Abu Nasr ibn Iroq — «Ikkinchi Ptolomey» deb nom
olgan buyuk alloma. Ibn Iroq fazoviy trigonometriya-
ning asoschisidir. U matematika va astronomiya sohasi-
dagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan.
Abu Rayhon Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishla-
ridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan. Beruniy dunyo
ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va
yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga
xos yangi g‘oyalarni taklif etdi. Yer radiusini hisoblab
chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi.
Minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lishi nazariyasi-
ni ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |