning yozishicha: “Kimki jahonpanoh dargohiga iltijo qilgan bo’lsa, podshohning in’omidan bahramand bo’ldi va fazl dasturxoni ne’matidan quruq qolmadi. Daryo misol qo’li bilan saxovat olamiga erkinlik berdi”. Hindistonni olib, hind podshohlarining boy xazinasini qo’lga kiritganida-ku, nafaqat jangda qatnashganlar, qatnashmaganlarni ham turli ehsonlar bilan siylaydi; Samarqand, Xuroson, Qashqar va Iroqdagi qarindosh-urug’lariga sovg’a-salomlar yo’llaydi; Samarqand va Xurosondagi mashhur shayxlarga, hatto Makka va Madinaga nazr-niyozlar yuboradi. Har tarafga choparlar jo’natib, qarindosh-urug’lari, ota-bobolariga xizmat qilganlar, umuman, Temur va Chingizxon avlodidan bo’lgan barcha kishilarni huzuriga da’vat etadi. Xudo bizga ulug’ Hindiston mamlakatini ato qildi, kelinglar, to bu davlatni birgalikda boshqaraylik, deydi. Chunki u jahonda faqat yaxshilik poydorligiga, odam bolasidan faqat yaxshilik qolishiga ishongan. Shuning uchun ham barcha elga yaxshilik qilki, shundan yaxshi narsa yo’q, toki dunyoda falon kishidan yaxshilik qoldi, deb el eslab yursin, degan aqida bilan yashagan:
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q –
Kim, degaylar daho aro qoldi falondin yaxshilig’!
Bunga hamohang fikrlarni “Boburnoma”da ham uchratamiz: “G’arazkim, bu dunyoda kishidin ushmundog’ nimalar qolur, har kim aqldin bahravar bo’lsa, nega andog’ harakatga iqdom qilg’aykim, andin so’ng yomon degaylar va har kishiga xushdin asare bo’lsa, nega andog’ amrga iqdom va ehtimom qilmag’aykim, qilg’ondin so’ng mustahsan degaylar”.
Futuvvat ahli orasida yaxshilikka yaxshilik – hammaning ishi, yomonlikka yaxshilik – mard kishining ishi degan hikmat mashhur. Haqiqiy juvonmardlikni amalda namoyish etgan mard tanti, saxovat va shijoat sohibi bo’lgan Bobur ham juvonmard hukumdorning hayotiy timsoli edi. Binobarin, taqdiri har qancha og’ir kechgani, zamon va odamlardan ko’p jabru jafo ko’rganiga qaramay, Boburning yomonlikka yomonlik bilan javob berishi mumkin emas edi va uning butun hayoti buning yorqin isbotidir.
Hayotning butun achchiq-chuchugini totgan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan Boburning ko’pgina baytlari hikmatday jaranglaydi. U atay nasihat qilmaydi, bu uning hayotiy kuzatishlari va xulosalaridan kelib chiqadi:
Sarfaroz etsa dahr shod o’lma,
K-oxir ul-amr poymol qilur.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida,
Ko’zni yumub-ochquncha bu gulzor topilmas.
Bu dahr ichra bistari rohat tilarni qo’y,
Ul farsh chun bu ko’hna ravoqig’a arzimas.
Aysheki, o’tti – o’zga ani zikr aylama,
Har nimaiki yitti – so’roqig’a arzimas.
G’aflat uyqusidin gap tilar bo’lsang murod-
Kim, yetar maqsadg’a har kim bo’lsa ul bedorroq.
Har nimag’a g’am yema – g’am ko’pturur,
Aysh bila o’zni ovutmoq kerak.
O’zungni shod tutqil, g’am yema dunyo uchun zinhor –
Ki, bir g’am yemakka arzimas dunyoi farsuda.
Boburning aqidasi va hayotiy tajribasiga ko’ra har kim qilmishidan topadi: yaxshi odam yomonlik ko’rishi mumkin emas, yomon kimsaga esa yaxshilik hayf; xuddi shunday vafo qilgan vafo ko’radi, jafo qilgan jafo. Bu fikrlar uning she’riy hikmat darajasiga ko’tarilgan quyidagi ruboiysida o’zining yorqin ifodasini topgan:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
Albatta, Bobur buyuk salaflari ta’sirida, ularga ergashib, an’anaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham ko’plab she’rlar bitgan. Chunonchi:
Kim Hizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida?
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?
Hizr – yer ostidagi obi hayot – tiriklik suvini izlab topgan va undan ichib, abadiy hayotga noil bo’lgan payg’ambar. Navoiyning yozishicha, Tangri taolo Hizrga ilmi ladunni ato etgan bo’lib, hayvon suvi, Hizr suvi deganda shu narsaga ishora qilinadi. Laduniy ilmga say-harakat bilan yetib bo’lmaydi, u Olloh tomonidan o’zi xohlagan bandalariga beriluvchi ilohiy ilmdir. Ma’lum bo’ladiki, Hizrning abadiy hayot sohibi ekanligi ham aslida uning ilohiy ilmlar egasi bo’lganligi bilan izohlanadi.
Iso Masih (Iusus Xristos) – Nasroniylar dinining payg’ambari. Iso Masihning qo’li tekkan – silagan o’likka jon kirishi uchun ham al-masih - silovchi laqabi berilgan.
Mumtoz adabiyotda ma’shuqaning jonbaxsh labini – obi hayotga, labi atrofidagi mayin tukchalar, ya’ni xatini – obi hayot chashmasi tegrasidagi maysaga, qora sochlarini – obi hayot chashmasi yashirin zulmatga o’xshatish bir an’ana tusini olgan. Nafasi oshig’iga hayot bag’ishlaydigan ma’shuqa esa o’likni tiriltiradigan Iso Masihga nisbat beriladi.
Yoki:
Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,
Lablaridin sharbati yuhyil-izoming borida.
Bu yerda g’ayr – begona. Begona - tariqat yo’liga kirmagan, sayru sulukni o’tmagan kishi. Lab – so’fiylar islohotida ma’naviyat olamidan anbiyoga malaklar vositasida, avliyoga esa ilhom orqali nozil bo’ladigan kalom. Shuningdek, pirning ilohiy ma’rifatga kon so’zi va bu jonbaxsh kalomning mazmuni ham ko’zda tutiladi. Yuhyil izom – suyaklarni tiriltirish.
Baytning mazmuni: “Ey ko’ngil, ma’shuqaning lablaridan (hijron g’amidan o’lgan jismingga) qayta jon baxsh etuvchi sharbatni totar ekansan, begonalarning zahri qotil kabi so’zlaridan tashvishlanmasang ham bo’ladi”. Yoki: “Ey ko’ngil, sen ilohiy ma’rifat fayzidan bahramand bo’lar ekansan, bu ishqdan bexabar g’ofil olomonning past –baland gap –so’zlariga parvo qilma”. Yana: “Ey ko’ngil, piri komilning ilohiy ma’rifat sirlaridan xabar beruvchi jonbaxsh kalomi turganda har turfa johil kimsalarning ta’na – malomatlariga e’tibor berma” .
“Boburnoma”da 50 dan ortiq o’rinda turli munosabat bilan forsiy misra, bayt, fard, qit’a, ruboiy va ta’rixlar keltiriladi. Ular orasida Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, , Sayfi Buxoriy, Shayxim Suhayliy, Vafoiy, Hasan Yaqubbek, Boysung’ur, kamoliddin Binoiy, Mullo Muhammad Tolib, Kichik Mirzo, G’aribiy, Muhammad Husayn, Xoja Kalon kabi shoirlar ijodidan keltirilgan namunalar bilan bir qatorda, turli vaziyatlar taqozosi bilan muallifning o’zi tomonidan badiha tarzida aytilgan ko’plab forsiy bayt, qit’a va ruboiylar ham berilgan. Istanbulda saqlanayotgan devonidagi forsiy she’rlari bilan birgalikda olsak, Boburning forsiy merosi ham salmoqligina ekani ma’lum bo’ladi.
Boburning fors-tojik tilidagi deyarli barcha mashqlari badiha tarzida qog’ozga tushganida qaramay, ular Boburga xos uslub ravonligi, fikr yorqinligi, mazmun teranligi, qo’llangan so’zlarning sodda va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, quyidagi fardida u birovni ranjitish, ko’ngliga ozor berishni qoralab, dilozor kishi agar huru farishta bo’lsa-da, dilimga ozor yetkazar ekan, undan bezorman, deydi:
On dilozore, ki boshad dar dil ozoram az o’,
Filmasal, huru pari boshad, ki bezoram az o’.
Shoir fors-tojik tilini shunchalik yaxshi bilganki, hatto ba’zi she’rlarida irsoli masal tarzida xalq maqollaridan ham mahorat bilan foydalaniladi:
Base asboni tozi monda log’ar,
Shuda gavoni nohinjor farbeh.
Chi boyad kadr kori dahri dunro:
“Jave tole zi xarvore hunar beh!”
Mazmuni: “Qanchadan –qancha uchqur otlarga et bitmagan holda, farosatsiz ho’kizlar semirib ketdi. Bu tuban dunyo ishini nima qilsa bo’ladi: bir dunyo fazlu hunardan bir zarra tole afzal!”
Bobur o’zining ilk forsiy g’azalini 11 yoshida yozgan – u quyidagi matla’ bilan boshlanadi:
Hech kas chu man xarobu oshiqu rasvo mabod,
Hech mahbube chu tu berahmu beparvo mabod.
Mazmuni: “Hech kim men kabi xarobu oshiqu rasvo bo’lmasin, xech bir mahbuba sen kabi berahmu beparvo bo’lmasin”.
Ma’lumki, Boburning naqshbandiya tariqati va uning pirlariga ixlos-e’tiqodi baland edi. Bu tariqatning o’sha paytdagi shayx ul- mashoyixi Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy otasining iltimosiga ko’ra unga nom qo’ygan, uning xalfasi Mavlono Muhammad Qozi Bobur xonadonining piri edi. Mavlono Qozining xalfasi, “naqshbandiya tariqatining balandparvoz shahbozi” Mahdumi A’zam esa unga pir maqomida edi. Bobur Hindistonni qo’lga kiritib, ulkan mamlakat va behisob boylikka ega bo’lganidan keyin barcha qarindosh –urug’lari qatori, Mahdumi A’zamga ham bir bo’lak oltin quymasini niyoz tariqasida yuborib, o’z maktubida quyidagi qit’ani ilova qilgan:
Dar havoi nafsi xud umr zoe kardayem,
Peshi alhulloh az atvori xud sharmandayem.
Yak nazar afkan ba so’I mo, ki az rohi vafo
Hojigiro mondayemu xojagiro bandayem.
Mazmuni: “Gumroh nafs ko’yida umringizni zoye qildik. Buning uchun Ollohning xos bandalari oldida uyatlmiz. Biz tomong’a bir nazar sol: vafo yo’lida xojalikni tashlab, xojalikka bandamiz”.
Mahdumi A’zam tariqati, ya’ni naqshbandiya xojagon – xojalar deb ham yuritiladi. Xoja so’zining rahnamo, sohib, xo’jayin degan ma’nolari ham bor. Bobur shundan foydalanib, so’z o’yini qilgan: Olloh oldida hammaning qullugini anglab, birovlarning ustidan egalik – xojalik qilishini tashlaganmiz, lekin xojalar tariqatiga qullikni bo’ynimizga olganmiz.
“Boburnoma”da shoirning o’zi birinchi tugal g’azalini 18-19 yoshlarida, ya’ni hijriy 907 (milodiy 1501-1502) yilda yaratilganligini qayd etib, uning matla’ baytini keltiradi:
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
Ammo uning shoir sifatidagi ijodiy faoliyatini xuddi shu yil va har jihatdan yetuk shu g’azaldan boshlash, bizningcha, to’g’ri bo’lmaydi. U o’z ijodiy faoliyatini ancha avval boshlagan va 1500 yillarga kelibroq, shoir sifatida shuhrat tuta boshlagan, deb o’ylaymiz. Xuddi shu yillarda Binoiyning homiylik istab Boburning qoshiga kelishi, unga she’riy “ariza”lar bilan murojaat qilishi ham shundan darak beradi. Navoiyning Bobur nomiga maxsus maktub yo’llashini ham Boburning shoirlik faoliyati bilan bog’liq, deb tushunishga moyilmiz.
Bobur hajman kichik, ammo har jihatdan barkamol she’riy meros qoldirgan. Hozircha uning o’zbek tilidagi 120 g’azali, 210 ga yaqin ruboiysi, shuningdek, o’ndan ortiq tuyuq va qit’alari, ko’plab fard va ellikdan ortiq muammolari aniqlangan. Shoirdan she’riy maktub tarzida bitilgan bir necha masnaviylar ham saqlanib qolgan. “Boburnoma”dagi qator she’riy parchalar muallifning tojik tilida ham muvaffaqiyatli qalam surganidan darak beradi.
Keyinchalik “Boburnoma”da butun ko’lami bilan ko’ringan yetakchi xususiyat – o’z holati va kechirmishlarini, kayfiyati va taasurotlarini, shodlik va tashvishlari, intilish va orzularini bayon etish – Boburning ilk g’azal va ruboiylaridayoq to’la –to’kis yuzaga chiqqan. Badiiy so’zga, she’riyatga Bobur o’zligini, o’z ruhiy olamini “ochish” vositasi deb qaragan. Xuddi shuning uchun ham muallif shaxsiy hayoti lavhalari hamda uning real ruhiy kechinmalari bilan bevosita bog’liqlik Bobur lirikasining xos belgisi darajasiga ko’tarilgan. Asarlarning ana shu yetakchi xususiyatini uning o’zi alohida ta’kidlab o’atdi:
Har vaqtki, ko’rgasen mening so’zimni,
So’zumni o’qub anglagaysen o’zimni.
Ayni zamonda shuni aytish kerakki, ayniqsa, g’azallaridagi “men” bilan tarixiy shaxs Bobur o’rtasida to’la muvofiqlik va aynanlik belgisini also qo’yib bo’lmaydi, chunki lirika, aytaylik, “Boburnoma”dan farqli o’laroq, sof badiiy asardir. Shubhasiz, bu o’rinda ham lirik “men” o’zida tarixiy “men”ni ham jamlaydi, ammo, ayni zamonda, tarixiy “men”dan afzalroq, yuksakroq, barkamolroq ko’rinadi; u shafqatli, olijanob, pokiza qalb shaxs; u sevgi-sadoqatni ulug’lovchi, visol onlaridan shodmon va hijron azoblaridan o’rtangan oshiq. Biz lirikada fotih Boburni emas, balki inson Boburni, g’olib hukmron tantanasi yoki mag’lub sarkarda fojiasini emas, balki oddiy shaxsning sevgi quvonchi va oshiq yurakning alam-sitamini kuzatamiz, mamlakatdan, boylik va fuqarosidan ajralgan shohning dardu hasratini emas, balki taqdir aybi bilan uzlatga tushgan kishining ohu nolasini eshitamiz; eng yetuk g’azallarida qo’ldan ketgan viloyatlar va shonu shavkatni qumsovchi taxt da’vogari emas, balki yurtga intiluvchi, tong nasimi orqali unga samimiy salomlar yo’llovchi vatanjudoni ko’ramiz; doimo qirg’in jangu jadalga shay sheryurak shoh bilan emas, balki sevimli ma’shuqa oldida batamom ojiz va itoatkor banda bilan, go’zallik va nafosat shaydosi, musiqa va she’riyat muxlisi bilan uchrashamiz va hokazo. Chindan ham, lirik “men”i feodal hukmdorlar ustidan qozonilgan harbiy zafar yoki istilo etilgan o’lkalar emas, balki ma’shuqa iltifotiga sazovor bo’lish, uning visoliga erishish quvontiradi, vafodor yor bilangina u o’zini baxtli hisoblaydi:
Shukrilillah, aysh yuzlandiyu mehnat qolmadi.
Yetti ayyomi visolu shomi furqat qolmadi.
Yuzlanib amnu farog’at, g’ussayu g’am bo’ldi daf,
Ayshu ishrat keldiyu ranju mashaqqat qolmadi.
Mehnati hijronki, andin chok-chok erdi ko’ngul,
Bo’ldi rohatqa mubaddal – ul jarohat qolmadi…
Bobur g’azallaridan birida yashamoqning ma’nosini ochishga intilgandek bo’ladi, “ jahonning ishrati nimada?” degan savolga javob axtaradi. Xo’sh, inson nimada qoniqadi, qanday hayotga intilish kerak? Toat –ibodatgami? Qirg’in urushlar yoki o’lkalar zabtigami? Boylik to’plash yoki shohona maishat, shonu shavkatmi? “Yo’q”, deb javob beradi shoir. Ayniqsa, shu g’azalda lirik “men” o’ta madaniy, baland, didli, pokiza qalb sohibi, to’la hayotsevar, do’stparvar va yuksak orzuli shaxs sifatida gavdalanadi:
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.
Lirik qahramon hayotning ma’nosini ana shu sof insoniy intilishlarda, ezgu istak va go’zal orzularda ko’radi:
…Gar bu uch ishni muvofiq topsang ul uch vaqt ila,
Mundin ortuq bo’lmag’ay, Bobur jahonning ishrati.
Bu g’azal o’tmish she’riyatimizdagi eng ilg’or an’analardan beri – haytosevarlikni, real dunyoni birdan –bir va naqd deb tushunib, uning go’zalliklaridan, tabiat ko’rkamliklaridan bahramandlikni, tirik insonni qadrlashni juda ta’sirchan bir shaklda targ’ib etadi. Ko’rinib turibdiki, garchi shikoyat motivlari katta o’rin tutsa-da, hayotsevarlik, nekbin, ko’tarinki ruh Bobur lirikasi uchun aslo begona emas.Shoir hayotdagi ijobiylikni ham ko’radi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanadi, lolaga burkangan dashtlarni madh etadi, “bahor faslida dalalarning latifu dilkash”ligidan yuragi jo’sh urib, “sayr etishga” da’vat qiladi. “Gar ilikdin kelsa bir damni kechurmang g’am bila” degan shoir, turmush qiyinchiliklarini yengib, real dunyodan lazzatlanishga, tiriklik nashidasini surishga undaydi:
Davron g’amin barbod qil, ishrat uyin obod qil,
Jonu ko’ngulni shod qil ovozi changu nay bila.
Hayotsevar Bobur lirikasida romantik ruh bilan ham qorishib ketadi. Bunday holat shoirning ko’pgina g’azallarida, jumladan, “Yoz fasli” so’zlari bilan boshlanuvchi g’azalida ko’zga yaqqol tashlanadi.
Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu?
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu? –
deya o’z zamonasi va taqdir norasoligidan faryod chekkan lirik qahramon o’sha mashaqqatli hayotdan, turmush uqubatlaridan yuqori ko’tarilishga intiladi, romantik orzular og’ushiga otiladi.
Ammo shu aniqki, Bobur lirikasida achchiq taqdir zarbalaridan shikoyat, falak jabru jafosi, davron g’amu g’ussasidan nola, zamona va ahli zamonadan fig’on ustunlik qiladi. Lirik qahramon o’zini ta’qib –tazyiq ostida ezilgan his etadi, uning “tolei past, baxti uyqulik”. Aslida shoir ijodining boshlang’ich davridayoq bu mavzuning chuqur ishlana boshlaganini ko’ramiz. “Topmadim” radifli (va shoirning o’zi birinchi deb ko’rsatgan) g’azal shundaydir. Yoki u bilan deyarli bir vaqtda bitilgan:
Kim ko’rubdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’,-
matlali g’azalini eslaylik. Ba’zan esa tushkun kayfiyat ham seziladi, umuman insonlardan yyuz o’girish, tarkidunyochilik ohanglari ham ko’rinadi:
Jahon eliyu jahon – barcha gar adam bo’lsa,
Adam yo’lini tutay zarra manda g’am bo’lsa!
Xarakterliki, bunda shikoyat va nola tez orada g’urbat motivlari bilan, g’ariblik hissi bilan chatishiv ketadi hamda yanada o’tli, yanada ta’sirchan ruh egallaydi.
Shu munosabat bilan bir muhim masalaga aniqlik kiritish lozim ko’rinadi. Tadqiqotchilar ona yurtni qo’msash, unga talpinish hamda g’ariblik azoblaridan hasrat ohanglari uchraydigan har bir g’azal, ruboiy yoki qit’ani yoppasiga Bobur ijodiy faoliyatining Afg’oniston yoki Hindiston davrlari bilan bog’laydilar, o’sha o’lkalarda yozilgan, deb hisoblaydilar. Aslida esa bunday emas. Gap shundaki, Bobur tushunchasida, kindik qoni to’kilgan, keyinchalik o’zi hokim bo’lgan Andijonning qo’ldan ketishi (1498 y.) vatanjudolikning, o’z ta’biri bilan aytganda, “jaloi vatan bo’lmoq”ning boshlanishi bo’lgan.
Boburning ijodiy faoliyati xuddi shu yillarda boshlanganini hisobga olsak, g’urbatdan, g’ariblik uqubatlaridan faryod, darbadar hayotdan shikoyat ilk asarlaridayoq yuzaga chiqish sabablari ravshanlashadi.
Birgina misol:
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh.
G’urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Boburning o’zi guvohlik berishicha, bu ruboiy Toshkentga kelishiga qadar (1501 y.) yaratilgan. Shubhasiz, bu motiv keyinchalik Movarounnahrni tark etib, afg’on va hind mulklariga ketishga majbur bo’lganida yanada kuchaydi, alohida hasratli mazmun kasb etdi. Endilikda vatan tushunchasi ham, g’urbat va g’ariblik tushunchalari ham kengayadi, konkretlashadi. Shoirga ona yurtda qolgan do’stu yor, xeshu aqrabolar va hatto tug’ilgan o’lka tabiati, nozi ne’mati Vatanni eslatadi, uning bir bo’lagi sifatida sog’inch bilan orzu etiladi, ardoqlanadi. Yurakdan orziqib, kuyinib, yozadi shoir:
Qovun birla uzumning hajrida ko’nglumda g’am har so’,
Oqar suvning firoqidin ko’zimdin har dam oqar suv.
Bobur g’azallarining asosan ko’pchiligi shaklan yetuk, badiiy jihatdan barkamoldir. Xalq jonli tilidan keng foydalangan shoir juda ravon, kishi dilini qitiqlovchi sho’x misralar bitadi, esda qoluvchi obrazlar yaratadi. She’riyat nazariyasini, xususan, aruz qonun-qoidasini butun nozikliklari bilan egallagan shoir g’azal va ruboiylari nihoyatda yengil o’qiladi, tinglovchiga zavq-shavq bag’ishlaydi. O’rinli ishlatilgan xalq iboralari, turli-tuman so’z o’yinlari, chiroyli tashbih va tajnislar, bayonning o’ta samimiyligi shoir lirikasi alohida fayz baxsh etadi:
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul qaro qoshdin yana.
Yoki
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen,
Ne kun bo’lg’ay visolingga mane dilxasta etgaymen
matlali g’azallari kabi o’nlab g’azallarining o’tmish she’riyatimizning eng yaxshi namunalari qatoridan o’rin olishi, hofizlar tomonidan kuylanishi bejiz emas. Shoirning mana bu misralari esa sof xalq qo’shiqlari ruhida yozilgan bo’lib, muallifning xalq ijodidan unumli foydalanganligiga aniq ishora etadi:
Yor qadrin bilmadim – to yorqin ayrilmadim,
Yor qadri muncha ham dushvor ekandur, bilmadim.
Bobur lirikasida ma’shuqa obrazi katta mahorat bilan chizilgan. Shoir tasvirida u nihoyatda, suluv, jozibali, zebo. Shunisi, muhimki, Bobur ma’shuqani faqat tashqi ko’rinishidangina emas, ma’naviy jihatdan ham, axloqan ham go’zal va barkamol sifatida tasvirlaydi: xuddi shu fazilatlari bilan ham u lirik qahramonni o’ziga maftun etadi, uning muhabbati, hurmatini qozonadi:
Ne xulq edi, yona ko’nglum olding so’z ila,
Shirin so’zu yaxshi xulqingga banda bo’lay.
Ayni zamonda, lirik qahramon o’qimishli, yuksak didli, “xush tab”, ruhan boy yorni orzu qiladi. Bu jihatdan, quyidagi misra diqqatga sazovor:
Yor uldurki, she’rga mayli bo’lsa.
Bobur she’larining hayotiyligi ularning hayot qozonining ichida turib ijod qilinganligidir. U bir umr odamlar orasida yashadi, qizg’in faoliyat bilan band bo’ldi. Hatto ijod uchun xilvatga chekinishga ham hamisha vaqt topavermagan. Shuning uchun bu she’riyatda kurashchan ruh ustuvor. Umri kurashda o’tgan shoirning she’ri boshqacha bo’lishi ham mumkin emas. Albatta, unda umri ilmu ijod qilib, toju taxt tashvishida o’tayotganidan shikoyat qilish, o’z faoliyatidan qoniqmaslik tuyg’ulari, mag’lubiyat onlaridagi tushkunlik motivlari uchraydi. Lekin, bir butun olganda, Bobur she’riyati nekbin va kurashchan she’riyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |