Mikrobukilishlar. Mikrobukilish bu ishlab chiqarish jarayonida tola o‘zagi geometriyasining mikroskopik o‘zgarishi, ya’ni tolani mukammal emasligidir. Mikrobukilishlar ishlab chiqarish jarayonida tolani yetarli tekis bo‘lmagan tashqi ximoya qoplamalari bilan qoplanishi natijasida o‘zakni o‘qmarkazida joylashmasligi, o‘qqa nisbatan qiyshiqjoylashishidan yuzaga keladi. Mikrobukilishlar kabel yo‘qotishlarini oshiradi. Bu yo‘qotishlar juda katta bo‘lishi va ba’zi hollarda 100 dB/km dan ham oshishi mumkin. Mikrobukilishlar 4.3,b–rasmda ko‘rsatilgan.
Makrobukilishlar.Minimal ruxsat etilgan radiusdan oshgan katta bukilishlarga makrobukilishlar deyiladi. Bir modali tolalarni bukishni ruxsat etilgan minimal radiusi 10 sm ni tashkil etadi. Bunday bukilishda yorug‘lik impulslari kuchsiz buzilish bilan tarqaladi. Bukilish radiusini kamayishi, tolani ruxsat etilgandan ortiq bukish optik impulslarni tola qobig‘i orkali sochilish effektini oshiradi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan kabelni minimal bukish radiusi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Kabel (katushka) g‘altakka o‘ralganda, albatta g‘altak radiusi bo‘yicha bukiladi. Kabel binolarda yotkazilganda, uni bino burchaklarida bukish kerak bo‘ladi. Kabelni yotkazuvchi bukish radiusini minial ruxsat etilgan qiymatdan kamaytirmasligi, ortiqcha bukmasligi kerak. Tolali optik kabelni ruxsat etilgan chegaradan kuchli bukib, kabelni yaroqsiz qilishi, xattoki kabelda tolalarni uzilishiga olib kelishi mumkin.
Bu omillarni barchasi so‘nishni, yo‘qotishlarni oshiradi. So‘nish va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonida tola geometriyasining yuqori aniqbo‘lishiga katta e’tibor berish kerak. Buning uchun ishlab chiqarishda o‘zakni qobiqshishasida markazlashgan holda joylashishiga, ishlab chiqarilgan tolalarni diametrlarini bir xil bo‘lishiga, tolani shaxsiy bukilishlariga katta talablar qo‘yiladi.
a) b)
Ishlab chiqarilgan optik tolani mukammal emasligi, tola geometriyasining o‘zgarishlari tolalarni oson, tez va sifatli payvandlanmasligiga olib keladi. Payvandlashda, tolalarni ulashda yo‘qotishlarga olib olib keladigan sabablar quyidagilar:
tola o‘zagini o‘lchamlarini moslashmaganligi;
tolani sindirish ko‘rsatkichlarini farqlanishi;
tolalarni ulashda uzunasiga o‘qlarni chatishmasligi;
tolalarni burchak aperturalarini farqlanishi;
tolalarni zich ulamaslikdan havo puffakchalarini hosil bo‘lishi.
Optik tolaning to‘liq so‘nish koeffitsiyentini aniqlash uchun yuqorida aytib o‘tilgan barcha omillar hisobga olinishi kerak
Optik nurlanishni berilgan to‘lqin uzunligi uchun so‘nish koeffitsiyenti tolaga kiritiladigan optik quvvatni toladan qabul qilingan optik signal quvvatiga nisbati orqali aniqlanadi. Odatda so‘nish koeffitsiyenti detsibelda (dB) o‘lchanadi va optik tola parametrlariga, shuningdek to‘lqin uzunligiga ham bog‘liq. So‘nishni to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi nochiziqli xarakterga ega bo‘lib, bu bog‘lanish grafigi So‘nish koeffitsiyenti to‘lqin uzunligiga bog‘liqbo‘lib, turli to‘lqin uzunliklari uchun so‘nish qiymati
Birinchi shaffoflik oynasi 0,8-0,9 mkm to‘lqin uzunligi keng polosali yorug‘lik nurlanish manbalari va qisqa to‘lqinli lazerdan foydalanib, signallarni yaqin masofalarga uzatishda qo‘llaniladi.
Turli to‘lqin uzunliklari uchun so‘nish qiymatlari
Shaffoflik
Oynalari
|
To‘lqin uzunligi l, mkm
|
So‘nish a, dB/km
|
1
|
0,85
|
2-3
|
2
|
1,3
|
0,4–1,0
|
3
|
1,55
|
0,2–0,3
|
Ikkinchi shaffoflik oynasining 1,28-1,33 mkm to‘lqin uzunliklari telekommunikatsiyada ko‘p qo‘llaniladi. Bu oyna nisbatan kam so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lib, bu diapazonda signallarni uzatish uchun keng polosali optik nurlanish manbalari ishlatilinadi. Buning asosiy sababi ushbu diapazonda kvars shishasi minimal xromatik dispersiya qiymatiga ega bo‘lib, u arzon nurlanish manbalaridan foydalanish imkonini beradi.
Uchinchi oyna 1,525-1,575 mkm oralig‘ida bo‘lib, bu oynaning asosiy afzalligi so‘nish koeffitsiyentini minimalligi hisoblanadi. Biroqyuqori tezlikli tizimlarni oqimlarini uzatishda dispersiya qiymati oshib ketadi. Dispersiya qiymatini kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiya qiluvchi qurilmalarni qo‘llanilishi talab etiladi, bu esa tolali optik aloqa tizimlarini narxini oshiradi [7].
Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya bu yorug‘lik impulslari oxirlarini cho‘zilishi, ya’ni impulslarni kengayishidir. Impulslar kengayib, bir birini qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib bo‘lmay qoladi (3.16-rasm).
Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarni ish tezligini chegaralaydi. Dispersiya– impulslarni kengayishi, L uzunlikli kabelni kirish va chiqishidagi impulslar davomiyligini kvadratik farqi sifatida quyidagi formuladan aniqlanadi:
Odatda dispersiya bir kilometr hisobida me’yorlashtiriladi va ps/km da o‘lchanadi. Dispersiyani quyidagi turlari mavjud
.
Modalararo dispersiya tola bo‘ylab modalarni turli yo‘nalishlarda turli vaqtda tarqalishi bilan bog‘liq. Ko‘p modali tolaga sonli apertura burchagi chegarasida bir necha ruxsat etilgan modalar kiritilishi mumkin.
Ularni hammasi turli yo‘nalishlarda tarqaladi va uzatuvchi manbadan qabul qilgichga turli vaqtlarda yetib keladi.Natijada yuqori tartibli moda energiyasi quyi tartibli moda energiyasiga qaraganda kechikadi. Qabul qilingan impulslar yig‘indisida bir impulsni qo‘shni impuls intervaliga tushishidan qo‘shni impuls xato qabul qilinadi. Modalararo dispersiya ko‘p modali uzatish tizimlarining kamchiligi hisoblanadi. Bu turdagi dispersiya buzilishlarini bir modali tolalarni qo‘llash orqali bartaraf etish mumkin. Chunki undan faqat bitta asosiy moda uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |