IX-XII asrlar epigrafikasi
Arablar hukmronligining kengayishi, arablarning boshqa arab bo’lmagan hududlarga tarqalishi, arab tili va islom dinining bosib olingan o’lkatarning ziyoli aholisi orasida yoyilishi, arab tilining davlat tili sifatida mavqeining mustahkarnlanishi va nihoyat arab Yozuvida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi — bularning hammasi arab yozuvining kelajakda yanada keng tarqalishiga zamin yaratgan. XI asrda arablarda shakllangan fikrga ko’ra, arab yozuvining dastlabki bosqichida faqat kufiy yozuvi mavjud bo’lgan. “Qur'oni Karim” dastlabki nusxalari shu yozuvda ko’chirilgan. Bu yozuv 4 - xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga etkazilgan. Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy Yozuvi asosida keyinchalik shakllangan xat turlaridir. X asrga kelib arab yozuvi yana islox qilingan. Bu islox Ali Muhammad ibn Ali ibn Muqla (272 — 328) — (886 — 940) nomi bilan bog’liq. Bu kishi uch abbosiy xalifa qo’Iida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida sharq olamida keyinchalik mashhur bo’lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir: muxaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi' va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini Eronlik olim Ali ibn Hiloi davom ettirgan. Uning taxallusi Ibn Bavvob bo’lgan va u 413-1022 yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashxur kutubxonada xodim bo’lib ishlagan. Isloxot ishini undan keyin davotn ettirgan shaxs so’nggi abbosiy xalifa saroyida xattot bo’lib ishlagan Yoqut Musta'simiydir (640-696)-(1242-1298 yy.) Ibn Muqlaning yaratgan sistemasi aniq mutematik hisob - kitobga asoslangan mutanosiblik asosida qurilgan. Bunda harflarning shakli, diametri alif harfiga teng bo’lgan aylana ichiga joylashtirilgan kvadrat, besh burcliakka qiyoslab yaratilgan. Bu xarflarning moduli esa, qamishqalamning bir harakati bilan hosil qilingan rombik shaklidagi nuqtadir. Bu nuqtalarning soni bilan xarflarning katta-kichikligi aniqlangan. Umuman Ibn Muqlaning bu tizimida harflarning shakli va razmeri alifning uzunligiga teng bo’lgan rombik nuqtalarning soni bilan aniqlangan. Natijada Ibn Muqla yaratgan olti xat turining hammasida xarflarning yozuvdagi o’rni, ularning hajmi ilmiy jihatdan aniqlab berilgan. Umuman, xattotlar va qalam sohiblari orasida eng ko’p tarqalgan va eng e'tiborli sanalgan xat turlari quyidagilardan iboratdir: 1. Kufiy yozuvi yoki xatti kufiy - Kufiy yozuvi nabatiy yozuvi asosida shakllangan dastlabki arab yozuvidir. U birinchi marta Kufa shahrida ishlatilib, u erda rivoj topgani uchun «kufiy» deb nom olgan. Arab olimlarining fikricha, (bu olimlar XI asrga mansubdirlar) “Qur'oni Karim” birinchi qo’lyozma nusxasi yozilgan bu yozuv turi 4 - xalifa xisoblangan Ati ibn Abu Tolib tomonidan takomillashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |