Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funktsiyalari. Urug'-qabila va milliy dinlar. Reja



Download 52,42 Kb.
bet6/21
Sana06.01.2022
Hajmi52,42 Kb.
#322105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
dinshunoslik faniga kirish. dinning

Diniy munosabatlar.  Faoliyatning turli shakllariga muvofiq – diniy va diniy bo’lmagan munosabatlar shakllanadi. Iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy va boshqa faoliyatni bajarishda diniy individ, guruh institutlar ma’lum bir aloqada bo’lishadi. Bu turdagi aloqalarga sub’ektiv tarzda diniy mohiyat berish mumkin, biroq u ob’ektiv mazmuniga ko’ra diniy bo’lmagan munosabatlardir.Diniy munosabatlar jamiyat ma’naviy soxasidagi o’ziga xos munosabatlar turidir. Ular diniy ongga muvofiq shakllanadi, diniy faoliyat vositasida amalga oshadi va uni tashuvchisi individ, guruh, institut, tashkilotlar bo’lishi mumkin. Diniy munosabatlar sub’ektiv maqsadga ega. U kishilarni gipostazlashgan mavjudot va atributlashgan xususiyat va aloqalarga hamda bir-biriga bo’lgan ma’lum munosabatini nazarda tutadi. Birinchi munosabat ong doirasida amal qiladi, biroq zaruriyatda kishilar o’rtasidagi munosabatda ham amalga oshadi. Masalan, din vakillari bilan dinga e’tiqod qilmaydiganlar o’rtasidagi munosabatda. Dindorlar o’rtasidagi munosabat yuqorida ko’rsatilgan, mavjudot, xususiyat, aloqalar bilan bog’liqligda bo’lsada, o’zaro munosabatni ifodalaydi. SHunga asosan gipostozlashgan mavjudotlarning bir-biri va odamlar bilan munosabati, odamlarning ular bilan va o’zaro munosabati farqlanadi. Bu qo’yidagicha ifodalanadi: Hukmronlik – bo’ysunish (“Xudo va xudo bandasi”), davlat – huquqiy tuzilmalar (papa-monarx), huquqiy aloqalar (xudo- “sudya”, gunoxkorlar – “sudlanuvchi”, “qiyomat kuni”), oilaviy munosabatlar (“xudo-ota”, “xudo-o’g’il”, “aka”, “singil”). Barcha diniy munosabatlarga axloqiy ahamiyat kasb etish muhim ahamiyatga ega.

Diniy munosabatlarning ko’pgina ramziy vositachilari va ularni belgilash usullari mavjud. Vositachi sifatida ishtirok etishi mumkin:

1)            Tirik va notirik tabiat predmetlari – ikona, xoch, qora tosh, sigir, kaptar va boshqalar: bunda diniy munosabatlar predmet buyum shaklini oladi;

2)            Individ va shaxslar guruhi – diniy tashkilot boshlig’i, ibodatni boshqaruvchi, jamoa yetakchisi va boshqalar;

3)            Xudo obrazi, rux, jon, Muhammad, Iso, Budda, badxisattva, avliyolar va boshqalar: bu vositachilikning ideallashgan obrazli shakli;

4)            Til – kim bilan qanday muloqot qilishni ko’rsatuvchi alohida so’z va gaplar.

Demak, predmetlar, buyumlar, obrazlar, so’zlar diniy ahamiyat va mohiyat berilgan belgilardir.

Diniy munosabatlar ibodat bilan bog’liq va ibodat doirasidan tashqaridagi munosabatlarga farqlanadi. Ibodat bilan bog’liq bo’lmagan munosabat ibodatdan tashqari faoliyatda amal qiladi. Diniy tashkilotlardagi aloqalar koordinatsiya (“gorizontal” o’zaro ta’sir) va subordinatsiya (“vertikal” bo’ysunish) shaklida amalga oshadi. Ibodat bilan bog’liq munosabat ibodat faoliyati jarayonida shakllanadi. U o’z diqqatini gipostazlashgan mavjudotlar, atributlashgan xususiyat va aloqalarga qaratadi. Ong doirasida amal qiluvchi bu munosabatlar kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda ham uchraydi. Diniy munosabatda diniy ibodat va marosim rahbari muhim rol o’ynaydi hamda u oddiy dindorlar bilan o’ziga xos munosabatda bo’ladi. Bu munosabat oddiy dindorlarning o’zaro munosabatidan o’zining darajasi bilan yuqori turadi.Diniy munosabatni tashuvchilari, dinning ta’siridan qat’iy nazar etnos, oila, tabaqa, professional guruh, davlat o’z fuqarolari bilan barcha bo’lishi mumkin. Diniy munosabatlarni saqlash va uzatishda diniy belgiga ko’ra ajralib turuvchi guruhlar-braxmanizmdagi varnalar, qadimgi Misrdagi qohinlar, o’rta asrlardagi ruhoniylar tabaqasi ayniqsa katta rol o’ynagan. Maxsus diniy jamoa, uyushma, institutlarni shakllanishi bilan diniy munosabatlarni tashish ular qo’liga o’tadi. Diniy munosabatlar turli – birodarlik, bag’rikenglik, betaraflik, raqobat, ziddiyat, kurash hamda ko’p hollarda fanatizmga xarakteriga ega. Dinlar o’rtasidagi munosabatlarda ziddiyatlar o’z uyushmasi, konfessiyasi, yo’nalishini, boshqa dinlardan ustun qo’yish asosida kelib chiqadi.




Download 52,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish