Xo‘jalikda 2007-2009-yillarda oylar bo‘yicha olingan tuxum ko‘rsatkichlari
Oylar
|
Oylar bo‘yicha olingan tuxum (ming dona)
|
Mavsumiylik indeksi,%
|
2007-yil
|
2008-yil
|
2009-yil
|
O‘rtacha
|
1
|
11,0
|
10,5
|
12,6
|
11,4
|
59,5
|
2
|
16,0
|
16,9
|
15,2
|
16,0
|
83,6
|
3
|
18,1
|
15,6
|
16,4
|
16,7
|
87,2
|
4
|
20,2
|
23,5
|
17,3
|
20,3
|
106,0
|
5
|
22,0
|
25,4
|
30,9
|
26,1
|
136,3
|
6
|
26,9
|
29,3
|
26,4
|
27,5
|
143,6
|
7
|
30,0
|
26,2
|
24,3
|
26,8
|
139,9
|
8
|
22,0
|
24,0
|
24,6
|
23,5
|
122,7
|
9
|
22,9
|
21,3
|
19,4
|
21,2
|
110,7
|
10
|
15,6
|
15,8
|
16,9
|
16,1
|
84,1
|
11
|
9,8
|
8,9
|
12,7
|
10,5
|
54,8
|
12
|
12,6
|
13,4
|
15,0
|
13,7
|
71,5
|
Jami
|
227,1
|
230,8
|
231,7
|
229,8
|
–
|
O‘rtacha
|
18,3
|
19,23
|
19,31
|
19,15
|
100,0
|
Jadval ma’lumotlariga asoslanib, shunday xulosa qilish mumkin: birinchidan, xo‘jalikda tuxum yetishtirish keskin mavsumiylik bilan tavsiflanadi: oylar bo‘yicha tuxum yetishtirish o‘rtachaga nisbatan u yoki bu tomonga 28,6 dan 43,6 foizgacha farq qiladi. Ikkinchidan, eng kam tuxum olish davri noyabr, eng ko‘p tuxum olish davri iyun oyi bilan tavsiflanadi.
Interpolatsiya deganda dinamika qatorlari orasidagi qandaydir davrning noma’lum darajasini ifodalovchi miqdor tushuniladi. Noma’lum daraja dinamika qatorlar qanday tuzilganiga qarab, quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:
Noma’lum darajaning yuqori va pastgi yoki o‘ng va chap tomonidagi raqamlar ma’lum bo‘lsa, ularni qo‘shib o‘rtachasini hisoblash bilan;
Qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha mutlaq o‘zgarish ko‘rsatkichlari asosida;
Qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’atlari koeffitsiyentlari asosida.
Ekstropolatsiya deganda dinamika qatorlarining kelajak davr darajalarini aniqlash (prognoz qilish) usuli tushuniladi.
Agar dinamika qatorlarida mutlaq o‘sishlar doimiy va bir xil darajada bo‘lsa, unda o‘rtacha arifmetik usulda o‘rtacha mutlaq o‘sishni topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstropolatsiya qancha davrga mo‘ljallanganiga qarab qo‘shib boriladi.
Agar o‘rganilayotgan dinamika qatorlarida o‘sish koeffitsiyenti doimiy xarakterga ega bo‘lsa, uning o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentini hisoblab, dinamika qatorlarning oxirgi darajalarini unga ko‘paytirib, kelajak davr darajalari aniqlanadi. Dinamika qatorlarni analitik tekislash usullaridan foydalanib ham ekstropolatsiyani amalga oshirish mumkin.
dinamika qatorlari
bazis davr
joriy davr
davriy qatorlar
hosilaviy qatorlar
momentli qatorlar
bazisli ko‘rsatkich
zanjirsimon ko‘rsatkich
mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish)
trend
mavsumiylik indeksi
|
lag
o‘sish yoki kamayish sur’ati
qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati
1 foiz qo‘shimcha o‘sish yoki kamayishning mutlaq mohiyati
ilgarilash koeffitsiyenti
sirg‘anchiq o‘rtacha
kichik kvadratlar usuli
interpolatsiya
ekstrapolatsiya
avtokorrelatsiya
|
7.Mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Dinamika deb nimaga aytiladi?
Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz?
Dinamika qatorlarining unsurlarini bilasizmi?
Dinamika qatorlarini tuzishdagi qoidalarni bilasizmi?
Dinamika qatorlarining turlarini bilasizmi? Ular qaysilar?
Momentli qatorlar deb nimaga aytiladi?
Davriy qatorlar deb nimaga aytiladi?
Momentli va davriy qatorlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash tartibini tushuntiring.
O‘sish yoki kamayish sur’atini aniqlash zaruriyati nimada va qanday hisoblanadi?
Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati qanday aniqlanadi?
1 foiz qo‘shimcha o‘sishning (kamayishning) mutlaq ahamiyati qanday hisoblanadi va u nimani tavsiflaydi?
Dinamika qatorlarini yagona asosga keltirish va ulash usuli mazmunini bilasizmi?
Davrlarni yiriklashtirish (oralig‘ini kengaytirish) usuli deganda nimani tushunasiz?
Sirg‘anchiq o‘rtacha miqdorlar qanday hisoblanadi?
Qatorlarni analitik tekislash usuli qay vaqtda qo‘llaniladi?
Interpolatsiya deb nimaga aytiladi, mazmunini tushuntiring.
Ekstropolatsiya usuli deganda nimani tushunasiz?
Mavsumiylik deganda nima tushuniladi?
Mavsumiylik indeksi qanday hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |