Paxta xom-ashѐsini qayta ishlash bo‘yicha: Klaster korxonalarida 2019 yilning 1 oktabr holatida jami 445 ming tonna paxta xom-ashѐsini qayta ishlash quvvatiga ega paxta tozalash zavodlari mavjud bo‘lib, viloyat bo‘yicha ishlab chiqarilgan 320,6 ming tonna paxta xom-ashѐsini to‘liq qayta ishlash imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, Shofirkon tumanidagi «Buxoro Zarxal Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy yilning dekabr oyida 25 ming tonna va Qorako‘l tumanidagi «Qorako’l Kumush Kalava» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2020 yilning 1-choragida quvvati 18 ming tonna paxta xom- ashѐsini qayta ishlash korxonalari ishga tushirilib, viloyat bo‘yicha jami quvvat 488 ming tonnaga yetkazildi.
Ma’lumot uchun: “O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2019 yil 4 sentabrdagi 146- i/ch-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Paxtaning seleksion navlari bo‘yicha chiqadigan mahsulotlar miqdori va asosiy ishlab chiqarish jaraѐnidagi kuyindilar me’ѐrlari” ga asosan Buxoro 6, 8 navli 5 tip 1- nav paxta xom-ashѐsidan 35,6 foiz tola, 52,3 foiz chigit, 2,5 foiz momiq, 0,3 foiz ulyuk, 4,1 foiz tarkibida kalta momiq bo‘lgan chiqitlar va 5,2 foiz asosiy ishlab chiqarish jaraѐnidagi kuyindilar ishlab chiqarilmoqda.
Chigitni qayta ishlash bo‘yicha: Qayta ishlash jaraѐnida 320,6 ming tonna paxta xom-ashѐsidan o‘rtacha 52,3 foiz ѐki 167,7 ming tonna chigit ishlab chiqariladi. Klaster korxonalari negizida chigitni qayta ishlash zavodlari mavjud bo‘lmasada, 2020-2022 yillar davomida 5 ta klaster korxonasi tomonidan jami 161 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega ѐg‘-moy korxonalari tashkil etiladi. Jumladan, — 2019 yilda — «WBM Romitex» MChJ (quvvati – 50 ming tonna); — 2020 yilda — «Parvoz Humo Ravnaq Trans» MChJ (45 ming tonna), «BCT Cluster Agrokompleks» MChJ (20 ming tonna), «Buxoro Zarxal Teks» MChJ (10 ming tonna); — 2022 yilda — «Buxoro agro klaster» MChJ (36 ming tonna).
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda viloyatda 226,5 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatga ega “Kogon ѐg‘” MChJ (quvvati 140 ming tonna) va “Yevrosnar” MChJ (quvvati 86,5 ming tonna) ѐg‘-moy korxonalari mavjud bo‘lib, klaster korxonalarining chigit mahsulotlari mazkur korxonalarda tegirmon usulida qayta ishlanayapti ѐki sotilayapti. Paxta tolasini qayta ishlash (yigiruv) bo‘yicha: Me’ѐrlarga ko‘ra, 320,6 ming tonna paxta xom-ashѐsidan 114,1 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. Viloyatdagi 8 ta paxta-to‘qimachilik klasteri va agroklaster korxonalarining 6 tasida 38,2 ming tonna ѐki o‘zlari ishlab chiqargan paxta tolasining 33,5 foizini yigirib, ip-kalava ishlab chiqarish quvvatlari mavjud.
Shuningdek, 2020-2022 yillarda klaster korxonalarining 4 tasida 59,4 ming tonna paxta tolasini yigirib, ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan. Jumladan, «WBM Romitex» MChJ korxonasida 22 ming tonna, «Bahor Chance Textile» MChJ da 3,6 ming tonna, «Buxoro Zarxal Teks» MChJ da 7 ming tonna va 2022 yilda «Buxoro agro klaster» MChJ negizida 26,8 ming tonna paxta tolasini yigirib, ip-kalava ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Klaster korxonalardagi mavjud 38,2 ming tonna quvvatdan tashqari Buxoro shahri, Olot, Buxoro va Peshku tumanlarida yana 6 ta korxona mavjud bo‘lib, ular tomonidan jami 21,8 ming tonna paxta tolasini yigirish quvvatlari mavjud (jami viloyat bo‘yicha mavjud quvvat 60 ming tonna ѐki ishlab chiqarilgan paxta tolasining 52,6 foizi qayta ishlanmoqda).
Ip-kalavani to‘qish (to‘quv) bo‘yicha:
Viloyat bo‘yicha paxta xom-ashѐsini qayta ishlashdan olingan 114,1 ming tonnna paxta tolasidan me’ѐr bo‘yicha 102,7 ming tonna (90 foiz) ip- kalava ishlab chiqariladi.
Klaster korxonalarining 2 tasida jami 4,1 ming tonna («Buxoro Zarxal Teks» MChJ — 2,1 ming tonna va «Merganteks» MChJ – 2 ming tonna) quvvatga ega ip-kalavani to‘qish hisobiga ip-gazlama ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, 2020-2022 yillar davomida yana 6 ta klasterda 43,1 ming tonna quvvvatga teng loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, — 2020 yilda — «Parvoz Humo Ravnaq Trans» MChJ — 6 ming tonna, «BCT Cluster Agrokompleks» MChJ – 9,5 ming tonna, «Qorako’l Kumush Kalava» MChJ – 1,6 ming tonna; — 2021 yilda — «WBM Romitex» MChJ – 12,8 ming tonna; «Buxoro Zarxal Teks» MChJ – 1 ming tonna, — 2022 yilda — «Merganteks» MChJ — 5 ming tonna; — 2023 yilda — «Buxoro agro klaster» MChJ – 7,2 ming tonna teng quvvatga ega loyihalar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |