1-MA'RUZA: Logistika tizimida zahiralarni boshqarish
1-reja. Moddiy vositalar zaxiralari tushunchalari
Moddiy vositalar zaxiralari tushunchasi logistikadagi muammolardan hisoblanadi, tabiatdan olingan xomashyo tayyor buyum sifatida oxirgi iste’molchiga qadar yetib borguncha u ko’chiriladi, boshqa moddiy vositalar bilan birlashadi, hamda ishlab chiqarish yuzasidan ishlanadi.
Moddiy vositalarni o’tkazish yo’llarining zanjirlari bo’yicha harakatlanib, xomashyo (keyinchalik yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot) ma’lum davrlarda ushlab qolinib u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistik jarayonlarga kirish uchun navbati bilan saqlab turiladi.
Umum tarzdagi ifodalanish quyidagilardan iborat: moddiy vositalar zaxiralari – bu ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichlaridagi ishlab chiqarish texnika sohasidagi mahsulotlar, xalq iste’moli buyumlari va boshqa tovarlar bo’lib, shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’moli bo’yicha jarayonlarga kirishi uchun turgan navbatdagi mahsulotlardir.
Agar ishtirokchilar zanjirini boshlang’ich xomashyoni xalq iste’moli buyumiga aylantirish ta’minlanib va bu buyumlarning siljishiga erishilsa, u holda jarayon yagona mexaniq konveyer singari ishlab, kutish davri amalda nolga teng bo’lardi. Biroq haqiqiy hayotda bunday bo’lmaydi.
Zaxiralarni barpo etish hamma vaqt xarajatlar bilan bog’liq.
Zaxiralarni barpo etish va ularni saqlab turish bilan bog’liq bo’lgan asosiy xarajatlarni sanab o’taylik:
-to’xtatilgan moliya vositalari;
-maxsus uskunalar bilan jihozlangan binolarni saqlab turish uchun xarajatlari;
-maxsus xodimlarning mehnatiga to’lanadigan ish haqi;
-doimiy ravishda isrofgarchilik, o’g’irlanish yuzasidan bo’ladigan xavf-xatarlar.
Zaxiralarning mavjudligi bu xarajatlardir. Shu bilan birgalikda zaxiralarning bo’lmasligi ham xarajatlar bo’lib, turli xilda ifodalanadigan zararlardir. Zaxiralarning bo’lmasligi bilan bog’liq bo’lgan asosiy zararlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ishlab chiqarishning to’xtaganligi sababli bo’ladigan zararlar;
-talab qilingan paytda tovarning omborda bo’lmasligi sababli vujudga keladigan zararlar;
-kichik to’plamdagi tovarlarning ancha yuqori qiymatda sotib olish yuzasidan vujudga kelgan zararlar.
Zaxiralarni sanab turish ma’lum darajadagi xarajatlar bilan bog’liq bo’lganligiga qaramasdan, tadbirkorlar ularni barpo etishga majburdirlar, chunki zaxiralarning bo’lmasligi foydaning ko’proq qismini yo’qotishga olib keladi.
1-MA'RUZA: Logistika tizimida zahiralarni boshqarish
2-reja: Moddiy zaxiralarni barpo etishning zaruriyati
Moddiy vositalar zaxiralarini barpo etish bilan tadbirkorlar rahbarlikka asoslanadigan asosiy moyilliklarni sanab o’taylik.
Talabning o’zgarib turish imkoniyatlari (chiqariladigan moddiy oqim jadallashuvining kutmagan holda kamayishi). Tovarlarga bo’lgan talablar hamma vaqt o’zgarib turadi, hamda ularni oldindan bilish imkoniyatlari bo’lavermaydi.
Shu boisdan, yetarli ravishdagi kafolatli zaxiralarga ega bo’linmasa, to’lash qobiliyatiga ega bo’lingan talablar qondirilmaydi, ya’ni tadbirkor peshtaxtalarda tovarsiz qolishiga hamda mijozning xarid qilmasdan jo’natib yuborishga majbur bo’lib qoladi.
Ayrim tovar turlariga bo’lgan talablarning mavsumiy o’zgarib turishi. Asosan bular qishloq xo’jalik mahsulotlariga taaluqlidir.
Talablarni joylashtirish va yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni kamaytirish.
Har bir yangi talabdagi tovarni rasshotlashtirish va yetkazib berish jarayonlari qator chiqimlar bilan bog’liqdir:
-ma’muriy xususiyatdagi chiqimlar tovar yetkazib beruvchilarni topish bilan bog’liq bo’lib, ular bilan muzokaralar olib borish, safar xarajatlari, shaxarlararo aloqa xarajatlar va h.k. tashkil qiladi;
-talablarni tranport orqali tapshsh xarajatlari;
Bu xarajatlarni kamaytirish uchun talablar miqdoriga pasaytiriladi, hamda u talab qilinadigan hajmning ko’payish bilan bog’liq bo’lib, binobarin, zaxiralar miqdorining ortishiga olib keladi.
Belgilangan yetkazib berish jadvalining buzilish ehtimoli (moddiy vositalar oqimining kiritilish jadalligining kutilmagan hollardagi kamayishi). Bunday hollarda zaxiralar shuning uchun zarurki, bunda savdo jarayonlari to’xtatiladi, bunda savdo korxonaning foydasi shakllanadigan tovarlar uchun o’ta muhimdir.
Ishlab chiqarishning uzluksiz davri bo’yicha jarayonlarda ish olib boradigan ishlab chiqarishda ko’zda tutilmagan holatda to’xtab qolishlar ancha xavflidir.
Buyumlar birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini kamaytirishda buyumlarni ularga talablarning ortishiga qarab kichik to’plamlar bilan chiqarish mumkin. U holda zaxiralar unchalik ko’p bo’lmaydi, biroq doimiy ravishdagi ishlab chiqarishning qayta moslashtirilish buyumlarning tannarxiga vazminlik tug’diradi. Boshqacha usullardan biri-bu ko’p miqdordagi tovar to’plamini chiqarib tayyor mahsulotni zaxirada saqlab turishdir. Bunday hollarda ishlab chiqarishga buyumlarni qo’yish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ko’p miqdordagi buyumlarning soniga taqsim qilinadi, bunda zaxiralarning ko’payishiga qaramasdan uning birligining tannarxi pasayishi mumkin.
Taqsimot tizimida zaxiralarning mavjudligi sotish jarayonlarini bir tekis amalga oshirgan bilan ishlab chiqarishdagi vaziyatga qaramaydi.
O’z navbatida, ishlab chiqarish zaxiralarining mavjudligi xom ashyolarni yetkazib berishdagi notekisliklarga barham berib, ishlab chiqarish jarayonlarini bir xilligini ta’minlaydi.