Denov tuman 4-son kasb-hunar maktabi



Download 10,19 Mb.
bet140/194
Sana25.02.2022
Hajmi10,19 Mb.
#462709
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194
Bog'liq
Kamol aka to\'plam yangisi

Gipoidli asosiy uzatma. Bunday uzatmalar, dvigateli oldida va yetakchi ko‘prigi orqada joylashgan barcha yengil avtomobillarda, shuningdek, ayrim yuk avtomobillarida («NQR 71 PL», «MAN» va «ISUZU» avtobuslarida) qo‘llaniladi. Misol tariqasida «Damas» avtomobilining asosiy uzatmasini ko‘ramiz (1.160-rasm, b). Uzatish soni 5,125 bo‘lgan bunday uzatmada val bilan birga yasalgan yetakchi tishli g‘ildirakning o‘qi yetaklanuvchi g‘ildirakning o‘qiga nisbatan 31,75 mm pastroq siljitilgan.
Yetakchi tishli g‘ildirakning vali uzatma karterida ikkita konussimon rolikli podshipniklarda o‘rnatilgan. Podshipniklarning oralig‘iga keruvchi vtulka o‘rnatilgan. Keruvchi vtulkaning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uzatmani yig‘ish vaqtida podshipniklarni gayka bilan tortilganda, ma’lum elastiklik xususiyatiga ega bo‘lgan keruvchi vtulka, o‘rta qismida tashqi diametri tomon deformatsiyalanadi. Buning natijasida podshipniklarning doimo ma’lum darajada tig‘iz holda qisilib turishi ta’minlanadi va valning o‘q bo‘ylab siljishiga imkon bermaydi.
Yetaklanuvchi tishli g‘ildirak differensial qutisiga boltlar bilan biriktirilgan. Differensial qutisi esa ikkita konussimon rolikli podshipniklarda uzatma karteriga qopqoqlar yordamida boltlar bilan mahkamlangan. Bu rolikli podshipniklarning dastlabki tig‘izligini gaykalar bilan rostlanadi. Yetakchi tishli g‘ildirakning yetakla- nuvchiga nisbatan to‘g‘ri turish holati rostlovchi halqa bilan baja- riladi. Yig‘ilgan asosiy uzatma karteri bilan birgalikda yetakchi ko‘prikning karteriga o‘rnatiladi va boltlar bilan qotiriladi.
Silindrik asosiy uzatma. Bunday uzatmalar dvigateli ko‘ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda qo‘llaniladi. 1.160-rasm, e da «Nexia» avtomobili asosiy uzatmasining chizmasi ko‘rsatilgan. Uzatmalar soni 3,94 bo‘lgan bir juft qiya tishli g‘ildiraklardan tashkil topgan asosiy uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy karterda joylashtirilgan.
Uzatmaning tishli kichik g‘ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi vali bilan birgalikda yaxlit ishlanib, karterda bir tomonda silindrik rolikli va ikkinchi tomonda zoldirli podshipniklarda o‘rnatilgan.
Uzatmaning tishli katta g‘ildiragi differensial qutisiga boltlar bilan qotirilgan. Differensial qutisi, konussimon rolikli podshipnik­larda bir tomoni bilan ilashish muftasi karteriga, ikkinchi tomoni bilan esa uzatmalar qutisi karteriga o‘rnatilgan. Bu podshipniklar qiya tishli g‘ildiraklar ilashishidan vujudga keladigan o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchni o‘ziga qabul qiladi.
Qo‘shaloq asosiy uzatmalar yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan avtomobillarda uzatiladigan burovchi momentni oshirish uchun qo‘llaniladi.
Differensial asosiy uzatmadan avtomobilning yarimo‘qlariga burovchi moment uzatish uchun xizmat qiladi. Burilishlarda, notekis yo‘llarda, g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasi bilan ilashishi turlicha bo‘lganda g‘ildiraklarning turlicha aylanishlar soni bilan aylanishini ta’minlaydi. Masalan, bir g‘ildirak qattiq joyga, ikkinchi g‘ildirak yumshoq joyga to‘g‘ri kelib qolib, shataksiraganda shunday bo‘ladi.
Avtomobillarda shesternali konussimon differensiallar (1.162-rasm) qo‘llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:

  • yarimo‘qli shesternalar;

  • krestovinali satellitlar;

  • differensial qutisi;

  • bosh uzatmaning yetaklanuvchi shesternasi.



1.162-rasm. Shesternali konussimon differensial qutisi: 1—yarimo‘qli shesternalar; 2—differensial qutisi; 3—asosiy uzatmaning yetaklanuvchi shesternasi; 4—satellit; 5—krestovina.




Avtomobil tekis yo‘lda harakatlanganda va yetakchi g‘ildiraklari bir xil yo‘lni bosib o‘tganda satellitlar krestovina bilan birga hara- katlanib, o‘z o‘qlari atrofida aylanmaydi. Ularning tishlari shes- ternaning har ikki yarimo‘qini tutib turadi va ularni bir xil tezlikda aylantiradi. Yetakchi g‘ildiraklardan biri noqulay yo‘ldan yurib, katta qarshilikka uchrasa, satellitlar krestovina bilan birga aylanib, o‘z harakatini sekinlashtirgan yarimo‘qli shesternada dumalay boshlaydi.
Yo‘lsiz joylarda avtomobilning o‘tuvchanligini oshirish uchun majburiy blokirovkalanuvchi differensial yoki o‘z-o‘zidan blokirov- kalanuvchi differensial qo‘llaniladi. Blokirovkani ulash paytida differensialning yetakchi elementi (korpusi) tishli mufta orqali yarimo‘qli shesterna bilan qattiq birikadi, shunda yo‘l qanday- ligidan qat’i nazar, g‘ildiraklarning bir xil burchak tezligida aylanishi ta’minlanadi.
Yarimo‘qlar differensialdan burovchi momentni avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Yarimo‘qlarga to‘g‘ri keladigan eguvchi yuklamaga qarab, yarimo‘qlar to‘liq yuksizlantirilgan va qisman yuksizlantirilgan xillarga ajratiladi (1.163-rasm).


1.163-rasm. Yarimo‘qlaming chizmasi: a—to‘la yuksizlantirilgan; b—yarimyuksizlantirilgan.




To‘liq yuksizlantirilgan yarimo‘qlar ko‘prik ichiga erkin o‘rnatiladi, g‘ildirak gupchagi esa yarimo‘q flanesiga qattiq biriktiriladi. Bunday yarimo‘qlar yuk ko‘taruvchanligi o‘rtacha va katta bo‘lgan avtomobillar hamda avtobuslarda qo‘llaniladi.
Qisman yuksizlantirilgan yarimo‘qlar ko‘prik to‘sini ichida joylashgan podshipnikka tiraladi, g‘ildirak gupchagi esa yarimo‘qflanesiga qattiq mahkamlanadi. Bunday yarimo‘qlar yuk ko‘taruv- chanligi kichik bo‘lgan yuk avtomobillari va yengil avtomobillarning orqa yetakchi ko‘priklarida ishlatiladi.
G‘ildirakli uzatmalar yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan avtomobillarning ba’zi rusumlarida yetakchi ko‘prik mexanizmlariga to‘g‘ri keladigan yuklarni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Bunday uzatmalar sifatida planetar mexanizmlardan foydalaniladi, ularda burovchi moment satellitlar orqali yarimo‘qning markaziy (quyosh) shesternasidan gupchakning toj shesternasiga uzatiladi. Bunday uzatmalarda burovchi moment satellitlar orqali uch oqimga taqsimlanadi va g‘ildirak gupchagida jamlanadi, shuning uchun ularning yuklanishga va yeyilishga chidamliligi yuqori bo‘ladi.



Download 10,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish