Denov tuman 4-son kasb-hunar maktabi


-MAVZU:KAMERALI VA KAMERASIZ SHINALARNING TUZILISHI



Download 10,19 Mb.
bet148/194
Sana25.02.2022
Hajmi10,19 Mb.
#462709
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194
Bog'liq
Kamol aka to\'plam yangisi

30-MAVZU:KAMERALI VA KAMERASIZ SHINALARNING TUZILISHI
Avtom obil gildiragining eng muhim qismi pnevmatik shina hisoblanadi. U harakatlanish chog‘ida yo‘lning notekisliklarida yuzaga keladigan uncha kuchli bodmagan turtki va zarblarni o‘ziga yutadi. Bu shinaning qayishqoqligi va unga to‘ldirilgan havoning elastikligi hisobiga ta’minlanadi.Avtomobil shinasi (19.11 -chizma) pokrishka (3), ventili (5) bor kamera(4) va g‘ildirak to‘g‘iniga (1) kiydirilgan to‘g‘intasmasidan (2) iborat.
Bu tasma kamerani shikastlanishdan hamda g‘ildirak to‘g‘ini va pokrishka bortiga ishqalanishdan saqlaydi.Pokrishka shinaning yuklanishlarni ko‘taruvchi tashqi qobig‘ini hosil qilsa, uning ichki bo‘shlig‘ini kamera hosil qiladi. Ayrim hollarda yengil avtomobillarda kamerasiz shinalar ishlatiladi. Ularning germetikligiga pokrishkaning ichki yuzasiga maxsus zichlovchi qatlam qo‘yish va pokrishkani to‘g‘in tokchasiga zich o‘tkazish bilan erishiladi. Bunday shinalarni kam erasiz shinalar deb ataladi. Kamerasiz shinalar yengil, issiqlikni kam hosil qiladi, ammo to‘g‘inni tayyorlashda yuqori aniqlik va texnik xizmat ko‘rsatishda ko‘p mehnat talab etiladi.
Pokrishka (19.12-chizma) karkas (3), bortlar (1), breker (yostiq qatlam) (4), yon sirtlar (5) va protektordan (6) iborat. Karkas (3) pokrishkaning asosi bo'lib xizmat qiladi hamda unga kerakli bo'lgan mustahkamlik va egiluvchanlikni beradi. U bir necha qatlam rezinali korddan(materialdan) iborat. Karkasda kordiplarining joylashuviga qarab shinalar diagonal (19.12-chizma, a) va radial (19.12-chizma, b) shinalarga bo'linadi.Diagonal shinalar karkasida kord qatlamlarining iplari o'zaro qo'shnqatlamdagilar bilan ma’lum burchak (95 - 115°) ostida kesishadi va qatlam lar soni doimo juft bo'ladi. Shinani yo'l bilan tutashuvi davomida kord iplarining kesishuv burchaklarini o'zgarishi sodir bo'lib, deformatsiyalanish hamda issiqlik hosil bo'lishi ortadi va shinaning ishlash muddati pasayadi.
Radial shinalarda (R turidagi) kord iplari karkasda bortdan bortga tomon (radius bo'ylab) joylashadi va bir-birlari bilan kesishmaydi. Karkasning bunday konstruksiyasi ancha ilg'or konstruksiyadir, chunki u kord qatlamlari sonini kamaytirishga imkon beradi, issiqlik hosil bo'lishini va g'ildirashga qarshilikni kamaytiradi. Xizmat muddatibo'yicha radial shinalar diagonal shinalardan ancha ustun turadi.Bortlar (1) (19.12-chizma) pokrishkani g'ildirak to'g'iniga mahkamlash uchun xizmat qiladi. Bortsim halqa (2) atrofiga o'ralgan kord
Avtomobilning yurish tezligi 160 km/soatdan oshadigan bo‘lsa, standart (masalan, ГОСТ 20993-75) me’yorlariga ko‘ra, shina- dagi bosimni yuqoriroq ko‘tarish talab qilinadi. ГОСТ 13298-78 da yo‘lsiz joylarda harakatlanish uchun bosimni pasaytirish qiy- mati belgilab qo‘yiladi. Botqoqlik joylarda, qalin qorli va qumli yo‘llarda maksimal harakatlanish tezligi 10 km/soat bo‘lganda shina- lardagi joiz havo bosimi 0,05 MPa.dan, 20 km/soat bo‘lganda esa 0,1-0,2 MPa.dan oshmasligi lozim.
Bosimi rostlanadigan shinalar qo‘yiladigan bo‘lsa, avtomobil yurib turganda ham, to‘xtab turganda ham shinaga havo yuborib turadigan qurilma bilan jihozlanishi lozim. Bu qurilma avtomobil tormoz tizimining kompressoridan siqiq havo bilan ta’minlanadi.
Ishlatish paytida shinalarning yeyilishi bir xil bo‘lmaydi: orqa- dagi shinalar oldidagi shinalarga nisbatan, chapdagi shinalar o‘ngdagi shinalarga nisbatan tezroq yeyiladi. Shinalar bir tekis yeyilishi uchun kamida har 5000 km yurilganidan keyin avtomobil yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan chizma bo‘yicha ularning o‘rnini almashtirib turish lozim (1.198-rasm). Teshik yoki hatto, arzimas shikastli joylari bor pokrishkalarni ta’mirlashga berish kerak.
b
1.198-msm. Yuk avtomobillarida shinalarning o‘rnini
almashtirish chizmasi:
a—ikki o‘qli; b—uch o‘qli.

Shinani yig‘ish (montaj) uchun to‘g‘in top-toza va nuqsonsiz bo‘lishi lozim. Kamerani shinaga joylashdan oldin uning germetikligi tekshirib ko‘riladi. So‘ngra kameraga biroz havo yuborib (dam berib), shina ichiga qo‘yiladi va to‘g‘in tasmasi kiydiriladi.
Yig‘ilgan shinani g‘ildirak to‘g‘iniga kiydirish uchun to‘g‘indagi o‘yiqqa ventil kiritiladi. Shinani ventilli tomonidan biroz ko‘tarib, qarama-qarshi tomoni to‘g‘inga kiydiriladi, oldin bort halqasi, keyin qulf halqa qo‘yiladi; qulf halqa to‘g‘in arig‘iga to‘liq o‘tirgunga qadar uni bosib turish kerak. Yig‘ilgan g‘ildirakka 0,05—0,15 MPa bosimgacha dam berish lozim. Shundan so‘ng yog‘och bolg‘a bilan qulf halqaning chetlariga asta-sekin urib, pokrishka bortlari tekislab chiqiladi.
Shina borti to‘g‘in va halqa tokchasiga zich o‘tirishi kerak, shundan so‘ng kameradagi havo bosimi yo‘lning ahvoli va ob- havo sharoitiga qarab, standartda ko‘rsatilgan me’yorgacha yetka- zilishi lozim. Shinani yig‘ishning bu tartibi to‘liq g‘ildirak to‘g‘iniga ega bo‘lgan yuk avtomobillariga tegishli.
Shinani ajratish quyidagicha amalga oshiriladi: oldiniga kameradagi havo butunlay chiqarib yuboriladi. So‘ngra to‘g‘ri kurakchani va to‘g‘ri qamrovli kurakchani ishga solib, pokrishka borti g‘ildirak to‘g‘inidan ajratiladi. Oldin to‘g‘ri kurakcha, keyin har ikki kurakcha bilan qulf halqa ajratiladi va chiqarib olinadi. So‘ngra shinani ag‘darib, undan g‘ildirak diski chiqariladi.
G‘ildirak diski ajraladigan yengil va yuk avtomobillari shinalarini yig‘ish va ajratishda quyidagi asosiy qoidaga rioya qilish kerak.
yig‘ishni shinaning ventilga qarama-qarshi tomonidan, ajratishni esa ventilli tomonidan boshlash lozim.
Bunda oldin krishkaning tashqi borti, keyin ichki borti birin- ketin ajratiladi. Pokrishkani to‘g‘indan chiqarishda oldin pokrish- kaning ichki bortini to‘g‘in ariqchasi markaziga iloji boricha botirish kerak, shunda shinani ajratish osonlashadi, borti yirtilmaydi va g‘ildirak to‘g‘ini egilib ketmaydi.


Download 10,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish