Davriy dinamika qatorlari ijtimoiy hodisalarning ma’lum davrlar ichidagi holatini tavsiflaydi. Masalan, ishlab chiqarilgan paxta, g‘alla miqdori, qishloq xo‘jaligi yalpi daromadi, sof daromadi, ish haqi fondi kabi mutlaq miqdorlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari davriy dinamika qatorlari deb ataladi.
Hosilaviy dinamika qatorlari davriy va momentli dinamika qatorlari asosida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, ular dinamika qatorlari ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi va o‘shalar asosida tuziladi.
Hosilaviy dinamika qatorlari mutlaq ko‘rsatkichlar negizida aniqlangan nisbiy va o‘rtacha miqdorlar negizida tuzilgan dinamika qatorlaridir. Masalan, chorva mollari zichligi, 1 xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot, 1 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot, mahsulot bir birligiga sarf bo‘lgan xarajat va hokazo miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi.
Dinamika qatorlari turlariga misollar keltiramiz (10-jadval).
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |