Dissertatsiya mundarijasi (taxminiy)


Korxonalarda sifat menejmentini rivojlantirishning klasterlardagi xalqaro tajribalari



Download 2,33 Mb.
bet67/78
Sana28.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#715071
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
Dissertatsiya mundarijasi

1.3. Korxonalarda sifat menejmentini rivojlantirishning klasterlardagi xalqaro tajribalari.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ―Klaster‖ tizimiga o‘taѐtganligi sababli mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari ba’zasini yangilanmoqda. Respublika Prezidentining 2018 yil 29 martdagi №PF-5388-son «Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori aynan shu maqsadni nazarda tutadi. Qarorda Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritaѐtgan xorijiy va mahalliy investorlarning mablag‘lari natijasida shakllantirilgan xo‘jalik yuritishning klaster tizimlari 2020-yilning 1-yanvariga qadar xorijdan qishloq xo‘jaligi texnikalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo‘jaligida klaster usuli yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xomashѐdan tayѐr mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jaraѐndagi ko‘p bosqichli kompleks tizim hisoblanadi. Chunki, yengil sanoat korxonalarining xomashѐ yetishtirish manbai sanalgan dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashda mazkur usul o‘zining afzal jihatlarini amalda isbotlayapti. Xatto O‘zbekistonda «Paxta to‘qimachilik klasteri ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligi ba’zasi sifatida» ekanligini «Agriculture and Forestry» xalqaro ilmiy-tahliliy jurnali ham e’tirof etgan.
Paxta to‘qimachilik klasterlarini yuqori darajada samaradorlikka erishishi uchun avvalo,
Rivojlangan davlatlatlarning qishloq xo‘jaligida klasterlarni tahlil qilish;
– Respublikamizda tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi klasterlari foaliyatini tahlil qilish;
– Qishloq xo‘jaligi texnikalarini tanlashning asosiy prinsiplarini o‘rganish.
- TST agroklaster‖ tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi texnikalari sonini ishlov beriladigan maydonlarga nisbatan eksperimental tadqiq etish; – Yuqori unumli traktorlardan tashkil topgan mashina traktor agregatlar (MTA)dan samarali foydalanish va ularning quvvat balansini nazariy tahlil qilish;
– Tavsiyalar shakllantirish;
– Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish talab etiladi.
Oxirgi yillarda mamlakatimiz iqtisodiѐtini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan bozor munosabatlari va tajribalarini haѐtga tadbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Klasterlar bularga misol bo‘lib, iqtisodiѐtimizning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida ushbu tuzilmaning faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Qishloq xo‘jaligida klaster usuli yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xomashѐdan tayѐr mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jaraѐndagi ko‘p bosqichli kompleks tizim hisoblanadi [1]. Chunki, yengil sanoat korxonalarining xomashѐ yetishtirish manbai sanalgan dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashda mazkur usul o‘zining afzal jihatlarini amalda isbotlayapti. Xatto O‘zbekistonda «Paxta to‘qimachilik klasteri ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligi ba’zasi sifatida» ekanligini «Agriculture and Forestry» xalqaro ilmiy-tahliliy jurnali ham e’tirof etgan.
Xozirgi globallashuv va o‘sib boraѐtgan xalqaro raqobat sharoitlarida klasterlashtirishni Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Nigeriya, Chili, shuningdek, Marokash, Iordaniya, Suriya, Livan, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa arab mamlakatlarida ham kuzatishimiz mumkin. Jumladan: Hindistonda 2000 dan ortiq, shundan 388 ta sanoat va 1657 ta hunarmandchilik korxonalarini birlashtirgan klasterlar faoliyat ko‘rsatadi.
Klasterlar mamlakat eksport mahsulotining 60 foizini, ba’zi bir yirik klasterlar ishlab chiqariladigan kiyim-kechak, zargarlik va teri mahsulotlarini 90 foizini yetkazib beradi. Turli xil klasterlar tarkibida faoliyat ko‘rsataѐtgan kichik korxonalar soni 40-50 dan tortib 1700 tagacha yetgan. Ayniqsa, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarish va xizmatlar (kommunikatsion texnologiyalar, dasturiy ta’minot, farmasevtika va boshqalar)ni rivojlantirishda klasterlarning ekspert imkoniyatlarini oshirishni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan munosabati samaralidir.
Demak, xalqaro amaliѐtda sinalgan ―Klaster‖ nazariyasiga asoslangan tajribalardan foydalanib, iqtisodiѐtimizning qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llash Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda, tez orada agrar sohaning lokomotiviga aylanishi shubhasizdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, biz mavjud rivojlanish sur’atlari bilan o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erisha olamiz. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga doir Harakatlar strategiyasida, jumladan, ―...qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish uchun sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan keng foydalanish‖ vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda, jumladan yerlarga ishlov berishda agregatlarning texnik va texnologik jihatdan energiya-resurstejamkor-ligini ta’minlash hisobiga mehnat sarfini kamaytirish, ish unumi va sifatini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi № PF-5388-sonli «Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qaroriga binoan Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritaѐtgan xorijiy va mahalliy investorlarning mablag‘lari natijasida shakllantirilgan xo‘jalik yuritishning klaster tizimlari 2020-yilning 1-yanvariga qadar jorijdan qishloq xo‘jaligi texnikalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari ko‘zda tutilgan. Buning natijasida deyarli barcha klasterlar xorijdan turli xil qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kirishmoqda [2]. Natijada klasterlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda qancha texnika kerakligi, bu texnikalardan qanday foydalanganda yuqori samaradorlikka yerishish mumkinligi, FIK oshirish uchun qanday MTA ni tuzish kerakligi bo‘yicha savollar paydo bo‘lmoqda.



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish