Denov tuman 4-son kasb-hunar maktabi



Download 10,19 Mb.
bet154/194
Sana25.02.2022
Hajmi10,19 Mb.
#462709
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194
Bog'liq
Kamol aka to\'plam yangisi

1.207-rasm. Disk va kolodkalar orasidagi tirqishni avtomatik rostlash: A—tormoz bo‘shatilganda zichlovchi halqaning holati; B—tormozlash jarayonida zichlovchi halqaning holati.

me’yoridagi qalinligi 10 mm, yo‘l qo‘yilgan chegaraviy qiymati 8 mm. Tormoz diski ichki tomondan burilish sapfasiga qotirilgan himoyalovchi kojux bilan berkitiladi.
Tormozlanish paytida porshen silindrda suyuqlikning bosimi ta’sirida itariladi va ichki tormoz kolodkasini support va kolodkalar yo‘naltirgichiga nisbatan suradi, so‘ng uni tormoz diskiga siqadi. Shy vaqtning o‘zida suyuqlik bosimi silindr tubiga ta’sir qilib, kolodkalar yo‘naltirgichiga nisbatan supportni suradi.
Shunda support tashqi kolodkani yo‘naltirgichga nisbatan suradi va uni tormoz diskiga siqadi. Porshenga va silindr tubiga ta’sir qilayotgan suyuqlik bosimi bir xil bo‘lganligi uchun har ikki tormoz kolodkalari diskka bir xil kuch bilan siqadi.
Tormoz pedali qo‘yib yuborilganda gidravlik tizimdagi bosim pasayadi va zichlovchi halqa o‘zining elastlikligi hisobiga porshenni ichki kolodkadan chetlashtiradi. Diskning radial urishi hisobiga tashqi kolodka support bilan birga tormoz diskidan chetlashadi. Natijada disk va kolodkalar o‘rtasida kichik tirqish hosil bo‘ladi (0,05—0,1 mm).
Tormoz kolodkalarining qoplagichi yeyilganda, qoplagich va tormoz diski orasidagi tirqish kattalashadi. Tormozlanish paytida tirqishning kattalashishi hisobiga porshen halqaga nisbatan sirg‘anadi va qoplagich yeyilgan qismini to‘ldirish uchun porshen silindrda yangi holatini egallaydi.
Shunday qilib, kolodkalar va disk orasidagi tirqish avtomatik ravishda bir xil qilib saqlanib turadi.
Orqa g‘ildiraklar tormoz mexanizmlari
Tuzilishi va ishlashi. Orqa g‘ildirak tormoz mexanizmi baraban tipida bo‘lib, o‘zi o‘rnatiluvchi kolodkalarga ega va bu kolodkalar gidravlik silindr yordamida harakatga keltiriladi (1.208-rasm).
Tormoz kolodkalari (5), ish silindri va boshqa detallar orqa ko‘prik to‘sinining flanesiga mahkamlangan shit (1) ga joylashtirilgan. Shitning pastki qismiga ikkita parchinmix bilan plastinkalar mahkamlangan, ulardan biri tormoz kolodkalarining pastki tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Har bir kolodka tayanch ustun, prujina va pastki qismida qirqimi bo‘lgan qalpoqcha yordamida tormoz shitiga mahkamlanadi.
Kolodka bilan pishang sharnir yordamida bog‘langan. Pishang- ning pastki qismiga to‘xtab turish tormozi yuritmasining trosi
285






1.208-msm. Orqa g‘ildirakning tormoz mexanizmi (a) va tormoz
silindrining detallari (b):


  1. tormoz mexanizmining tayanch diski; 2—g‘ildirak silindrining himoya
    qalpoqchasi; 3—g‘ildirak tormoz silindri; 4—kolodkalarni tortib turuvchi
    yuqorigi prujina; 5—orqa g‘ildirak tormoz mexanizmining kolodkasi;


  1. to‘xtash tormoz mexanizmining kolodkalarini keruvchi planka;

  2. to‘xtash tormoz mexanizmi yuritmasining trosi; 8—kolodkalarni yo‘naltiruvchi plastina; 9—kolodkalarni tortib turuvchi pastki prujina;

10—xrapovikli g‘ildirak to‘xtatgichining prujinasi; 11—yo‘naltiruvchi prujina;
12—ikki yelkali pishang-to‘xtatgich; 13—skoba; 14—keruvchi plankaning
uzaytirgichi; 15—xrapovikli g‘ildirakning rezbali muftasi; 16—g‘ildirak
silindrining porsheni; 17—zichlagich; 18—tayanch shayba; 19—prujina.

mahkamlangan. Chap va o‘ng kolodkalar orasiga keruvchi planka (14) o‘rnatilgan. Kolodkalar tormoz barabanidan tortuvchi prujinalar (4) yordamida ajratib turiladi.
Silindr korpusi (3) da ikkita porshen (16) o‘rnatilgan. Por- shenlar orasida tayanch shaybalar (18) ga tayangan prujina (19) o‘rnatilgan bo‘lib, u porshenlarni bir-biridan kerib turadi. Silindr- ning zichligini manjeta (17) ta’minlaydi. Porshenlarning silindrdan chiqish joyini rezina qalpoqcha (2) zichlaydi. Porshenlarning tashqi tomonidagi o‘yiqlariga kolodkalarning yuqori tayanchlari kirib turadi. Orqa g‘ildiraklar tormoz yuritmasidagi havoni chiqarib yuborish uchun silindrda maxsus shtutser bor.
Tormoz pedali qo‘yib yuborilganda tormoz kolodkalari tormoz barabanidan prujinalar (4 va 9) yordamida qaytariladi. Tormoz pedali bosilganda orqa tormoz yuritmasi konturida suyuqlik bosimi hosil bo‘ladi va uning ta’sirida silindr (16) ning porshenlari suriladi va tormoz kolodkalari (5) ni barabanga siqadi. Bunda prujinalar (4 va 9) cho‘ziladi. Kolodkalar va baraban orasidagi ishqalanish kuchi hisobiga kolodkalarning barabanga nisbatan o‘z-o‘zidan o‘rnashishi ro‘y beradi va kolodkaning butun uzunligi bo‘yicha bir tekis yeyilishini ta’minlaydi.
Kolodkalar va baraban orasidagi minimal tirqishni ta’minlash uchun tormoz mexanizmlari, to‘xtab turish tormozi ishlatilganda tirqishni avtomatik rostlaydigan moslama bor. Buning uchun keruvchi planka (4) xrapovik g‘ildirak va rezbali mufta (3) mavjud. Rezbali muftaning xrapovikli g‘ildiragiga pishangcha (6) doimo qisilib turadi.
Pishangchani o‘ng yelkasidagi qirra xrapovikli g‘ildirakning tishlari orasidagi o‘yiqlarga kirib turadi. Pishangning chap yelkasiga keruvchi vtulka rezbali muftasining sterjeni tiralib turadi. Pishangcha tormoz kolodkalari bilan skoba (2) orqali bog‘langan, prujina (5) bilan xrapovikli g‘ildirakka qisilgan va o‘ng yelkasi bilan tormoz kolodkalarining qovurg‘asiga (kolodkalar va baraban orasida nominal tirqish bo‘lganda) tayanadi.
Kolodkalarning yeyilishiga qarab keruvchi planka ko‘ndalang yuzasi va pishangcha yelkasi orasidagi tirqish ortadi. To‘xtab turish tormozi ishlatilganida xrapovikli g‘ildirak aylanadi, keruvchi plankaning uzunligi ortadi va kolodkalar bilan baraban orasidagi nominal tirqish o‘rnatiladi.

Download 10,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish