Momentli, davriy va hosilaviy dinamika qatorlari
Ko‘rsatkichlar
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
1. Paxtachilik tarmog‘idagi kishilar soni (yil boshiga, kishi)
|
790
|
800
|
806
|
812
|
818
|
2. O‘rtacha ishchilar soni, kishi
|
800
|
802
|
804
|
810
|
820
|
3. Paxta yalpi hosili, t
|
2800
|
2900
|
2750
|
3020
|
3350
|
4. 1 ishchi hisobiga yetishtirilgan paxta, s
|
35
|
36
|
34
|
37
|
41
|
Jadval ma’lumotlari asosida dinamika qatorlarining turlarini quyidagicha tavsiflash mumkin: birinchi qatorda yil boshiga berilgan ishchilar soni – momentli bo‘lib, uchinchi qatordagi paxta yalpi hosili ko‘rsatkichlari – davriy qatorlar bo‘lib, ikkinchi qatordagi o‘rtacha ishchilar soni bilan to‘rtinchi qatordagi bir ishchi hisobiga yetishtirilgan paxta miqdorlari ko‘rsatkichlari hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, birinchi qator – momentli, uchinchi qator – davriy, ikkinchi va to‘rtinchi qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi.
Dinamika qatorlari bir-biridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Momentli dinamika qatorlarida har bir darajada o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisaning aniq sana, momentga bo‘lgan holatini, miqdorini ifodalaydi, davriy dinamika qatorlarida har bir daraja ma’lum davr ichidagi (yil, oy va hokazo davrlar ichidagi) ijtimoiy hodisalar miqdorini, hajmini ifodalaydi.
Momentli dinamika qatorlaridagi darajalarini qo‘shish orqali olinadigan natija iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmaydi, davriy qatorlardagi darajalarni qo‘shish orqali olinadigan natija esa real iqtisodiy mazmunga ega bo‘ladi. Aytaylik, sigirlar soni va sigirlardan olinadigan yalpi sut misolida ko‘rib chiqaylik. Sigirlar soni qator sanalarda berilgan bo‘lsa, momentli dinamika qatorlarida misol bo‘ladi. Masalan, shirkat xo‘jaligidagi sigirlar soni 1-yanvarga – 300 boshni, 1-aprelga – 298 boshni, 1-iyulga – 301 boshni tashkil qilib, ulardan 1 kvartalda – 150 s, 2 kvartalda – 155 s sut sog‘ib olingan. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, 1-yanvar, 1-aprel va 1-iyulga berilgan sigirlar sonini qo‘shib aniqlasak, 898 boshga teng bo‘lgan mutlaq miqdor kelib chiqadi. Ammo bu miqdor nimani bildiradi, jami soninimi yoki boshqa biron iqtisodiy ko‘rsatkichnimi? Buni sigirlarning jami bosh soni deb aytish mumkin emas, chunki mavjud bo‘lgan sigshirlarning jami soni hammasi bo‘lib, 1-iyulga 301 boshni tashkil qiladi, boshqa sigirlar yqo‘. Demak, bu raqam hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas. Haqiqatda momentli qatorlardagi har bir keyingi daraja o‘zidan oldingi darajani to‘la yoki qisman miqdorini (sonini, hajmini) o‘z ichiga oladi. Ularni qo‘shib hisoblansa, u holda takroriy qayta hisoblashga yo‘l qo‘ygan bo‘lar edik. Bizning misolda, haqiqatda 1-aprelda bo‘lgan sigirlar soni 1-yanvarda bo‘lgan sigirlar sonini, 1 iyulga bo‘lgan sigirlar soni 1 aprelga bo‘lgan sigirlar sonini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ularni qo‘shib hisoblab, yakuniy xulosa qilish mumkin emas. Sigirlardan 1-kvartalda sog‘ib olingan yalpi sut bilan 2 kvartalda sog‘ib olingan yalpi sut miqdori qo‘shib aniqlansa, yarim yilda ishlab chiqarilgan sut miqdori kelib chiqadi, ya’ni 305 s kelib chiqadi. Bu real iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan statistik ko‘rsatkichdir.
Momentli va davriy qatorlarida o‘rtacha darajalar turli xil usulda aniqlanadi. Bularni aniqlash usullari 4-bo‘limda to‘liq keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |