27-MAVZU: OSMALARNING VAZIFASI VA TURLARI
Avtomobil osmalarining vazifasi va turlari. Avtomobil osmasi rama yoki kuzovni kobpriklar va g‘ildiraklar bilan elastik (egiluvchan) bogllani-
shini amalga oshiradi hamda ular qabul qilayotgan, yoMning notekisliklaridan vujudga kelgan, zarblar va turtkilarni yumshatadi. Osmalarning elastik xususiyatlariga elastik elementlarni qoMlash orqali erishiladi. Osmaning ishlashi, g'ildiraklar yo‘ldagi notekisliklardan yurganda, zarb energiyasi osmani elastik elementini siljishiga (ko‘chishiga) aylantirib berishga asoslangan. N atijada kuzovga uzatilayotgan zarb kuchi kamayadi va avtomobilning ravon yurishiga erishiladi. Avtomobilning harakatlanishida g'ildirak va kuzovning o'zaro ta’sirlanish tavsifiga qarab barcha osmalar mustaqil va nomustaqil osmalarga bo'linadi.Nomustaqil osma (19.3-chizma, a) chap va o'ng g'ildiraklar orasida bikr bog'lanishga ega, buning natijasida ulardan birining ko'ndalang tekislikda siljishi ikkinchisiga uzatiladi va kuzovni qiyshayishini yuzaga keltiradi. Mustaqil osma (19.3-chizma, b) bitta ko'prikdagi g'ildiraklar orasida bikr bog'lanish yo'qligi bilan tavsiflanadi. Har bir g'ildirak kuzovga boshqa g'ildirakka bog'liq bo'lmagan holda osib qo'yilgan. Natijada yo'l notekisligidan yurgan bir g'ildirakning tebranishlari boshqa g'ildirakka uzatilmaydi, kuzovning qiyshayishi kamayadi va umuman olganda harakatlanishda avtomobilning turg'unligi ortadi. Avtomobil osmasi quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: elastik element, yo'naltiruvchi qurilma va so'ndiruvchi element. Osmalarda elastik element sifatida metall varaqli (listli) ressorlardan, silindrik prujinalardan va torsionlardan (buralishga ishlaydigan sterjendan) foydalaniladi. Nometall (metallmas) elastik elementlar rezina, siqilgan havo yoki suyuqlikning elastikligi hisobiga osmalarning elastiklik xususiyatlarini ta’minlaydi. Ular metall elementlardan ko'ra kamroq tarqalmoqda. Ayrim holatlarda osmalarda metall va nometall materiallardan iborat bo'lgan murakkab elastik elementlar ishlatilmoqda.
Osmaning yo'naltiruvchi qurilmasi turtuvchi, tormozlash va yon kuchlarni g'ildirakdan avtomobil ramasiga yoki korpusiga uzatadi. Prujinali osmada yo'naltiruvchi qurilma rolini osmaning richaglari va shtangalari bajaradi, ressorli osmada varaqli ressorning o'zi bo'ylama va yon kuchlarni uzatish xususiyatiga ega, buning natijasida bunday osmaning konstruksiyasi soddalashadi.Osmaning so'ndiruvchi elementi notekisliklarda harakatlanishda kuzov va g'ildiraklarning tebranishlarini so'ndirish uchun mo'ljallangan bo'lib, amortizator deb ataladi (19.3-mavzuga qarang). Avtomobillarda suyuqlik bilan ishlaydigan ammortizatorlar ishlatiladi. Ularning ishlash prinsipitebranishlar eneregiyasini suyuqlikda ishqalanish hisobiga issiqlik energiyasiga aylanishiga, so'ngra uni yoyilib ketishiga asoslangan.Avtomobil oldingi gMldiraklarining o‘rnatish burchaklari. Avtomobilning boshqariluvchi oldingi g'ildiraklari, ko'prik va osmaning barcha konstruksiyalarida, harakatlanishga qarshilikni eng kichik qiymatiga erishish, shinalarning yeyilishini kamaytirish va yonilg'i sarfini pasay-
tirish uchun vertikal hamda gorizontal tekisliklar bo‘yicha belgilangan qiyalik burchagi bilan o‘rnatiladi.
Boshqariladigan g‘ildiraklarning og‘ish burchagi (19.4-chizma, a) gNldirak tekisligi va avtomobilning bobylama o‘qiga parallel bo‘lgan vertikal tekislik orasida hosil boMadi hamda a bilan belgilanadi. Agar g'ildirak tashqi tomonga qiyshaygan bo'lsa og'ish burchagi musbat, teskari tomonga qiyshaygan bo'lsa manfiy hisoblanadi. Boshqariladigan g'ildiraklar nor-mal ishlashi uchun og'ish burchagi (razval) doimo m usbat bo'lishi kerak. U boshqariladigan g'ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni kamayti-rishga yordam berib, avtomobilni boshqarishni yengillashtiradi.Boshqariladigan g'ildiraklarni o'rnatishda og'ish burchag'idan tashqari shkvoren o'qining qiyalik burchaklari, ya’ni ko'ndalang tekislikdagi qiyalik burchagi va (3 bo'ylama tekislikdagi qiyalik burchagi ham nazarda tutiladi (19.4-chizma, b). Shkvorenning qiyalik burchaklari burilgang'ildiraklarni to'g'ri chiziqli harakatlanish yo'nalishiga qaytarish uchun yordam beradi. Bu, albatta, avtomobilning turg'unligini hamda harakatlanishini yaxshilaydi, shinalarning g'ildirashi va xizmat muddatini oshiradi.Biroz og'ish bilan o'rnatilgan oldingi g'ildiraklar, avtomobildan chetga tomon О nuqta atrofida R radiusli yoy bo'ylab dumalashga intiladi. Vaholanki, g'ildiraklar oldingi ko'prik to'sini vositasida o'zaro bikr (qo'zg'almas) bog'langan, shu sababdan ularning dumalashida yon sirpanish ham vujudga keladi. Bu hodisa ro'y bermasligi uchun g'ildiraklar bo'ylam a o'qqa nisbatan bir oz burchak ostida, ya’ni yaqinlashtirib o'rnatiladi.Boshqariladigan g'ildiraklarni yaqinlashishi - A va В masofalarning ayirmasi. Bu masofalar g'ildiraklarning ichki yon sirtlari oralig'ini o'rta tekislik bo'yicha old va orqa tomondan o'lchab topiladi. Masofalar farqi 2-10 mm oralig'ida bo'ladi. Yaqinlashish (схождение) g'ildirakning og'ish burchagi va shkvorenning qiyalik burchagiga bog'liq bo'ladi. Avtomobilni ishlatish jarayonida bu burchaklar, shuningdek, boshqariladigan g'ildiraklarning yaqinlashishi puxtalik bilan rostlanadi. G'ildirakning og'ishi va yaqinlashishining to'g'ri o'rnatilishi to'g'ri chiziqli g'ildirashni ta’minlaydi, bu albatta, shinalarning xizmat muddatiga va yonilg'i sarfiga bevosita ta’sir etadi.Yuk avtom obillarida uning konstruksiyasi tom onidan faqat g'ildiraklar yaqinlashishini rostlash ko'zda tutilgan, ko'pchilik yengil avtomobillarda esa boshqariladigan g'ildirakni o'rnatishdagi barcha parametrlar rostlanadi (19.1-jadval).
Mustaqil osmaning tuzilishi. ГАЗ- 24 “Волга” avtomobili osmasining elastik elementi (19.5-chizma) spiralsimon silindrik prujina (9) bo'lib, u pastki richaglarga tayanadi va avtomobil massasidan yuzaga kelgan yuklanishni richaglar orqali stoykaga (5), so‘ng unga mahkamlangan shkvoren (6) orqali buriluvchi sapfaga (7) uzatadi. Stoykaning (5) yuqori uchi yuqorigi richaglar (3) bilan sharnirli biriktirilgan. Pastki va yuqorigi richaglar ham o‘z navbatida rama ostiga bikr mahkamlangan ko'ndalang to'sin (1) bilan sharnirli biriktirilgan. Prujinaning ichki tomoniga teleskopik amortizator (2) o'rnatilgan. Amortizator shtoki kuzovning kronshteyniga rezina yostiqchalar qo'yib mahkamlanadi, amortizator silindri esa prujinaning tayanch kosachasi orqali pastki richaglar bilan sharnirli biriktirilgan. Avtomobil burilganda kuzovning og'ishini kamaytirish uchun ko'ndalang turg'unlik stabilizatori (10) xizmat qiladi. Uning uchlari stoyka yordamida prujinaning tayanch kosachasi bilan biriktirilgan, o'rta qismi esa rama ostining ko'ndalang to'siniga mahkamlanadi. Agar kuzovning yonga og'ishi sodirbo'lsa, u holda stabilizator o'zagi buraladi va elastiklik kuchi bilan kuzov vaziyatini to'g'rilashga intiladi. Osmaning maksimal yo'li siqilishga ishlaydigan rezina buferlar(4) vositasida cheklab turiladi.Nomustaqil osmaning tuzilishi. ГАЗ- 53А, ЗИ Л -130 avtomobillarida osmaning elastik elementi sifatida, gidravlik am ortizatorlar bilan birgalikda ishlaydigan, yarim ellips ressorlardan foydalanilgan. Oldingi g'ildiraklar osmasi ikkita ressorga ega, orqaosma esa asosiy ressorlar
yuqorisiga (tepasiga) o'rnatilgan qo'shimcha ressorlar bilan ham ta’minlangan.ГАЗ -53A avtomobilidagi oldingi osma ressori (19.6-chizma, a) turlixil uzunlikdagi elastik po'lat tasmalardan (varaqlardan) iborat bo'lib, xomutlar yordamida siqib qo'yilgan va oldingi ko'prik to'singa ikkita uzangisimon tortqi (стремянка) vositasida mahkamlangan. Ressorning(2) qo'shqavat o'zak varag'ining uchlari rama lonjeroniga oldingi (1) va orqa (3) kronshteynlar yordamida qotirib qo'yilgan. Kronshteynlar ichida ressor uchlarini qamrab olgan rezina yostiqchalar siqilib turadi. Ressorning oldingi uchi kronshteynida tores tomonidan ham zichlangan, uning orqa uchi esa ressor egilganda yoki to'g'rilanganda kronshteynning rezina yostiqchasida bo'ylama surilish imkoniyatiga ega. Shu yo'l bilanosmaning vertikal siljishi (yurishi) ta’minlanadi.ЗИЛ-130 avtomobili orqa osmasiningressorlari ham rama lonjeroniga oldingi (1) va orqa (3) kronshteynlar yordamida mahkamlanadi. Ammo ularning uchlari kronshteynlar bilan ГАЗ-53А avtomobilidagidan boshqacharoq qilib biriktirilgan. Ressorning oldingi uchi bolt va uzangisimon tortqi vositasida, ajraluvchi quloq (4) bilan biriktirilgan, quloq esa barmoq (5) yordamida kronshteynga (1) mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |