Sirdarѐ viloyatida faoliyat yuritaѐtgan agroklasterlar. Prezidentimiz qarorlari bilan Sirdarѐ tumanida Qishloq xo‘jaligi sohasida 4 yirik paxtachilik klasteri tashkil etildi. Tashkil etilgan paxtachilik klasterlari tomonidan viloyatga tashkil etilgandan to hozirgi kungacha 300 dan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari olib kelindi. Viloyatda paxta xomashѐsini yetishtiriishda yangi texnologiyalarni joriy etildi. Buning natijasida viloyatda 2019-yil hosili uchun yetishtirilgan 190 ming tonnadan ortiq paxta hosilining 63 foizi, ya’ni 120 ming 860 tonnasi aynan “Bek klaster”, “Indaramo agro”, “Sirdarѐ Politeks” va “Boѐvut texno klaster” agroklasterlari hissasiga to‘g‘ri keldi. “Bek klaster" qo‘shma korxonasi qoshida tashkil etilgan issiqxonaning o‘zida bugungi kunda 3 million dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun 30 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu issiqxonada doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan 120 dan ziѐd ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. “Bek klaster” qo‘shma korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritaѐtgan bo‘lsa, “Indaramo agro”, “Sirdarѐ Politeks” va “Boѐvut texno klaster”lari shu yilning o‘zida faoliyatini boshlab, har tomonlama afzalligini namoѐn etaѐtir. Ushbu klasterlarda hozircha 12 mingdan ortiq doimiy, 40-50 ming atrofida mavsumiy ishchi mehnat qiladi.Qishloq xo‘jaligi sohasida qiymati 560 milliard 500 million so‘mlik 138 loyiha ijrosi ta’minlanib, 2 ming 500 dan ziѐd fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Surxondarѐdagi «Angor Surxon G‘ururi» paxtachilik klasteri. 2019-yil Surxondarѐ viloyatining Angor tumanidagi «Angor Surxon G‘ururi» mas’uliyati cheklangan jamiyati paxtachilik klasteriga aylantirildi. Ushbu paxtachilik klasteri tarkibiga Sharof Rashidov, «Qorasuv» va «Navshahar» massivlaridan jami 6000 ga yaqin yer ajratildi.
Bu yerda «Angor Surxon G‘ururi» klasteri tomonidan eng zamonaviy agrar talablarga javob beradigan, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida paxta yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun zamonaviy quvvati 220 va undan yuqori bo‘lgan New Holland traktorlari va qishloq xo‘jaligi texnikalari olib kelindi. «Angor Surxon G‘ururi» paxtachilik klasteri tomonidan 2019-yil xosili uchun erta bahorda 5 ming 800 gektar maydonga «Surxon-14», «Surxon-16», «Namangan-77», «Iolatan-14 A 1» va «Jarqo‘rg‘on» navli chigit urug‘larini xorij tajribasi asosida ekildi va yil oxirlariga ko‘ra 17 ming 800 tonna yuqori sifatli paxta xomashѐsi topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |