46
dolarga yetish yo‘llari barcha uchun mumkin
bo‘lgani sababli «mahayana» yo‘nalishi «katta
arava» nomini olgan.
Dzen buddizm V–VI asrlarda Xitoyda paydo
bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi
maktab lardan
biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bo-
dxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha – medi-
tatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qi-
lish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki,
unda nazariyadan ko‘ra
amaliyotga, diniy o‘git va
qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qi-
lishga alohida e’tibor berilgan.
Dzen buddistlar jismoniy mehnat qilish, san’at turi
bilan shug‘ullanishga katta ahamiyat beradilar. Dzen
buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan
chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida e’ti-
bor beriladi.
Hozir dunyo bo‘yicha dzen buddistlar 10 milliondan
ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Yapo-
niyada
dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy
markazga aylanib, yoshlar tafakkuri,
turmush tarzi, fao-
liyatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, dzen san’ati
Xitoy va Yaponiya madaniyati an’analaridan biriga ay-
langan.
Lamaizm (tibetcha — eng ulug‘) VII–XIV asrlarda
Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan.
«Kang‘yur» va «Teng‘yur»da bayon qilingan barcha
qonun-qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini
tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson faqat la-
malar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi,
ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha ol-
maydi.
Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda ado-
lat o‘rnatishiga ishonch lamaizm ta’limotida muhim
Budda rohiblar
bilan.
Fayoztepa.
Mil. I — II asrlar.
Kamchilik va
nuqsonlaringni
ko‘rsatib,
seni koyigan
donishmandning
etagidan
mahkam tut.
Zero, u zot
xazinaga
eltayotgan
yo‘lboshchiga
o‘xshaydi va
sen sira kam
bo‘lmaysan.
Budda
47
o‘rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi
vakili hisoblangan
lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunish,
ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o‘tkazish, muqad-
das kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks
ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam
o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, be-
korchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish la-
maizmda ham og‘ir gunoh sanaladi.
«Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblana-
di. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari
mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning Buryatiya,
Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.
Neobuddizm XX asrning 40–50-yillaridan boshlab
keng tarqala boshlagan oqim bo‘lib, Birma, Tayland,
Laos, Vetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik
va milliy
uyg‘onish harakati bilan bog‘liqdir. Uning asosida yangi
zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g‘oya-
larni targ‘ib qilish kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning
ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e’tirof etilib, bud-
daviylik g‘oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi
usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol
qatnashgan neobuddizm oqimi
diniy-islohotchilik hara-
kati kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: