Neft-gaz kollektorlari, ulardagi neft- gaz va suvlarning xususiyatlari Neft-gaz kollektorlari - Neft koni geologiyasi oldidagi echilishi lozim bg’lgan aniq vazifalardan biri uyumning ichki tuzilishiga g’rganish, qatlamlar orasida kollektorlarni belgilash va uning fizik xossalarini chamalash hamda aniqlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda statistik geologik konda tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan sistemani belgilash tuzilishi echib berishdir. Bunda tog’ jinslarini va uyumlarini o’rganish ularning tuzilishdagi mezo, makro, metastrukturalar darajasida olib borilmog’i lozim. Tog’ jinslarini kollektor va kollektor emasligini farqlamoq darkor. G’z bag’rida neft, gaz va suvlarni saqlash hamda sharoitlar yaratilganda ularni berish qobiliyatiga ega bg’lgan tog’ jinslari kollektor deb ataladi. Demak, kollektor, gaz, neft va suv bilan shimilgan holatda bg’lishi tabiiy, ular qatlamda g’zlarining solishtirma og’irliklariga qarab joylashadilar.
Hozirgi texnika va texnologiya sharoitlari hamda qazib chiqarish sistemasida mahsulot olinishi mumkin bg’lgan kollektorlar - mahsuldor kollektor Er bag’ridagi neft va gazli qatlamlarni ajratish - Quduq kesimini litologik tarkibi va xossalariga qarab mahsuldor qism va ular orasidagi g’tkazmas qatlamlarga ajratiladi. Bu vazifa atroflicha o’rganiladi va bunda asosiy o’rin geofizik usullarnikidir. Geofizik tadqiqot natijalari kern va shlamni g’rganish natijalari hamda qatlam qismlarini sinab ko’rish vaqtida olingan ma’lumotlar va nihoyat gidrodinamik tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslanadi. Olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasi geologik kesimning g’rganilganligiga va qilingan tadqiqotlarning aniqligiga bog’liq bo’ladi.
Terrigen tog’ jinslari bilan karbonat jinslar Geofizik usullar - Geofizik usullarning sharoitga qarab tanlanishida va umuman, geofizik tadqiqotlarning majmuasiga qarab kesmaning haqiqiy kg’rinishini tasavvur qilish imkoni ochiladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, terrigen tog’ jinslarida gillarning mavjudlik darajasi kg’pchilik kg’rsatkichlarga g’z ta’sirini g’tkazsa, karbonat tog’ jinslarida ularning g’ovaklik darajasi har xil g’zgarishlarga sabab bo’ladi, shuning uchun birinchila-rida qarshilik, g’z-g’zidan qutblanish va tabiiy gamma nurlanishning ahamiyati katta bg’lsa, keyingilarida neytron va akustik hamda qarshilik usullarining ahamiyati e’tiborga loyiq. Natija litologik kolonka shaklida namoyon qilinadi. Unda kollektorlarning ajratilishi va ularning fizik kg’rsatkichlari, zahiralarning aniqlashda, qazib chiqarish sistemasini to’g’ri tanlashda va ba’zi qatlamchalarni to’g’ri ishlatishda asqotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |