164
to‗plangan». Ular
orasida Qutbiddin ar-Roziy, Mas‘ud Taftazoniy, Kamoliddin at-
Turkmaniy, Hofiz Muhammad ibn Bazzoziylar bor edi.
Shuningdek, mashhur shoir
Kamoliddin Xo‗jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi
ma‘lum.
Shoir shu yerda yashab turgan davrda «Saroyi» degan taxallusni olgan.
Sayfi uning
ismi bo‗lib, «qilich» degan ma‘noni bildiradi.
Umrining oxirlarida u Oltin O‗rdadan Misr – Shomga ketgan va o‗sha yerda
yashagan.
O‘sib tuprog‘im uzra nayzalar, men evdin ayrildim,
Vatandin benishon o‘ldim-da, o‘zga yurtga evrildim.
Nechun menga falak jabr ayladi, qanday gunohim bor?
Iloho, ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim, –
kabi misralar shu qismatga ishora. U o‗z yurtidan ketishni «falak jabr ayladi» deb
izohlamoqda. «Tuprog‗im uzra nayzalar o‗sdi» degan
jumla zamirida Chingizxon
istilosining oqibatlari pinhon. Adib taxminan 1396-yili vafot etgan.
Sayfi Saroyining o‗zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi bebahodir.
Ayniqsa, g‗azal janrida u cheksiz mahoratini namoyish etgan.
Sayfi Saroyi masnaviylari ham alohida mavqega ega. Bu jihatdan «Vasf ul-shuaro»
she‘ri ahamiyatlidir. U «Shoirlar vasfi» demak. Ushbu masnaviyda adib o‗zining adabiy-
estetik qarashlarini bayon etadi.
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbul durur so‘zda, kimi zog‘, –
deb yozarkan, ijod maydonini bog‗ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog‗dagi
qushlarga
o‗xshatadi. U ijodkorlarning turli guruhlari mavjud ekanligini (bulbul, zog‗), shunga
muvofiq, ularning taqlidchi (to‗ti) yoki mustaqil ijodkor bo‗lishi va boshqa xususiyatlari
165
haqida to‗xtalib o‗tadi. Buni adabiy tanqidchilikning o‗ziga xos bir ko‗rinishi sifatida ham
qabul qilish mumkin.
Masnaviy so‗ngida shoir kamtarlik bilan shunday yozadi:
Ularning ush biri Sayfi Saroyi,
Jahon oriflarining xoki poyi.
Ani sen jumla shoir kamtari bil,
Qamar yuzga hamisha mushtariy bil.
O‗zbek dostonchiligi ravnaqi tarixi ham Sayfi Saroyining nomi bilan ziynatlangan.
Uning «Suhayl va Guldursun» degan dostoni ana shu an‘anani boyitadi. Doston 1394-yili
yozilgan bo‗lib, 82 bayt, 164 misradan iborat.
Doston voqealari Temurning Urganchga lashkar tortib kelishi bilan boshlanadi.
Jangda
Suhayl asirga tushib qoladi, shoh qizi Guldursun uni sevib qolib, zindondan
qutqaradi. Ular tunda oy yorug‗ida qochib ketadilar va sahroga borib qoladilar.
Alar ko‘p yurdi-yu sahrog‘a kirdi,
Gunashdin sahro ichra do‘zax erdi.
Yo‘q erdi suv, yemakka anda o‘tmak,
Agar bo‘lganda ham aqchasi lak-lak.
Ochlik va tashnalikdan Guldursun hushini yo‗qotadi, uning jon berganini ko‗rgan
Suhayl ham o‗ziga tig‗ uradi va halok bo‗ladi.
Sayfi Saroyi benazir tarjimon hamdir. Adib Sa‘diy Sheroziyning mashhur «Guliston»
asarini «Gulistoni bit-turkiy» nomi bilan o‗zbekchalashtirgan.
Asar Misr amiri
Batxasbekka bag‗ishlangan bo‗lib, 1391-yili yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: