3-4 - LABORATORIYA ISHI
Ishning nomi: Taqilmali ulanma manjetli yengni tayyorlash.
Ishdan maqsad: Taqilmali ulanma manjetli yengni tayyorlashni o’rgatish.
Ishning nazariy qismi.
Plankaning o‘ng tomonini asosiy detalning teskari tomoniga qaratib qo‘yib, universal mashinada ag‘darma chok bilan tikib olinadi. Planka bezak bilan ishlov berilishi kerak bo‘lsa, avval plankaning bir tomoni burmalari tayyorlangan qo‘yma burma yoki to‘r tikib olinadi. Bezak sifatida boshqa rangli gazlamadan tanda ipiga 450 qiya qilib bichilgan va uzunasiga ikki buklab dazmollangan mag‘iz ishlatilishi ham mumkin.
1. Manjetni yeng uchlariga tikish
|
UM
|
|
Manjet yengning teskarisiga qo’yib chokini yeng chokiga to’g’rilab to’g’nog’ich yordamida to’g’naladi. Qirqimlarini qirqimlariga to’g’ri keltirib ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanadi. Universal mashinada 0.7 sm chok haqi kengligida tikiladi.
|
2.Manjet yeng uchlariga tikilgan chokni dazmollash
|
Dazmol
|
|
Manjet yeng uchlariga tikilgan chokdagi ko’klash iplari olib tashlanadi. So’ngra choklar yeng tomonga yotqizib dazmollanadi.
|
3.Manjet yeng uchlariga tikilgan chokni yo’rmalash
|
|
|
Manjet yeng uchlariga tikilgan chok haqi qirqimlari bitta qilib maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
4. Chok haqini yeng tomonga bostirib tikish
|
UM
|
|
Manjet yeng uchlariga tikilgan chok haqini yeng tomonga bukib biriktirma chokdan 0.1-0.2 sm masofada yengga bostirib tikiladi. Qaytarma manjetni yenglar chokiga yashirin qaviqda qaytarib manjetni tepa ziyidan 0.5 sm da tikiladi.
|
Yeng uchiga manjet ulash texnologik ketma-ketlik kartasi
1-jadval
3-rasm. Taqilmali ulanma manjetli yengni tayyorlash
4. Ish joyini jixozlash.
1. Tanlab olingan model.
2. Yeng, eng andozasi, astarlik gazlama.
3. Qaychi, mel, ip, dazmol
4. Tikish uchun mashina
5. Kerakli malumotlar.
5. Ishni bajarish tartibi.
Nazariy qismda aytib o‘tilganday, engni tayyorlab olinib, keyin eng o‘miziga o‘tkaziladi.
6. Hisobot mazmuni.
1. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich malumot.
2. Yeng o‘miziga o‘tkazilgan eng.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
7. Nazorat uchun savollar.
1. Yeng xajmini shaklini saqlash uchun nima qo‘yiladi?
2. Tirsak choklari qanday dazmollanadi?
3. Yengni qanday bukiladi?
4. Yeng eng o‘miziga qanday chok bilan o‘tkaziladi?
5. Yengda solqilar nima uchun xosil qilinadi?
6. Yengni tekshirishda qanday tekshiriladi? To‘g‘ri o‘tkazilganini bilish uchun.
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. M.SH.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" Toshkent 1977y.
2. G.K.Qulijonova "Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi" Toshkent 2002y.
3. "Ayollar ust kiyimining tikuvchisi, chevar" o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2003y.
Do'stlaringiz bilan baham: |