o‘quvchi kelajakda muvaffaqiyatli natijalarga erishishda muhim afzalliklarga ega
bo‘ladi.
Ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish
darajalarini tekshirish, nazorat qilish va baholash masalasini to‘g‘ri talqin qilish
uchun dastavval bilim, ko‘nikma va malaka tushunchalari ustida qisqacha to‘xtalib
o‘tiladi.
Bilim-odamlarning dunyoni bilib olish mahsuloti bo‘lib,
u tabiatan, jamiyat
qonun-qoidalari, hodisa va buyum, predmetlarning haqiqiyligini o‘rganish
jarayonida shakllanadi.
Ko‘nikma-ta’lim jarayonida egallangan mavjud bilimlarga tayanib,
belgilangan maqsadga muvofiq bajariladigan barcha harakatlarning yig‘indisi, yoki
harakat (faoliyat)larning muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatidir. Harakat (faoliyat)ni
o‘zlashtirish ko‘nikma darajasiga ko‘tarilganda mehnat jarayoni bilan bog‘liq u yoki
bu harakat (faoliyat)ni bajarishga kirishishdan oldin ijrochi ularning ketma-ketligi
va amalga oshirish usullarini uzoq muddat davomida o‘ylab ko‘radi. Ta’lim
jarayonida ma’lum harakat (faoliyat)ni tez va to‘g‘ri bajarishda mashqlar izchil
davom ettirilib, ko‘nikma asta-sekin malaka darajasiga ko‘tarila boradi, ya’ni,
malaka ko‘nikmadan o‘sib chiqadi, rivojlanadi.
Malaka-ko‘nikmani mustahkamlash va takomillashtirishdek murakkab jarayon
bo‘lib, u bir xil sharoitlarning o‘zida ma’lum harakat (faoliyat)larni ko‘p marta qayta
takrorlash natijasida shakllantiriladi. Zarur harakat (faoliyat)ni
etarli miqdorda
takrorlash keyinchalik ijrochiga ma’lum darajada uni o‘ylab o‘tirmasdan, juda tez,
avtomat ravishda bajarishga imkon beradi, ya’ni faoliyatni faollaShuvi sodir bo‘ladi.
Malaka qanchalik yuksak darajada shakllansa, ijrochi ishni Shunchalik tez va
samarali bajaradi.
Ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishdan asosiy
maqsad, u yoki bu o‘quv dasturi materiallarini bolalar ta’lim oluvchilar tomonidan
o‘zlashtirish darajasini, ularda ko‘nikma va malakalarni shakllanganligini,
mustahkamligini hamda ularni amalda qo‘llay olishini nazorat qilishdan iboratdir.
O‘zlashtirish darajasini aniqlash-o‘quv dasturiga muvofiq ma’lum talablar asosida
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish
darajasi va sifatini
aniqlashni ko‘zda tutadi. Test tizimi bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini nazorat qilish va baholashdan asosiy maqsad faqat mavjud kamchilik,
nuqsonlarni aniqlashdan iborat bo‘lmay, balki ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni
namoyon qilish hamda tuzatish choralarini ham ishlab chiqishdir. Bu ishda
yuzakilikka, bir tomonlamalikka yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi pedagogik,
psixologik va uslubiy talablarni bajarish zarur.
1. Bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlashni doimiyligini, tizimliligini, uni
o‘quv va mehnat faoliyatining turli qirralari bilan uyg‘unlashib borishini ta’minlash;
2. Nazorat, tekshirish, hisobga olish va baholashga har tomonlama yondashish
uchun o‘quv dasturi va rejasining barcha bo‘limlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi test
topshiriqlarini tuzishga erishish; shaxsiyatning axloqiy,
xulqiy sifatlarini
shakllantirishning amaliy jihatlarini ishlab chiqish, laboratoriya ishlarini o‘tkazishda
texnikaviy, texnologik va boshqa turli xil bilim, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirilganlik malakasini aniqlash;
3. O‘quvchilarning aqliy va jismoniy mehnatga, o‘quv faoliyati natijalariga
qiziqishini oshirish maqsadida pedagogik nazorat, tekshirish va baholashni
o‘tkazishning shakl va turlarining xilma-xilligiga erishish
va bu tadbirlarning
ta’limiylik, tarbiyaviylik funksiyasini amalga oshirishni ta’minlash;
4. Tekshirish, nazorat va baholash jarayoni har bir o‘quvchi (sub’ekt)ning
ta’lim sohasidagi butun faoliyati (yoki uning ma’lum bir qismi)ni qamrab olishini,
uning o‘quv mehnati sohasida eishgan natijalari bo‘yicha individualligini, o‘ziga
xosligini ta’minlash lozim.
Tekshirishning maqsadi:
A) Ta’lim-tarbiya ishining ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi, uning ilmiy
poydevorlarga tayanib amalga oshirilayotganligini aniqlash;
B) O‘quv faoliyat sur’atini, taraqqiyot darajasini aniqlash hamda mazkur
faoliyatning kelajakdagi samarali yo‘nalishlarini belgilash;
V) Ta’limning muqobil uslublarini ishlab chiqishga erishish, o‘quvchilar
jamoasining o‘zaro do‘st, birodarlik munosabatda bo‘lishlarini, yagona maqsad sari
yakdillik bilan kurashishlarini ta’minlash.
O‘quvchilar tomonidan Kimyo o‘quv fani dasturlari va DTS bilan
me’yorlangan
muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ularni
tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o‘qitishning turli shakllaridan foydalanishni
taqozo etadi. Kimyo o‘qitish metodikasida o‘qitish jarayonini tashkil etishning turli
shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o‘qitishning
asosiy shakli bo‘lgan dars, unga bog‘liq holda ekskursiyalar,
uy ishlari, darsdan
tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
kiradi.
Mazkur o‘qitish shakllari bilan birgalikda kimyo o‘qitish shakllari tizimini
tashkil etishda test tuzish metodikasi ham asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qitishning
asosiy shakli bo‘lgan – dars, ularni bog‘lovchi vazifasini bajaradi va o‘qitishda test
topshiriqlari yordamchi vazifani belgilaydi.
Dars, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
birgalikda kimyoni o‘qitishdan ko‘zda tutilgan umumiy o‘quv maqsadlariga
erishishni ta’minlaydi, o‘quvchilar tomonidan test topshiriqlari o‘quv materialini
o‘zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi. O‘qitishni tashkil etish
tizimining tarkibiy qismlari bo‘lgan dars, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning har biri kimyoviy ta’lim oldiga qo‘yilgan
umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o‘z ulushi mavjud
bo‘lib,biz test topshiriqlari yordamida o‘quvchilarning bilim saloxiyatlarini belgilab
boramiz. Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin. O‘qitish
jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga
bog‘liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi. Shu sababli o‘qituvchi
tomonidan o‘qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim
mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan
o‘rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: