Devonu lug’otit turk



Download 37,14 Kb.
bet10/10
Sana27.04.2022
Hajmi37,14 Kb.
#585690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Qadimgi turkiy adabiy atamaning o’rganilishi Devonu lug’o

TANGRIKLA
Tangri – ollohdir. Qadimgi turkiy tilda tangri so’ziga k+la qo’shimchasini qo’shish bilan yangi so’z yuzaga keldi. Tangri – ot, la harakatni bildiruvchi so’z yasovchi qo’shimcha bo’lib, tangriga yolvor, tangriga tovba qil ma’nosini beradi. Turkiy xalqlar adabiyotida insonning tangriga tavba –tazarrusi ifolangan she’rlar va katta hajmli asarlar ham yaratilgan. Bunday mazmundagi asarlar tangrikla – tovbanoma janri namunasi hisoblanadi. Мoniylik oqimidagi turkiy adabiyotda tovbanoma janri talabiga mos keladigan she’riy hamda nasriy asarlar uchraydi. Quyidagi she’r shunday xususiyatga ega:


Tangri – porloq, kuchli, donoga yolvoramiz,
O’tinarmiz Kun, Oy tangriga.
Yashin tangri, no’m quti
Sodiq Мoniy va payg’ambarlarga
Qut baxsh eting, ey tangrim
Vujudimizni saqlang!
Ruhimizni ozod qiling
Qut iltijo etarmiz nurli tangrilardan,
Qo’rquvsiz turaylik,
Sevinch-la yashaylik.

Мoniylik adabiyotining mahsuli hisoblangan «Xuastuanift» to’lig’icha tavbanoma matnlaridan tashkil topgan. Bu asar garchi moniylik oqimini targ’ib etishga qaratilgan bo’lsa-da, unda «Avesto» kitobidagi mifologik obrazlar ham keltirilgan. Demak, «Xuastuanift» va «Avesto» o’rtasida g’oyaviy yaqinliklar bor. Eng muhimi, tovbanomalarning namunalari «Avesto»da ham keltirilgan. Quyida keltirilgan parcha «Xuastuanift» («Мoniylar tavbanomasi»)ning birinchi fasli hisoblanadi. «Xo’rmuzd xudo beshta xudo bilan birga hamma xudolarning pokligi uchun iblislarga qarshi kurashga otlanib, (osmondan) tushdi. Qilmishi yovuz iblis Shmnu bilan turli xil beshta iblis bilan jangga kirdi. Xudolar bilan iblislar, nur bilan zulmat vaqti kelib qo’shilib ketdi. Xo’rmuzd xudoning jangchilari – beshta xudo va bizning ruhimiz gunohga iblislar bilan jang qilib, boshidan yaralandi. Yana hamma iblislar, ulug’lar ochofat, uyatsiz, suq iblis bilan birga bir yuz qirq ming iblisning yovuz ta’limotiga qo’shilib telba, ruhsiz bo’lib qoldi. O’zini paydo qilgan, yaratgan boqiy xudoning yerini unutdi, nur xudolaridan ayrildi. Undan keyin, ey xudoyim, yovuz qiliqli Shmnu borib, ongimizni, niyatimizni iblisning qilmishi tomon burdi. Telba, ruhsiz bo’lib qolganimiz uchun, barcha yorug’ ruhlarning hammasiga, ularning ildiziga, pok, yorug’ Azrua xudoga qarshi gnoh qildik, xato qildik. Nur bilan zulmatning, xudolar bilan iblisning tub ildizi (Azruadir) dedik. Kimdir birovni tiriltirsa, xudoni triltirgan bo’ladi. Kimdir birovni o’ldirsa, xudoni o’ldirgan bo’ladi, dedik. Yaxshi va yomon narsalarning hammasini xudo yaratgan, dedik. Abadiy xudolarni u yaratgan, dedik. Xo’rmuzd xudo bilan Shmnu – aka-ukadir, degan edik. Ey xudoyim! Gunoh bilan yurib, (bularni) bilmasdan, xudoga yolg’on so’zlab, yomon, uyatli gap gapirgan edik. Kechirilmas gunoh qilgan edik. Ey xudoyim! Endi men, Raymast shoh, tovba qilayapman, gunohdan ozod bo’laylik, iltijo qilyapman. Gunohlarimni kechirgil!».
Xullas, islomdan avvalgi asrlarda turkiy xalqlar og’zaki ijodi boy adabiy janrlar vositasida shakllanganligini e’tirof etish uchun asoslar yetarli.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. Uch tomlik. I tom. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.М. Мutallibov. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1960, 500 b.

2. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. II tom. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1961, 428 b.



3. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. III tom. T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1963, 463 b.
4. http://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/turk/abdurashid-abdurahmonov-oltinchi qism.html
Download 37,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish