Kult (diniy ibodatni amalga oshirish) - diniy faoliyatning muhim turi hisoblanadi. Uning mazmuni - muvofiq diniy tasavvurlar, g’oyalar, aqidalar bilan belgilanadi. Diniy ong kultda diniy matnlar shaklida namoyon bo’ladi. Diniy matnlarga muqaddas yozuvlar, muqaddas xabarlar, psalma, qo’shiqlar va boshqalari kiradi. Masalan, islomda diniy ibodat vaqtida Qur’on suralaridan o’qiladi. Diniy ibodat davrida diniy matnlardan foydalanish dindolar ongida diniy obraz va lavhalarni gavdalantiradi. San’atda (masalan, teatr) badiiy matnlarni qanchalik aniq va moxirlik bilan obrazli gavdalantirilmasin harakatlarning shartliligi xarakteri yo’qolmaydi, ya’ni tomoshabin sahnada ijro etilayotgan xolatlarni aynan shunday bo’ladi deb qabul qilmaydi. Diniy ibodatda matnlarni drammalashtirish esa shu bayon etilayotgan xodisalarni sodir bo’lganligiga, qayta takrorlanishiga obrazlarning mavjudligiga ishonch bilan bog’liq.
Diniy tasavvur, obrazlar shaklida anglangan turli xil tashqi ob’ekt va kuchlar. Diniy ibodat faoliyat predmeti bo’lishi mumkin Diniy ibodat faoliyati sub’ekti nafaqat real predmetlar, balki uning ideallashtirilgan shakllari bilan ham ish ko’radi. Diniy faoliyatda ideallashtirilgan shakllar sifatida gipostozlashgan (yunon. hupostasis – mohiyat, substansiya. Biror nimaning faqat xossasi, munosabatigina bo’lgan narsani mustaqil yashovchi ob’ekt (substansiya) darajasiga ko’tarish) mavjudotlar atributlashgan xossa va munosabatlar obrazi ishtirok etadi. Aynan mana shu ideallashtirilgan shakllarda tashqi ob’ekt va kuchlar, ruhiy xodisalar ibodat predmetiga aylanadi. Turli din tiplari, turli diniy yo’nalish va konfessiyalarda moddiy buyum, hayvon, o’simlik, o’rmon, tog’, daryo, quyosh, oy va boshqalari ibodat predmetiga aylangan. Turli xil jarayon va xodisalar ibodat kulti va gipostazlashgan ruhiy mavjudotlar – rux, xudo, yagona xudo shaklida ifodalanishi mumkin. Diniy ibodat shakllariga diniy marosim, bayram, duo, tavba, ro’za, ziyorat va boshqalari kiradi.
Diniy ibodat sub’ekti diniy guruh yoki dindor individ bo’lishi mumkin. Bu faoliyatda ishtirok etish motivi – diniy e’tiqod, diniy tuyg’u, ehtiyoj, intilish bo’ladi. Diniy guruh bir turli bo’lmaydi: boshqarish vazifasini bajaruvchi kichik guruh – mullo, ravvin, kohin, ruhoniy hamda ijro etuvchi, qatnashchi bo’lgan katta guruh. Individual diniy ibodat yetarli bilim va tayyorgarlikga ega bo’lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ibodat faoliyati vositasiga ibodat binosi (masjid, cherkov, ibodatxona, sinagoga), diniy san’at (me’morchilik, tasviriy san’at, haykal, musiqa), turli ibodat buyumlari (xoch, sham, jezl) kiradi. Ibodat binosi muxim vosita hisoblanadi. Unga kirib inson boshqa hayotiy holatlardan farq qiladigan o’ziga xos ijtimoiy borliqga tushib qoladi. Diqqat diniy ahamiyat va mohiyatga ega buyum, harakat, obraz, ramz, belgi, diniy san’at asarlariga qaratiladi. Ibodat faoliyati usullari diniy e’tiqod mazmuni hamda ibodat vositalari orqali aniqlanadi. Diniy qarashlar asosida nimani qanday amalga oshirish kerakligi haqidagi ma’lum normalar shakllanadi. Ular kunlik diniy ibodatda amalga oshirilayotgan harakatlar (masalan, islomda kundalik namoz) ibodatini amalga oshirishdagi gavdani tutish va jismoniy hatti-harakatlar hamda murakkab harakatlar (qurbonlik keltirish, ommaviy marosim, bayramlardagi harakatlar) bo’lishi mumkin. Ibodat faoliyati natijasi diniy ehtiyojlarni qondirish, diniy ongni jonlantirish bo’ladi. Ibodat orqali e’tiqod qiluvchilar ongida diniy obraz, ramzlar qayta gavdalanadi hamda diniy hissiyotlar qo’zg’aladi. Ibodat dindorlarning ruhiy xolatini o’zgarishi omili bo’lishi mumkin. Masalan, tushkunlik xolatidan o’ziga ishonch holatiga o’tish. Ibodat jarayonida dindorlarni bir-biri bilan muloqoti amalga oshadi va bu diniy guruhni jipsligi uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |