Yetakchi val uchta zoldirli podshipnikda o‘rnatilgan: old podship- nik maxovikning o‘yiq qismida, o‘rtangi podshipnik (17) ilashish muftasining karteriga presslab o‘rnatilgan va orqadagi podshipnik uzatmalar qutisining karterida joylashgan. Old podshipnik ilashish muftasi karteriga presslanib o‘rnatilgan salnik (19) bilan zichlangan. Yetakchi val bilan yaxlit qilib birinchi, ikkinchi va orqaga yurish uzatmasi shesternalarining tishlari yasalgan. Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi uzatmalarning shesternalari yetakchi valdagi rolikli podshipniklarga o‘rnatilgan. Shesternalarning o‘q bo‘yicha silji- masligi valdagi ariqchalarga o‘rnatilgan tayanch halqalar yordamida ta’minlanadi. IV uzatmalarning shesternalarining orasida valning shlitsali qismida ushbu uzatmalarning sinxronizatori (9) o‘rnatilgan. Valning uchiga V uzatmaning sinxronizatori (2) o‘rnatilgan, uning gupchagi esa gayka bilan mahkamlangan.
V, IV va III uzatmalar shesternalarining ignasimon podship- niklariga val dumida ishlangan kanal orqali moy uzatib turiladi. 1 12 13 14
8 91011 B
.130-rasm. Uzatmalar qutisi:
1—orqa qopqoq; 2— V uzatma sinxronizatorining sirpanuvchi muftasi; 3— V uzatmaning yetakchi shesternasi; 4—podshipniklarni ushlab turuvchi
plastina; 5—yetakchi valning orqa podshipnigi; 6—uzatmalar qutisining
karteri; 7—IV uzatmaning yetakchi va yetaklanuvchi shesternalari;
8—rolikli podshipnik; 9—III va IV uzatmalar sinxronizatori muftasining
gupchagi; 10—III uzatmaning yetakchi shesternasi; 11—II uzatmaning
yetakchi shesternasi; 12—orqaga yurishning yetakchi shesternasi; 13—I uzatmaning yetakchi shesternasi; 14—orqaga yurgizish oraliq vali;
15—orqaga yurgizishning yetaklanuvchi shesternasi; 16—ilashish muftasining
karteri; 17—yetakchi valning old podshipnigi; 18—yetakchi val; 19—yetakchi
val salnigi; 20—yetakchi valning old konussimon vali; 21—yetaklanuvchi val;
22—bosh uzatmaning yetakchi shesternasi; 23—I uzatmaning yetaklanuvchi
shesternasi; 24—I, II va orqaga yurish uzatmalarini ulaydigan sirpanuvchi
mufta; 25—orqaga yurish uzatmasi shesternasining gupchagi, I va II
uzatmalar sinxronizatori; 26—II uzatmaning yetaklanuvchi shesternasi;
27—plastina; 28—III va IV uzatmalar shesternalarining ayrilari; 29—III va IV
uzatmalarni almashlab qo‘shish shtoki; 30—yetaklanuvchi valning orqasida
joylashgan podshipnigi; 31—gayka; 32—stoporlovchi halqa;
A—ko‘ndalang yuza halqasi va sinxronizator shesternasi orasidagi tirqish;
B—o‘q babishkalarining teshigi; C—karterdagi chiqiq.