Korpus (1) ning ichki yuzasi R radiusli (markaz «О» sfera shaklida bo‘lib, unda ham R4 radiusda «О2»markaz sharnirning «О» markaziga nisbatan masofaga siljitilgan) o‘zgaruvchan chuqurlikda oltita ariqcha o‘yilgan. Separator (3) da zoldirlar (2) joylashgan bo‘lib, R1 ichki va R2 tashqi radiusli sferasimon yuzalarga ega. Sharnirning o‘qlari bir chiziqda yotganida, zoldirlar vallarning o‘q chiziqlariga perpendikular bo‘lgan sharnirning markazidan o‘tuvchi tekislikda joylashadi. Val (5) ni уburchakka og‘dirilganida, ariqchaning torayuvchi bo‘shlig‘idan yuqorigi zoldirni o‘ngga suradi, pastki zoldir esa chapga separator bilan ariqchaning kengayuvchi bo‘shlig‘iga suriladi. Zoldirlarning markazi doimo ariqchalarning o‘q chiziqlari kesishishida joylashadi. Bu, o‘z navbatida, zoldirlarni bissektrisa tekisligida joylashishini ta’minlab, vallarni sinxron aylanish shartini bajaradi. Zoldirlarni ariqchalarda tiqilib qolmasligi uchun, ariqchalarning o‘qlari kesishadigan burchak 11°20' dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu turdagi sharnirlarning ishlash muddati taxminan 150 ming kilometrni tashkil etadi. Sharnirlarni muddatidan oldin ishdan chiqishiga, himoyalovchi rezina g‘ilofining yirtilishi sabab bo‘ldi. Bu sharnirlar oldi yetakchi va boshqariluvchi bo‘lgan g‘ildi- raklarning kardanli valning tashqi uchida o‘rnatiladi. Bunda kar- danli valning ichki uchiga osmaning ezilishi hisobiga kardanli valning uzunligini o‘zgartira olishiga imkon beruvchi universal sharnir o‘rnatiladi. GKN turdagi olti zoldirli universal kardan sharniri 1.159-rasmda keltirilgan. Sharnirning silindrsimon korpusining ichki yuzasiga ellips shaklidagi oltita bo‘ylama ariqchalar o‘yilgan. Shunday ariqchalarvalning bo‘ylama o‘qiga parallel bo‘lgan mushtchaning sferasimon yuzasida ham mavjud. Ariqchalarda separatorga joylashtirilgan oltita zoldirlar o‘rnatiladi. Mushtcha va separatorning o‘zaro ta’siridagi yuzasi sferasimon, sferaning radiusi R (zoldirlarning markazlari tekisligida yotgan markaz « O» dan a masofada). Separatorning tash- qi sferasimon qismi (radius R2) konussimon shaklga o‘tib (ko- nusning burchagi 10° atrofida), valning maksimal og‘ish burchagini taxminan 20° gacha cheklaydi. Val og‘dirilganida separator sferasining markazlarini siljitish natijasida zoldirlar bissektrisa tekisligiga o‘rnatiladi va ushlab turiladi. Bunga sabab, val og‘di- rilganida zoldir ikkita markazlar — «Ol» va «O2» ga nisbatan siljib, zoldirning markazidan o‘tuvchi, tik tekislik kesishmasida separatorning ichki va tashqi sferalarini o‘rnatilishga majburlaydi. O‘q bo‘ylab siljish korpusning bo‘ylama ariqchalarida sodir bo‘lib, kardan valining siljishi korpusdagi ariqchalarning ishchi uzunligiga bog‘liq bo‘ladi va sharnirning o‘lchamlariga ta’sir etadi. O‘q bo‘ylab siljishlarda zoldirlar aylanmasdan sirpanganligi sababli sharnirning FIK past bo‘ladi. Bu sharnirlar oldi yetakchi va boshqariluvchi bo‘lgan g‘ildiraklarning kardanli valining ichki uchida o‘rnatiladi va kardanli valning uzunligini o‘zgartira olish imkonini beradi. Katta burovchi momentlarni uzatishda sakkiz zoldirli shu turdagi kardanli sharnirlar ishlatiladi.