- Mustahkamlash uchun testlar
- 1. Tenglamasi N2+H2=NH3 bo'lgan reaksiya boshlangandan 120 sekund vaqt o'tganda ammiakning konsentratsiyasi 0,38 mol/l bo'lgan, shundan keyin yana 3 minut o'tgandan keyin esa 0,84 mol/l ni tashkil etgan. Reaksiyaning o'rtacha tezligini (mol/(l•min)) hisoblang.
- A) 0,168 B)0,28 C)0,374 D)0,42
- 2. Hajmi 10 l bo`lgan idishda 6 g vodorod va 142 g xlor o`zaro reaksiyaga kirishdi. Reaksiya tezligi 0,5 mol/(l•min)ga teng bo`lsa, qancha vaqtdan (minut) so`ng idishdagi xlorning miqdori 35,5 g ni tashkil etadi?
- A) 0,15 B) 0,3 C) 18 D) 3
- 3. A+B=C reaksiyada moddalar konsentratsiyasi 2 marta kamayishi uchun ma’lum vaqt sarflanadi(sek), shu reaksiyada konsentratsiyasi 8 marta kamayishi uchun 2 marta kamayishi uchun ketgan vaqtdan 12 sekund ko’p vaqt sarflanadi. Konsentratsiyasi 10 marta kamayishi uchun qancha vaqt sarflanadi(sek)?
- A)24 B)0,48 C)0,4 D)28,8
- 4. A(g)+B(g)⇄AB2 reaksiyada A konsentratsiyasini 0,2 dan x mol/l gacha, B konsentratsiyasi ham 0,4 dan x mol/l gacha o’zgartirilganda reaksiya tezligi 16 marta ortganligi ma’lum bo’lsa, x ni aniqlang
- A)0,8 B)1,086 C)0,6 D)0,4
- 5. AxB(g)+Cx(g)=AxC(g)+B(q) ushbu sistemada bosim 1,5 marta oshirilsa, to’g’ri reaksiya tezligi 3,375 marta tezlashadi. Indeksdagi x ni toping.
- A)1 B)2 C)3 D)4
- 6. A+B ↔C+D sistemada boshlang`ich moddalar konsentratsyalari 0,4 M dan bo`lib, 20 0C da muvozanat qaror topishi uchun 7,5 sek vaqt sarflandi. Shu reaksiyaning 10 0C dagi tezligi 1,2 m/l*min bo`lsa, reaksiya uchun temperatura koeffitsentini toping? (Km=9)
- A) 2 B) 2,5 C) 3 D) 4
- 7. Tezligi 0,04 mol/l*sek bo’lgan reaksiya (SO2+NO2SO3+NO) 50 sek davom etdi va SO2 ning muvozanat konsentratsiyasi 2 mol/l ni tashkil qildi. Muvozanat doimiysi (Km) ning qiymati 0,8 ga teng bo’ldi. NO2 ning dastlabki miqdorini aniqlang. Reaktor hajmi 2 litr.
- A)4,5 B)6 C)3 D)2,25
- 8. X2(g) + 3Y2(g) =2XY3(g) reaksiya boshlanmasdan oldin 1,2 mol X2 va 4 mol Y2 bo’lgan. Sistema muvozanatga kelganda 0,8 mol XY3 olingan bo’lsa reaksiya unumini % da aniqlang.
- A) 50 B) 66,6 C) 75 D) 33,3
- 9. A+B=C+D sitsemada moddalarninig muvozanat holatdagi konsentrasiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 1, 4, 4, 4 ga teng. Sistemaga B moddadan 3 mol chiqarib yuborilgandan keyin A va D moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang reaksiya hajmi 1 l bo'lgan idishda olib borildi.
- A) 0,25; 4,75 B) 0,75; 4,25 C) 1/3; 14/3 D) 5/3 ; 10/3
- 10. 1 m/l dan olingan X va Y gazlari o’zaro ta’sirlashganda reaksiya unumi 80 % bo’ladi. Muvozanat konstantasini toping. X(g) + 2Y(g) = 2Z(g)
- A) 80/3 B) 2/27 C) 3/19 D) 1/16
Do'stlaringiz bilan baham: |