Denov tadbirkorlik va pedagogika


rasm. Korxona menejerlarining darajalari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/231
Sana12.06.2022
Hajmi5,99 Mb.
#657758
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   231
Bog'liq
UMK MENEJMENT AKBAR

 
6.1. rasm. Korxona menejerlarining darajalari
9
 
 
Quyi darajadagi menejerlar(kichik boshliqlar) bevosita ishchilar va boshqa 
xodimlarga (boshqaruvchilarga emas) rahbarlik qiladilar. Ularning zo‘raki ishi 
bitta vazifadan boshqasiga tez tez o‘tish bilan ta‘riflanadi. Qarorlarni amalga 
oshirish uchun vaqtli davr g‘oyatda qisqadir. 
O‘rtacha 
darajadagi 
menejerlari 
kichik 
boshliqlarning 
ishini 
muvofiqlashtiradilar va nazorat qiladilar. Ular odatda tashkilotdagi yirik 
bo‘linmalarni boshqaradilar va yuqori va quyi darajalardagi rahbarlar o‘rtasidagi 
o‘ziga xos bufer bo‘ladilar. 
9
Ricky W. Griffin. ―Fundamentals of management‖. Eighth Edition. year 2015 . 


95 
Yuqori darajadagi menejerlar umuman tashkilot uchun qarorlar qabul qilishga 
javob beradilar. Ularning ishi aniq yakunlanishga ega emas, katta tavakkalchilikka 
ega. Bu bo‘g‘in menejerlari boshqa bo‘g‘inlar menejerlariga qaraganda ancha 
kamroqdir. Ularning mehnati yuqori baholanadi, qoidaga ko‘ra yaxshi haq 
to‘lanadi. 
G‘arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladi:
―top management‖- ya‘ni boshqaruvning yuqori bo‘g‘ini(bosh direktor va 
boshqaruvning boshqa a‘zolari); 
―middle management‖- boshqaruvning o‘rtacha bo‘g‘ini(boshqarmalar va 
mustaqil bo‘limlar rahbarlari); 
―tower management‖-boshqaruvning quyi bo‘g‘inlari(bo‘linmalar va ularga 
o‘xshash boshqa bo‘limlar rahbarlari).
Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo‘ladi. Hozirgi 
vaqtga qadar menejmentning vatani bo‘lgan AKSHda ratsional turdagi menejerlar 
ustivorlik qilgan, ular ko‘proq muxandislik –iqtisodiy ko‘nikmalarga va 
boshqaruvga yondashuvlarga ega bo‘lganlar. Ammo hozirgi vaqtda endi yangi 
turdagi menejerlar paydo bo‘ldilar, ular asta- sekin ishlab chiqarishdagi insoniy 
omillarni hisobga olish tomoniga yuz o‘girmoqdalar. Buning ustiga, bu turli 
tumanliklar ishga doir hulqqa xos alomatlarni kasb etmoqdalar. 
Yana shuni ta‘kidlash zarurki, ierarxiyaning darajasi qancha yuqori bo‘lsa, 
menejerning shuncha ko‘p ish vaqti strategik, istiqbolli vazifalarni hal qilishga 
sarflanishi kerak. Pastroq darajada, aksincha, menejer ko‘proq operativ masalalar 
bilan shug‘ullanishi kerak. Yuqori darajadagi menejerlar ish vaqtining quyidagi 
tuzilmasi tavsiya etiladi: strategik vazifalar vaqtning- 60%, taktik- 25%, 
operativ- 15%, o‘rtacha darajadagi menejerlar tegishli ravishda 20, 50,va 25%; 
quyi bo‘g‘in menejerlari 10, 25 va 65%. 
To‘g‘ri chiziqli va vazifaviy menejerlarni ham ajratish mumkin. Birinchilar 
tashkilotlar, muassasalar, tsexlarni boshqaradilar, ikkinchi- lari vazifaviy 
bo‘linmalarga rahbarlik qiladilar. 
Menejerlar jamiyatda sezilarli rolni o‘ynovchi ijtimoiy qatlamni tashkil 
qiladilar. Menejerlar asosan xususiy kompaniyalarda ishlaydilar. Ularning 
boshqaruvdagi alohida rolini tan olinishi kasbiy ajratilish, maxsus tayyorgarligi 
haqidagi masalani qo‘ydi. 
Tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra, zamonaviy rahbar faqat 15 -20 % 
o‘z sohasidagi mutaxassis bo‘lishi kerak, u hammadan avval tashkilotchi, 
ruhshunos, sotsiolog bo‘lishi kerak. Zamonaviy korxonalar ko‘proq darajada inson 
e‘tibor markazida turadigan sotsiotexnik tizimlar bo‘yicha mutaxassislarga 
muhtojlar. Har qanday darajadagi menejerni oldiga butun bir qator talablar 
qo‘yiladi. U quyidagi asosiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak: 

zamonaviy tashkilotni boshqarish sohasidagi bilimlar va tajriba- ning 
mavjudligi; 

faoliyatning turi va xarakteri bo‘yicha tashkilot tegishli bo‘lgan sohaning 
holati va rivojlanishi masalalarida (tadqiqotlarning holati, texnika, texnologiya, 
raqobot, mahsulotga talabning dinamikasida) omilkorlik; 


96 

nafaqat ma‘muriy boshqarish, balki tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish, 
bozordagi vaziyatni boshqarishni bilish, tashabbus ko‘rsatish va firma resurslarini 
qo‘llashning foydaliroq sohalarida faol qayta taqsimlash; 

yuqori dinamiklik va noaniqlik sharoitida quyida turuvchi rahbarlar va 
xodimlar bilan kelishish asosida omilkor qarorlarni asoslash va qabul qilish, 
ularning qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishdagi ishtirokini taqsimlashni 
bilish; 

asosiy bozorlar yoki ularning hozir ishlanayotgan yoki ishlamoqchi bo‘lgan 
segmentlaridagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish sohasidagi amaliy bilimlar va 
tajribaning mavjudligi; 

yuqori madaniyat, soflik, hamma narsada namuna bo‘lish qobiliyati; 

raqib firmalar faoliyati va harakatlarini tahlil qilishni bilish; 

tashkilot resurslarini boshkarish qobiliyati va bilishi; 

tashkilot ishini bashorat qilish va rejalashtirishni bilish; 

tashkilotni boshqarish va faoliyat yuritishning samaradorligini oshirish 
usullariga egalik qilish; 

zamonaviy axborot texnologiyalari, kommunikatsiya va aloqa vositalariga 
egalik qilish; 

odamlar bilan ishlash, ularga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati va bilimi, buning 
uchun zarur bo‘lgan dilkashlik, adolatlikka ega bo‘lish, ‖insoniy munosabatlar‖ni 
bilish; 

o‘zini o‘zi va o‘z vaqtini boshqarishni bilish; 

masalalarni hal qilishda qat‘iylik, g‘ayratlilik, dinamiklik; 

rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o‘zaro aloqasini hisobga olish bilan 
odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatishni bilish; 

bilimlar va farosatlilik (tashkilotdagi aniq sharoitlarni bilish, ularda o‘z 
yo‘lini topa bilish, farosatli va topqir bo‘lish); 

o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishni bilish, tashkilotdagi ma‘lum sharoitlarda 
boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hisobiga o‘zini qo‘llab quvvatlash;

o‘z mamlakati va boshqa mamlakatlardagi, firma o‘zining o‘rinini 
kuchaytirish yoki ishlab qolishga intilayotgan bozorlardagi xo‘jalik holatini 
rivojlanishi, talabning xususiyatlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
choralari tendentsiyalarini oldinda ko‘ra olishni bilish. 
Menejerlar 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish