Dissertatsiya mundarijasi (taxminiy)


Agrobiznes korxonalarida sifat menejmentini takomillashtirishning nazariy huquqiy asoslari



Download 2,33 Mb.
bet65/78
Sana28.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#715071
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
Dissertatsiya mundarijasi

Agrobiznes korxonalarida sifat menejmentini takomillashtirishning nazariy huquqiy asoslari.
1.1. Agrobiznes korxonalari rivojlanishida sifat menejmentining o’rni va ahamiyati
Oziq – ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining xavfsizligiga, bugungi kunda, butun dunyoda katta ahamiyat berilmoqda. Oziq-ovqat, shu jumladan o‘simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar iste’molga ruxsat beradigan, belgilangan qoida va me’yorlarga javob berishi lozim.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti – mahsulot sifatlarini belgilangan texnik va Davlat standartlari talablariga javob beradigan maxsus testlar orqali baholaydigan mutaxassis. Uning vazifasiga bioximik testlar o‘tkazish va qishloq–xo‘jalik mahsulotlarining sifatini bioximik ko‘rsatkichlarga asosan baholash; mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash usullarini aniqlash kiradi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi xomashyosi va mahsulotlarining xavfsizligi, sifatini baholoash hamda ularni saqlash, qayta ishlashning Davlat standartlari, texnik talablar, shuningdek, me’yoriy hujjatlarga to‘liq javob berishini ham boshqaradi. Bu hali hammasi emas, bu soha egalaridan o‘lchash va nazorat qilish vositalaridan foydalanish, o‘lchov-eksperimentlarni amalga oshirish, o‘lchov natijalarining aniqlik darajasini baholash ham talab etiladi.
Eksperimentlarning natijalariga statistik ishlov berish, korxonadagi xizmat va mahsulot sifatiga qo‘yilgan talablarni nazorat qilish ham ularning zimmasida.
Sifat menejerlarining asosiy vazifalariga mahsulotning yaroqsizlik darajasini va uning sabablarini aniqlash, ularning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha choralarni belgilay olish ham kiradi. Bu kasb egalarining xizmat vakolatlari juda keng, ya’ni ular sertifikatlangan mahsulotlar va jarayonlarni nazorat qilishga oid tekshirishlarda ham, o‘lchov vositalarini metrologik nazorat qilishda, attestatsiyadan o‘tkazishda, kalibrlash da, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ham bevosita ishtirok etishadi. Va nihoyat, ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotni sertifikatlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarini tekshirishadi va baholashadi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qayta ishlash va konservalashtirish – etakchi daromad manbalaridan biri. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Axir, meva sabzavot, poliz ekinlari diyorimizda to‘lib-toshib yotibdi. Ularni qayta ishlash, konservalash ham zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Bunday texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish uchun, albatta, Davlat standarti talablarini yaxshi bilish kerak. Sizda insonlarni sifatli oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash istagi kuchli bo‘lsa hamda ushbu sohaning eng yaxshi mutaxassisi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda, sohaga doir terminlarni; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslarini; qishloq xo‘jalik xomashyolari hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichlarini; ularga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarni; ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini; qishloq xo‘jalik mahsulotlarining iste’mol talablari va sifat xarakteristikalarini; huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Davlat va xalqaro standartlar talablarini; mahsulotdan sinash uchun namuna olish usullarini; o‘lchov va etalonlarning fizik asoslarini; sifatni boshqarish asoslarini; faoliyatga doir dasturiy ta’minotni puxta o‘zlashtirgan bo‘lishingiz shart.
Ha, bir qarashda ancha murakkab vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladi, lekin har bir xonadonga sifatli mahsulotlar kirib borishiga hissa qo‘shish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. SHunday ekan, yurtboshimizni quyidagi fikrlariga nazar solamiz.
“Biz, avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini ­tarkibiy jihatdan o‘zgartirish ­bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport ­salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim” Sh.M.Mirziyoev.
Respublikada, avvalom bor xususiy mulkchilik sinfini shakllanishi yoki qaror topishi va mulkchilikka nisbatan bo‘lgan tushunchalarning o‘zgarishi–davlatning mahalliy ishlab chiqaruvchilarining jahon bozorlarida mustahkam o‘ringa ega bo‘lishida muhim omil bo‘ldi.


Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish