Ishchi tormoz tizimi avtomobilning barcha ish tartiblarida uning tezligini pasaytirish va butunlay to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Avtomobilga tormoz berish uchun haydovchi tormoz pedalini bosishi lozim. Bu tizim tormoz tizimlari ichida eng samaralisi hisoblanadi. Ehtiyot tormoz tizimi asosiy ishchi tizim ishlamay qolgan hollarda avtomobilni to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Ishchi tizimga nisbatan tormozlash samarasi pastroq bo‘ladi. Ko‘pincha ehtiyot tormoz tizimi vazifasini ishchi tormoz tizimining soz qismi (konturi) yoki to‘liq to‘xtatib turish tizimi bajarishi mumkin. To‘xtatib turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilni joyida tutib turish, o‘z-o‘zidan yurib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xizmat qiladi. Bu tormozni haydovchi qo‘l tormozi richagi orqali ishga tushiradi (richagni yuqoriga tortib qo‘yadi). Qo‘shimcha tormoz tizimi to‘liq massasi 5 t.dan ortiq yuk avtomobillarida va to‘liq massasi 12 t.dan ortiq avtobuslarda albatta bo‘lishi shart. Yo‘lning uzundan uzoq pasaygan joylarida tormozlash uchun qo‘llaniladi. Uzunligi 6 km va qiyaligi 7° bo‘lgan yo‘llarda 30 km/soat tezlikda yurishni ta’minlashi lozim. Ba’zi avtomobillarda sekinlashtiruvchi tormoz vazifasini dvigatel o‘taydi (uning chiqarish quvuri maxsus to‘siq bilan berkitib qo‘yiladi). Bundan tashqari, dvigatelni kompression ish tartibiga o‘tkazish yo‘li bilan ham avtomobilni sekinlashtirish mumkin. Umumiy holda tormoz tizimi quyidagilardan iborat:
tormoz mexanizmi;
tormoz yuritmasi.
Tormoz tizimi ishga tushirilganda tormoz mexanizmi g‘ildirak- larning aylanishiga to‘sqinlik qiladi, natijada g‘ildiraklar bilan yo‘l qoplamasi orasida tormozlash kuchi paydo bo‘lib, avtomobilni to‘xtatadi. Tormoz mexanizmlari bevosita avtomobilning old va orqa g‘ildiraklariga o‘rnatiladi. Tormoz yuritmasi kuchni haydovchining oyog‘idan tormoz mexanizmlariga uzatadi. Mexanik tormoz yuritmasi ishchi tormoz tizimining yuritmasi sifatida hozir butunlay qo‘llanilmaydi. Tormoz gidroyuritmasi barcha yengil avtomobillar va to‘liq og‘irligi 7,5 t.gacha bo‘lgan yuk avtomobillarida qo‘llaniladi, pnevmoyuritma bilan birgalikda gidroyuritma katta yukli avtomobillarda qo‘llaniladi. Gidroyuritma quyidagilardan iborat:
bosh tormoz silindri;
ishchi tormoz silindrlari;
gidrovakuumli kuchaytirgich;
naychalar;
tormoz pedali (mahkamlash elementlari bilan).
Tormoz pedalini bosilganda bosh silindr porsheni suyuqlikka bosim beradi, suyuqlik naychalar bo‘yicha g‘ildiraklarning ishchi silindrlariga boradi. Suyuqlik aslida deyarli siqilmaganligi uchun bosim kuchini to‘laligicha g‘ildiraklarning tormoz mexanizmlariga uzatadi. Tormoz mexanizmlari bu bosim kuchini g‘ildiraklarning aylanishiga qarshilik kuchiga aylantiradi va avtomobilni tormozlaydi. Agar tormoz pedali bo‘shatilsa (ya’ni pedalni bosmay qo‘yilsa), suyuqlik naychalar bo‘yicha teskariga oqib, bosh tormoz mexanizmiga ketadi va g‘ildiraklar tormozlash kuchidan «qutuladi». Gidrovakuumli kuchaytirgich tormoz mexanizmiga uzatiladigan qo‘shimcha kuchni hosil qilishni yengillashtiradi va tormoz tizimini boshqarishni osonlashtiradi. Tormoz tizimlarining ishonchliligini oshirish uchun turli qurilmalar qo‘llanilmoqda, bular tormoz tizimi qisman ishdan chiqqanda uning ishga yaroqliligini saqlab qoladi. Masalan, tormoz yuritmasi ishdan chiqqan taqdirda uni o‘z-o‘zidan uzib qo‘yadigan bo‘lgich qo‘llaniladi. G‘ildiraklarning tormoz mexanizmlari Tormoz kuchini hosil qilish vazifasini tormoz mexanizmi bajaradi. Tormoz mexanizmlari g‘ildiraklarda yoki transmissiyada joylashgan bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmi qancha katta qarshilik hosil qilsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Uning maksimal qiymati g‘ildirak va yo‘l orasidagi ilashishga hamda yo‘ldan g‘ildirakka ta’sir qiluvchi vertikal reaksiyaga (Rz) bog‘liq, ya’ni: Pi max=Rzq>, bu yerda,
Ilashish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, quruq asfalt yo‘lda (^=0,8) tormozlanish samaradorligi yaxshi bo‘lsa, xuddi shu yo‘lda yomg‘irdan keyin (^=0,5) tormozlanish samaradorligi pasayadi. G‘ildirak bilan yo‘l orasidagi ilashish yaxshi bo‘lishi uchun g‘ildirak g‘ildirashi kerak. Agar g‘ildirak g‘ildirashdan to‘xtasa, ya’ni blokirovkalansa, u holda g‘ildirak yo‘l ustida sirpanadi va ilashish koeffitsiyenti 20—30 foizga kamayadi. Friksion tormoz mexanizmlari keng tarqalgan bo‘lib, ularning ishlash prinsipi aylanuvchi detallarning qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishiga asoslangan. Aylanuvchi detallarning shakliga qarab, tormoz mexanizmlari barabanli va diskli bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmlari quyidagi mezonlar orqali baholanadi:
samaradorligi;
barqarorligi;
muvozanatlashgani;
reversivligi.
Old g‘ildiraklar tormoz mexanizmlari Tuzilishi va ishlashi. Old g‘ildiraklarda diskli, harakatlanuvchan supportli tormoz mexanizmi ishlatilgan (1.206-rasm). Bu turdagi tormoz mexanizmining tuzilishi sodda, ixcham, yengil va g‘ildirak ichiga o‘rnatish uchun yaxshi moslangan. Tormoz mexanizmini yig‘ish va qismlarga ajratish juda ham yengil bajariladi. 1.206-rasm. Old g‘ildiraklar tormoz mexanizmi
(a) va uning detallari (b): 1—support; 2—tormoz mexanizmining himoya g‘ilofi; 3—tormoz diski; 4—g‘ildirak gupchagi; g‘ildirak gupchagining gaykasi; 6—himoyalovchi
g‘ilof; 7—zichlovchi halqa; 8—porshen; 9—kolod-
kalarning yo‘naltiruvchisini burish sapfasiga mah-
kamlaydigan bolt; 10-yo‘naltiruvchi barmoq;
11—kolodkalarni yo‘naltiruvchi kronshteyn;
12—plastinkasimon prujina; 13—kolodka qistirmasi;
14—tormoz kolodkalari; 15—kolodkalarning friksion
qoplamalari; 16—havo chiqarish shtutseri;
17—tormoz suyuqligini keltiradigan shlang.
Tormoz mexanizmida aylanuvchi detallarga disk (3), gupchak (4) kiradi. Aylanmaydigan detallarga esa support (1), tormoz kolodkalari (14), yo‘naltirgich (11) va himoyalovchi g‘ilof (2) kiradi. Kolodkalari yo‘naltirgich skoba shaklida yasalgan bo‘lib, to‘rtta bo‘rtiqchaga ega. Bo‘rtiqchalarning ikkitasida burilish sapfasiga qotirish uchun rezbali teshiklar yasalgan. Qolgan ikkitasida supportli barmoqlar (10) uchun teshiklar ishlangan. Kolodkalar yo‘naltirgichga plastinasimon prujina (12) yorda- mida siqiladi. Bu tormoz kolodkalarining yo‘naltirgichga zich o‘tirishini ta’minlaydi va ularning tebranishiga va shovqin chiqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Support (1) g‘ildirak silindri bilan birgalikda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yandan yasalgan. Support ikkita barmoq yordamida kolodkalar yo‘naltiruvchisiga bog‘lanadi va siljuvchi «suzuvchi» skoba hosil qiladi. Tormoz kolodkalarining asosi po‘latdan yasalgan bo‘lib, ularga friksion qoplama (15) yopishtirilgan. G‘ildirak silindrining ichki bo‘shlig‘iga ichi bo‘sh porshen o‘rnatilgan va u silindr bilan rezina manjet yordamida zichlangan. Manjetning ko‘ndalang qirqimi trapetsiyasimon shaklga ega va u silindrning ariqchasida joylashib, porshenni to‘liq qamrab oladi. Silindr bo‘shlig‘i rezina g‘ilof bilan himoyalangan. Rezina g‘ilof chetlari porshen va silindr o‘yiqlariga yotqizilgan. Silindrda ikki teshik ochilgan. Ulardan biriga tormoz yuritmasidagi havoni chiqa- rish uchun shtutser (16) burab kirgizilgan, ikkinchisiga esa silindrga tormoz suyuqligini uzatuvchi shtutser shlangi (17) o‘rnatilgan. Tormoz diski kulrang cho‘yandan tayyorlangan. Disk gupchagida g‘ildirak diskini mahkamlovchi boltlar o‘tishi uchun to‘rtta teshik mavjud. Diskning ish yuzasi yuqori aniqlikda bajarilgan. Diskning