5.Yahudiylik ta'limoti.
Tayanch so’z va atamalar: Din, dinning strukturasi, dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli berish (kompensatorlik), aloqa o'rnatish (kommunikativ), tabu (ta'qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik), Hinduiylik. Vedalar va upanishadlar, Konfutsiylik. Daosizm, Yahudiylik
Dinshunoslik fanining tadqiqot ob’ekti va predmeti. Dinshunoslik fanining ham o’z o’rganish ob’ekti, ya’ni predmeti mavjud. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o’rni, hurfikrlilik, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o’zaro munosabatlari kabi masalalarni o’rganuvchi ilmiy-falsafiy o’quv predmeti sanaladi.Dinshunoslik fani ilohiyotdan farqli ravishda, u din haqida faqat arxeologiya, etnografiya, tarix, demografiya, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga suyanib ish yuritadi va uni bayon etadi, tushuntiradi. Dinshunoslik – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosi, uning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, ularning tarixi va g’oyalari, ta’limotlari mohiyatini, marosimlari, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganuvchi, izohlovchi va o’rgatuvchi fandir.Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Yevropada alohida fan tarmog’i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari–Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerlardir. O’zbekistonda dinshunoslik XX asrning 30-yillarida shakllana boshlagan. Oldin esa faqat islomshunoslik bor edi, xolos.
Dinshunoslik fanini o’rganishning ahamiyati. Dinshunoslik fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to’g’ri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo’lib xizmat qilishi lozim. Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish Respublikada demokratik, huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Dinshunoslikni o’rganish g’oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
` -u dinga ob’ektiv, ya’ni xolisona, ilmiy, oqilona baho berishni o’rgatadi; uni ko’klarga ko’tarib, haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda yerga urmasdan baho berishni o’rgatadi;
-u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta’limotlarni rad etishni, uni buzib, sohtalashtirib baho berishlarning zararli ekanligini isbotlaydi;
-dinni hurfikrlilik, ya’ni u haqida erkin fikr yuritish, dinni fandan ustun qo’ymasdan, u bilan yonma-yon turadigan ta’limot deb hisoblab, dindagi real, dunyoviy qadriyatlarga ijobiy baho berib, ulardan foydalanish yo’llarini belgilab beradi;
-dindan, jumladan islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotgan fundamentalist, aqidaparast, ekstremistlarning asl qiyofasini, maqsadlarini ochib berib, ularga qarshi kurash yo’llari, usullarini o’rgatadi;
-talabalarda falsafiy, ilmiy, hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi;
-mustaqillik yillari diniy, jumladan islomiy qadriyatlarning real imkoniyatlari yaratilib, din va uning qadriyatlari xalqimiz turmush tarzi va ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib borayotganligini asoslab beradi;
-xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda olijanob g’oya va niyatlar yo’lida diniy bag’rikenglik asosida hamkor va hamjihat bo’lib yashab kelganligi va kelayotganligi, uning hayot taqozosi ekanligini ko’rsatib beradi va boshqalar.
-talabalarda din haqida xolis, to’g’ri dunyoqarashni shakllantirish, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o’z shaxsiy fikrlariga ega bo’lishlarini ta’minlash;
-talabalarda fuqarolarning xatti-harakatlari vijdon erkinligi to’g’risidagi Qonunga mos yoki zid ekanligini aniqlash imkoniyatini shakllantirish;
-Mustaqil O’zbekistonda din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligini talabalarga tushuntirish;
-din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri ekanligi, uni siyosiylashtirish Qonunga zid ekanligini uqtirish.
Qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish talab etiladi:
-ta’lim berish jarayonida fanga chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik bilan yondashish;
-talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, ularning diniy his-tuyg’ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish;
-dinni qo’pol, ateistik ruhda tanqid qilish yoxud turli diniy g’oyalarni ko’r-ko’rona targ’ib etish, bir din vakillarida boshqa din vakillariga nisbatan dushmanlik hissini uyg’otish Qonunga zid ekanligini nazarda tutish;
Dinshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy bog’liq holda shakllangan, rivojlangan va hozirda ham shu jarayon davom etmoqda. O’zbekiston Rossiya imperiyasi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Ular dinshunoslikni sotsiologiya, psixologiya, filosofiya, antropologiya, filologiya, tarix fanlari bilan bog’liq holda o’rganishlari kerak. Zero, dinshunoslik fani mazkur fanlar bilan hamkorlik qilib tutashgan yerida uning turli sohalari vujudga kelgan. Qadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan.
Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. SHuning uchun ham dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir. Muayyan jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sotsiologiyasi fani barq urib rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |