Tuzilishi va ishlashi (1.211-rasm). Korpus (15) va qopqoq (17) o‘rtasida o‘rnatilgan diafragma (16) kuchaytirgichini vakuum A va atmosfera E bo‘limlariga ajratadi. Vakuum bo‘limi shlang yordamida dvigatelning kiritish quvuri bilan ulanadi.
Klapan (4) korpusida elastik disk shaklida yasalgan bufer (18), porshen (14), turtki (9) bilan birgalikda rostlovchi klapan (13), prujinalar (12 va 17), havo filtri (7) joylashgan. Porshen (14) ning o‘yig‘iga tayanch plastina (bufer) (18) ning bir tomoni kirib turadi, ikkinchi tomoni esa klapan (4) ning korpusida o‘tiradi. Turtkich (9) ning sharsimon uchligi porshen (14) da siqilib o‘tiradi.
Shtok (2) ning korpusdan chiqish joyi manjet (20) bilan zichlanadi. Klapan (4) korpusining korpus (15) dan chiqish joyi manjet (21) yordamida zichlanadi. Klapan (4) ning uchligi va zichlagich (21) rezina g‘ilof (5) bilan himoyalangan.
Dvigatel ishlab turganida kiritish quvuridagi siyraklanish shlang orqali kuchaytirgichning A bo‘shlig‘iga uzatiladi. Tormoz pedali
1.211-rasm. Vakuum kuchaytirgich:
1—porshen shtokining rostlovchi vinti; 2—kuchaytirgich porshenning shtoki; 3—eziluvchan disk; 4—qaytariluvchi prujina; 5—changdan saqlovchi g‘ilof; 6—separator; 7—havo filtri; 8—tormoz pedali; 9—turtkich; 10—tayanch chashka; 11—qaytaruvchi prujina; 12—rostlovchi klapan prujinasi; 13—rostlovchi klapan; 14—kuchaytirgichning havo klapani; 15—kuchaytirgich korpusi; 16—diafragma; 17—kuchaytirgich korpusining qopqog‘i; 18—bufer; 19—prujina; 20, 21—zichlagich; A—vakuum bo‘shlig‘i; B—A, D va E bo‘limlarni bog‘lovchi siyraklashish kanali; D— havo kiritish kanali; E—atmosfera bo‘shlig‘i.
bosilmagan bo‘lsa, siyraklanish A bo‘limidan kanal B, korpus- dagi klapan (4) va rostlovchi klapan (13) orasidagi tirqish, kanal D orqali atmosfera bo‘limi E ga uzatiladi. Bu holda bosim A va E bo‘limlarida teng bo‘ladi.
Tormoz pedali bosilganda turtkich (9) porshen bilan birgalikda siljiydi. Bunda klapan (13) ning harakatlanuvchi qismi prujina (12) yordamida korpus (4) dagi klapan egariga o‘tiradi hamda A va E bo‘limlarini bir-biridan ajratadi. Turtkichning siljishi davom etib, porshen klapan (13) dan uzoqlashadi va E bo‘limiga havo filtri (7), porshen va klapan orasida hosil bo‘lgan tirqish va kanal D orqali havo kiradi. E bo‘limida atmosfera bosimi hosil bo‘ladi, A bo‘limida esa siyraklanish saqlanib qoladi. E va A bo‘limlardagi bosimlarning farqi tormoz pedaliga qo‘yilgan kuchga qo‘shimcha kuch bo‘ladi va klapan korpusi (4) ni diafragma (16) va shtok (2) bilan birga harakatlantirib, bosh silindr porshenlarini siljitadi.
Tormoz pedalini bosish to‘xtatilsa, klapan (4) ning korpusi unga jipslashib turgan klapan (13) bilan birgalikda klapan (13) porshen ko‘ndalang yuzasiga tiralguncha siljiydi. E bo‘limiga havo- ning kirishi to‘xtaydi va klapan (4) ning korpusi ma’lum bir holatni egallaydi. Agar shu holda pedal bo‘shatib yuborilsa, porshen klapani korpusdan chetlashadi va E bo‘limida bosim pasayadi. Prujina (19) ning ta’sirida korpus (4) klapan (13) ga tekkuncha siljiydi.
Agar pedal to‘liq oxirigacha bosilgan bo‘lsa, porshen (14) va klapan (13) orasidagi tirqish saqlanib turadi va havoni E bo‘li- miga kirishi davom etadi. Pedaldagi kuch olinsa, qaytarish prujina- sining ta’sirida turtkich (9) va porshen (14) boshlang‘ich holga qaytadi. Bunda klapan (13) porshen (14) bilan korpusdan siqib chetlanadi va A hamda E bo‘limlaridagi bosim tenglashadi. Klapan korpusi diafragma va shtok (2) bilan birgalikda qaytaruvchi prujina ta’sirida boshlang‘ich holatga qaytadi.
Bosimni cheklash klapani orqa g‘ildiraklar tormoz mexaniz- mining gidravlik yuritmasida boshqaruv bosimining qiymatiga (pedaldagi kuchga) qarab bosimni rostlaydi (1.212-rasm). Klapan korpus (1) dan, uning ichida manjet (3) bilan zichlangan porshen (2) dan tashkil topadi. Porshen prujina (5), tayanch shayba (6) orqali, klapan (7)ning egariga siqilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |