28-MAVZU:AMORTIZATORLARNING VAZIFASI VA TURLARI Avtoobil notekis yollarda harakatlanganda kuzovning tebranishi hosil bo‘lib, bu tebranish glldiraklar notekisliklardan o‘tgandan so‘ng ham birm uncha vaqt oralig‘ida davom etadi. Avtom obillarda yuzaga keladigan tebranishlarni so‘ndirish uchun osma konstruksiyalarida ko‘pincha suyuqlik bilan ishlaydigan teleskop turidagi amortizatorlar ishlatiladi.Am ortizatorning ishlashi maxsus АЖ -12Т suyuqlikning oqib o‘tishdagi qarshiligiga asoslangan. Bu suyuqlik amortizatorning ichki bo‘shliqlarida joylashadi va ulariing hajmi o‘zgarganda bir bo‘shliqdan ikkinchi bo‘shliqqa oqib o‘tadi. Teleskopsimon amortizatorlar ikki tomonlama ishlaydi, ya’ni siqilganda ham, qaytarilganda ham osma tebranishlarini so‘ndiradi.
Teleskopsimon amortizatorning tuzilishi 19.7-chizmada ko‘rsatilgan. U uchta qismdan tashkil topgan: silindr (2) va uning tubi (1), shtokli(5) porshen (3), zichlagichlari bolgan yo‘naltiruvchi vtulka (4). Amortizator silindri osma richagi yoki ko'prik bilan, shtok esa avtomobil kuzovi bilan biriktirilgan, buning natijasida amortizator porsheni osmalar kuzovga nisbatan tebranganda silindr ichida harakatlanadi.Porshenda (3) ikki qator teshiklar bo'lib yuqori tomondan o'tkazuvchi klapan (6) bilan, past tomondan esa kuchli prujinasi (8) bo'lgan qaytarilish klapani (7) bilan yopib qo'yilgan. Silindr tubida (1) siqish klapani (10) va kiritish klapani (9) joylashgan. Silindming ichki bo'shlig'i amortizator suyuqligi bilan to'ldirilgan.Teleskopsimon amortizatorning o'ziga xos tomoni, unda kompensatsiyalovchi kameraning mavjudligidir. Bu kamera ishchi silindrni (2) qamrab turuvchi, ishchi silindr ko'rinishida yasalgan. Ushbu kameradagi qo'shimcha bo'shliq osmaning siljishi (harakatlanishi) tufayli ishchi silindrdagi porshenning ikkala tom onidagi suyuqlik hajm ining o'zgarishini kompensatsiyalash uchun xizmat qiladi.Osma siqishga ohista ishlaganda amortizator porsheni (3) pastga tomon harakatlanadi va suyuqlik pastki bo'shliqdan o'tkazish klapani(6) orqali porshen ustidagi bo'shliqqa oqib o'tadi. Vaholanki, bu bo'shliqda birmuncha hajmni egallovchi shtok (5) joylashganligi sababli ishchi silindrning (2) pastki bo'shlig'idagi barcha suyuqlik yuqoridagi bo'shliqqa sig'maydi. Shuning uchun suyuqlikning bir qismi pastki bo'shliqdan siqish klapanining (10) kalibrlangan teshigi orqali kompen- satsiyalovchi kameraga oqib o'tadi. Bu paytda siqish klapani yopiq bo'ladi va amortizator osmaning siqilishdagi siljishiga yetarlicha qarshilik ko'rsatadi.Osma siqishga keskin ishlaganda porshen (3) pastga tomon juda tez harakatlanadi va uning ostidagi suyuqlik bosimi keskin ortib ketadi. Buning natijasida siqish klapani (10) ochiladi va suyuqlik klapanning ochilgan katta teshigi orqali kameraga oqib o'tadi. Amortizatorning qarshiligi keskin kamayadi. Bu bilan amortizator va osma detallari katta kuchlardan, ya’ni yomon yo'lda harakatlanish paytida osmaning siqishga keskin ishlashidan yuzaga keladigan zo'riqishlardan saqlanadi.Osma qaytarilishga ohista ishlaganda amortizator uzayadi, chunki uning porsheni (3) yuqoriga qarab harakatlanadi. Bu paytda porshen tepasidagi suyuqlikning bosimi ortib ketadi, o'tkazuvchi klapan (6) yopiladi, suyuqlik esa porshendagi teshiklarning ichki qatori hamda yopiq turgan qaytarilish klapani (7) bilan uning yo'naltiruvchi vtulkasi orasidagi halqasimon tirqish orqali porshen ostidagi bo'shliqqa o'ta boshlaydi. Shu bilan bir paytda klapan (9) ham ochiladi va suyuqlik kompensatsiyalovchi kameradan silindrga oqib o'tadi.Qaytarilish keskin bo'lganda porshenning harakatlanish tezligi ortib ketadi, bu esa porshen ustidagi suyuqlikning ancha sezilarli bosimini hosil qiladi. Ushbu bosim ta’siri ostida qaytarilish klapani (7) ochiladi va suyuqlik kichik qarshilik bilan porshen ostidagi bo'shliqqa oqib o'tadi. Suyuqlikning silindrga kiritish klapani (9) orqali kirib kelayotgan boshqa oqimi keskin qaytarilishda ham saqlanib qoladi.Shunday qilib, qaytarilish klapani amortizator va osmani katta kuchlardan, ya’ni qaytarilish keskin bo'lganda, shuningdek, past haroratlarda suyuqlikning qovushoqligi ortib ketganda yuzaga keladigan zo'riqishlardan saqlaydi.Teleskopik am ortizatorning tavsifnomasi shunday hisob bilan tanlanadiki, uning osma qaytarilishga ishlagandagi qarshiligi, siqishga ishlagandagi qarshiligidan 2-3 barobar katta bo'ladi. Bunga klapanlarteshiklari kesimini va ular prujinalarini siqish kuchini tanlash orqali erishiladi.Bir avtomobilning oldingi va orqa osmalari uchun ishlatiladigan amortizatorlar bir-biridan prinsipial jihatdan farq qilmaydi. Ammo ular shtoklar yo'li va uzunligi bo'yicha, shuningdek, amortizatorni kuzov va osmaning detallariga mahkamlanadigan qismining konstruksiyasi bo'yicha farqlanishi mumkin.