Dinlari tarixi



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/137
Sana07.07.2021
Hajmi2,32 Mb.
#111200
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Abu Ali ibn Sino — «Islom  olamining eng mashhur 
faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng 
buyuk mutafakkirlaridan biri» degan unvonga sazovor 
bo‘lgan. U ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshla-
gan. Umri davomida 450 dan ortiq asar yaratgan. Ibn Si-
noning tibbiyot va falsafa, mantiq, kimyo, fizika, astro-
nomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik 
sohalariga bag‘ishlangan asarlari dunyo olimlari tomo-
nidan e’tirof etilgan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, 
Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning 
asarlarini o‘qib hayratga tushganlar.
Abu Ali ibn Si­
noning XV asrda 
Yevropada chop 
etilgan «Tib qo­
nunlari» kitobi
IJODIY FAOLIYAT
1.  2014-yil 15–16 may kunlari Samarqand shahrida qanday xalqaro anju-
man bo‘lib o‘tdi? Anjumanning maqsadi nimalardan iborat edi? 
2.  Yurtimiz allomalarining dunyo ilm-fani ravnaqiga qo‘shgan hissalari 
haqida fikr bildiring. O‘sha davrda dunyoning boshqa mamlakatlaridagi 
ilm-fanga munosabat masalasiga ham e’tibor bering.


87
Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» deb atalgan bebaho fundamental asa-
ri hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu kitob Yevropada XV 
asrda chop etilgan tibbiyot sohasidagi dastlabki kitoblardan biridir. Qariyb 500 
yil davomida Yevropaning yetakchi universitetlarida tibbiyot ilmi ayni shu asar 
asosida o‘qitib kelingan. 
Islom ilm olish har bir erkag-u ayolga farz, deb ta’lim beradi. Har bir mu-
sulmon erkak va ayolni ilm olishga undaydi. Ilm olish va olimlarning fazilatla-
ri borasida ko‘plab hadislar keltirilgan. 
IJODIY FAOLIYAT
1.  Quyidagi xalq maqolini o‘qing va yurtimiz mutafakkirlarining turli 
sohalardagi ilmlarni egallashi uchun qancha mashaqqat chekkanlarini 
aytib bering.
«Ilm bilan shug‘ullanish — igna bilan quduq qazish bilan barobar». 
2.  Siz o‘z oldingizga ilm va hunarning qaysi sohalarini egallashni maq-
sad qilib qo‘ygansiz? Maqsadingizga erishish uchun qanday harakat 
qilmoq dasiz?
3.  Berilgan rasm asosida Sharq uyg‘onish davri haqida hikoya qiling.
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining qo‘lyozmalari 
Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Ros-
siya, Fransiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko‘plab mamlakat-
laridagi kutubxonalarning «oltin fond»ini tashkil etadi.
Ozad Xabibullin,  
«Sharq allomalari».


88
Yurtimiz allomalari diniy bilimlar bo‘yicha ham yetuk 
darajaga erishganlar. Masalan, Ibn Sino, Mahmud Za-
maxshariy, Forobiy, Beruniylar Qur’on, hadis, islom ta-
rixi va huquqshunosligi bo‘yicha ham asarlar yozganlar.
Musulmon olamidagi dastlabki o‘quv dargohla-
ri — madrasalar VIII asrning oxirlarida o‘sha davr-
dagi ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro, 
Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, Shosh (Toshkent), 
Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko‘rsata 
boshlagan.
Bunday ilm dargohlari o‘zining natijasini ko‘rsatib, 
yurtimizdan buyuk mufassirlar va muhaddislar yetishib 
chiqdilar. 
O‘lkamizdan chiqqan dastlabki muhaddislardan 
biri mashhur olim Abdulloh ibn Muborak Marvaziy­

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish