43
sihat, afsona, hikmatli so‘z, dostonlar shaklida bayon
etilgan. Shuningdek, ushbu bo‘limda Budda jamoa-
si («sangxa»)ning tuzilishi va uning shogirdlariga oid
ma’lumotlar ham keltiriladi.
Uchinchi bo‘lim – «Abxidxarma-pitaka» (sanskrit-
cha – «Diniy-falsafiy masalalar kitobi»)da diniy ta’li-
motning
asosiy qoidalari ifodalanib, buddaviylik ama-
liyotining falsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan.
Matn yozilish uslubi va tili murakkabligi uchun budda-
viy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta’lim olish yo‘li
bilan o‘zlashtirganlar.
«Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish,
tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarish-
lar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘li-
shiga zamin yaratgan.
«Tripitaka»ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan
bo‘lsa ham, vaqt o‘tib asl matnlar yo‘qolib ketgani
uchun
faqat tibet, xitoy va yapon tillariga tarjima qi-
lingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan «veda»
(sanskritcha – muqaddas bilim) va brahmanlik falsa-
fiy qarashlaridan xoli bo‘lgan buddaviylik manbalari,
o‘zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy xalqqa
tushunarli bo‘lgan. Masalan, «mahayana» aynan shu xu-
susiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubi-Sharqiy
Osiyoga yoyilishini ta’minlay olgan.
Milodning birinchi
asridan boshlab buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya
Shri-Lanka, Birma, Tayland, Vetnam, Kambodja, Laos
sarhadlarigacha yetib borgan.
«Nirvana» san skrit cha — «so‘lish», «o‘chish»,
«rupaloka» san skritcha — «jannat»,
«kamaloka» san skritcha — «do‘zax», «eng quyi olam»dir.
«Tripitaka» sanskritcha — «Uch savat donolik» demakdir.
Budda bilim
orqali azob
uqubatlardan
qutulish
mumkinligini
uqtirgan.
Buddaviy
donishmandlar
fikricha, har bir
inson juda ko‘p
ezgu va yaxshi
ishlar qilish
orqali Buddaga
aylanishi
mumkin.
Buddaviylik
dinining ramzi
«Dharmachakra».
U «Qonun
g‘ildiragi» deb
ham nomlanadi.
44
Buddaning 84 mingta nasihati 108
jilddan iborat
«Kangyur»da, uning talqin va tafsiri 225 jilddan iborat
«Tengyur» kitoblarida aks etgan. Shuningdek, Budda-
ning hayotiga bag‘ishlangan
va milodning II asrida yo-
zilgan «Maxavosu», milodning II–III asrlarida yozilgan
«Lalitavistara» («Buddaning hayoti»), buddaviy faylasuf
Ashvagxosha tomonidan milodning I–II asrlarida yaratil-
gan «Buddxacharita», milodning I asrida yozilgan «Ab-
nixishkramansutra» va «Nidanakatxa», «Dhammapada»
(«Dharma yo‘li», «Buddaning fikr-g‘oyalari») kabi asar-
lar buddaviylikning muhim manbalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: