Sirdarѐ viloyati
|
|
|
75.
|
“BEK Sluster” MChJ
|
Mirzaobod, Xovos
|
14200
|
76.
|
“Indorma”MChJ XK(Singapur)
|
Sardoba, Ok- Oltin
|
25000
|
77.
|
“Boѐvut Texno klaster” MChJ
|
Boѐvut
|
10500
|
78.
|
“Poli teks”MChJ
|
Sayxunobod
|
3030
|
Yuqorida keltirilgan klaster tizimlarinig ish faoliyati bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Buxoro viloyatidagi “BCT Cluster” klasteri. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivolantirish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalar asosida amalga oshirilmoqda. Shu bois, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan infratuzilmani yaratish, qishloq xo‘jaligida klaster usulini joriy etishga jiddiy e’tibor qaratilayapti. Ana shunday innovatsion loyihalardan biri Buxoro viloyatida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi “2017 — 2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyati Romiton tumanida “BCT Cluster” xorij korxonasi tashkil etildi. Buning uchun 123,1 million AQSh dollari qiymatidagi investitsiya yo‘naltirilib, to‘quv-trikotaj fabrikalari tashkil etiladi. “BCT Cluster” klaster tizimida jami sakkizta kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Paxta ekish agrokompleksi, paxtani qayta ishlash va tozalash zavodi, beshta fabrikani o‘z ichiga olgan to‘qimachilik majmuasi, ѐg‘-moy zavodi, 12 ming bosh qoramol parvarishlashga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi, biogaz ishlab chiqarish zavodi, tejamkor texnologiyalarga asoslangan 20 gektarlik issiqxona, 25 turdan ortiq sut va go‘sht mahsulotlari tayѐrlanadigan korxona shular jumlasidandir. Matoni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho tabiiy bo‘ѐq olinadigan indigo-ferum o‘simligi ham aynan klaster hududida ekilyapti [10].
Klasterning innovatsion to‘qimachilik korxonalari uchun sanoatbop xomashѐning bir qismi esa tomchilatib sug‘oriladigan ekin maydonlarida yetishtiriladi. Yog‘-moy zavodida chigitni qayta ishlash hisobiga olingan ѐg‘ iste’molchilarga jo‘natilsa, kunjara hamda shulxa shu yerdagi ferma ehtiѐjlarini ta’minlashda qo‘l keladi. O‘z navbatida, chorvachilik majmuasi va ishlab chiqarish jaraѐnida hosil bo‘ladigan organik chiqindilar kelgusida bunѐd etiladigan 20 gektarli issiqxonani isitish manbai bo‘lgan biogaz hamda qimmatbaho o‘g‘it — biogumus ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. “BCT Cluster” klaster tizimiga Romitan tumanidan 8000 gektar yer ajratilgan va hozirgi kunda 2000 dan oshiq ishchilar faoliyat yuritmoqda. Shu yilga qadar klaster chetdan 200 dan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kelgan. 8000 ga maydon 5 ta hudud, 90-120 gektardan 77 ta uchastkaga bo‘lingan. Joriy yil hosilidan tayѐrlangan mahsulotlar eksportini 45 million, 2020 yilda 100 million, 2021 yilda 150 million dollargacha yetkazish ko‘zda tutilgan [11].
Do'stlaringiz bilan baham: |