XRISTIANLIK TA’LIMOTI
11–12-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Xristianlik dinining dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing.
2. Xristianlik dastlab qaysi hududlarda tarqalgan?
3. Uning jahon diniga aylanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni aniqlang.
4. Xristianlikda dastlabki bo‘linish qachon sodir bo‘lgan, uning tarixiy
sabablari nimada edi?
MUQADDAS MANBALARI VA MAROSIMLARI
Xristianlikning muqaddas manbayi «Qadimgi Ahd»
va «Yangi Ahd» deb nomlanuvchi ikki bo‘limdan tarkib
topgan «Bibliya» (yunoncha — «kitoblar») hisoblanadi.
«Qadimgi Ahd» «Tavrot», «Zabur» va boshqa bir ne-
cha kitob va madhiyalarni o‘z ichiga olib, umumiy hi-
sobda 39 kitob, ya’ni bo‘limdan iborat.
«Bibliya»da qayd etilishicha, Iso Masih o‘z da’vat-
larida xalqni yaqinlashib kelayotgan oxirzamondan
ogohlantirish uchun Xudo tomonidan yuborilganini
ta’kidlaydi. Gunohlardan tiyilib, tavba qilish va to‘g‘ri
yo‘lga kirishga chaqiradi. U turli mo’jizalar ko‘rsatib,
odamlarni davolaydi.
Milodning IV asridan boshlab xristianlik cherkovi
oliy tabaqa ruhoniylarni vaqti-vaqti bilan Butun Jahon
Milodiy 313-yilda imperator Konstantin yepiskoplarga Isoning
o‘gitlarini to‘plash va kitob holiga keltirishni buyurdi. Kitob holi-
dagi xristianlik tarixi yoritilgan «Yangi Ahd» Konstantin vafotidan
so‘ng Karfagen yig‘inida tasdiqlandi.
«Bibliya»
56
Soborlariga yig‘ib turadi. Bunday yig‘ilishlarda diniy
ta’limot tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xristian-
likdagi qonunchilik me’yorlari va ibodatlarni olib borish
qoidalari shakllandi, bid’atga qarshi kurashish usullari
belgilandi.
Xristianlik ta’limotiga binoan qator marosimlarda
Muqaddas Ruh ishtirok etadi va aynan shu sababli ular
sirli deb ataladi. Bunday marosimlarga cho‘qintirish
(xristianlik diniga kiritish), yevxaristiya (non va vino ta-
maddi qilish), ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish,
miro surtish, yeley moyi surtish, nikoh kiradi.
Ilk Butun Jahon Sobori 325yil Nikeya
shahrida o‘tkazilib, unda e’tiqod timsoli deb
nomlangan xristianlik ta’limoti asosini tashkil
etuvchi bosh aqidalar majmuasi qabul qilingan.
Muqaddas kitob Muqaddas rivoyatlar (Papalar
maktublari va xristian soborlarining qarorlari)
bilan to‘ldirilgan.
G‘arbiy Rimning
qulashi
TARIXGA NAZAR
G‘arbiy Rim Imperiyasi qulagach (476-yilda), Rimdagi dunyoviy hokimi-
yat cherkovning qo‘liga o‘tdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Rim yepiskopi
Rim Papasi unvonini oldi.
Imperiyaning sharqiy qismi Vizantiyada esa kuchli imperator hokimiya-
tining saqlanib qolganligi sababli cherkov imperatorga bo‘ysundirildi. Na-
tijada Rim cherkovi Konstantinopol cherkovini o‘ziga bo‘ysundira olmadi.
Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim
Papasi va Konstantinopol patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun
olib borgan raqobati oqibatida yuz berdi.
57
Turlicha xato
qilish mumkin,
ammo to‘g‘ri
yo‘l esa bitta.
Shu sababli ham
to‘g‘ri yo‘ldan
ko‘ra xato qilish
oson; mo‘ljalga
tegishdan
ko‘ra tegmaslik
o‘ng‘ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |