Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


ME’DA OSTI BEZI Me’da osti bezi -



Download 0,5 Mb.
bet62/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

ME’DA OSTI BEZI Me’da osti bezi - pancreas qorin bo’shlig’ining orqa tomonida I-II bel umurtqalari qarshisida, me’daning orqasida ko’ndalang holatda yotadi. Me’da osti bezining ko’pchilik qismi yuqori qorin soha - regio epigastrica da, kamroq qismi esa chap qovurg’a osti sohasi (hypochondrica sinistra) da joylashgan bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismidan to taloq darvozasiga qadar yetib boradi. Bu bez kattalikda jigardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bezning uzunligi 16-22 sm, kengligi 3-8 sm, qalinligi 2-3 sm, og’irligi 70-90 g. U yumshoq tushti-kulrang bo’lib, juda ko’p bo’laklardan iboratligi yaqqol bilinib turadi. Oldindan orqaga qarab yassilangan bu bezda bosh - caput pancreatis, tana- corpus pancreatis va dum -cauda pancreatis qismlariga bo’laniadi. Me’da osti bezining boshi boshqa qismlarga qaraganda katta bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismiga o’zining yo’li bilan qo’shiladi. Ko’pincha bezning bosh qismida ilmoqsimon o’siq proceaaus uncinatus ni ko’rish mumkin. Bezning boshi tanasiga o’tish joyida kemtik joy hosil bo’ladi, bu qism incisura pancreatis deb atalib, shu yerdan yuqori tutqich arteriyasi va venasi o’tadi. Ana shu kemtik joy taxminan 15% hollarda ingichkalashgan bo’lib, bez bo’yni - collum pancreatis deb ataladi. Me’da osti bezning tansi uchburchak asosli prizmaga o’xshaganligi tufayli unda uchta yuza va uchta qirra 55 tafovut qilinadi. Old yuza - facies anterior bir oz botiq bo’lib, me’daning orqa devoriga tegib turadi. Me’daning orqa yuzasi - facies posterior qorinning orqa devoriga qaragan bo’lib, qorin o’rtasiga, pastki kavak venaga va chap buyrak venasiga tegib turadi. Pastki yuzasi - facies inferior bezning bir oz oldinga qarab turgan kambar qismi bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning och ichakka o’tish joyidagi bukilmagan och ichak qovuzloqlariga va ko’ndalang chambar ichakning uchiga tegib turadi. Bu sanab o’tilgan yuzlar bir-yuiridan uchta qirra (qirg’oqlar) - oldingi qirg’oq - margo anterior, yuqorigi qirg’oq - margo superior va pastki qirg’oq - margo inferior vositasida ajralib turadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, me’da osti bezining tanasi hamisha uch burchakli bo’lavermaydi, ba’zan u yassi bo’lishi ham mumkin. Bunday hollarda albatta yuqorida aytib o’tilgan yuzalar va qirralar yaqqol ko’rinmaydi. JIGAR Jigar - hepar qorin bo’shlig’ining yuqori qavatida joylashgan bo’lib, diafragama tegib turadi. Jigarning ko’p qismi o’ng qovurg’a osti sohasida (regio hypochondrica dextra), bir qismi qorinning yuqori sohasiga (regio epigastrica propria), juda oz qismi esa chap qovurg’a osti sohasida regio hypochondrica turadi. jigar organizmdagi bezlarning eng kattasi bo’lib, og’irligi taxminan 1500 g, ya’ni katta kishilarda gavda og’irligining 1/50 qismini, chaqaloqlarda esa 1/20 qismini tashkil qiladi. jigar qizg’ish-kulrang tusda bo’lib, ushlab ko’rilganda qo’lga juda yumshoq unnaydi. Jigarning uzunligi 20-22 sm, eni 10-12 sm, qalinligi 7-8 sm. Normal holatdagi jigar qovurg’a ravog’idan tashqari chiqmaydi. Jigarning joylashishiga va atrofini o’ragan a’zolarga qarab diafragamaga tegib turgan yuzasi - facies diaphragmatica, pastki a’zolarga qaragan yuzasi - facies visceralis , orqaga qaragan yuzasi - facies posterior tafovut qilinadi. Ustki va ostki yuzalar old tomondan birlashib, old o’tkir- qirg’oq - margo anterior ni va hosil qiladi. Me’da o’zining kichik egriligi bilan jigarning chap jigarning chap bo’lagiga tegib turadi va o’z izi - impressio gastrica ni qoldiradi. Chap sagittal chuqurchadan bir oz chaproqda charvi tomonga qarab ko’tarilib turgan do’mboqlik bo’lib, u tuber omentale deb ataladi. Chap sagittal chuqurga parallel yotgan o’ng sagittal chuqur - fossa sagittalis dextra jigarning o’ng bo’lagi - lodus hepatis dextra da bo’lib, uning old yarmida o’t pufagi joylashgani tufayli fossa vesica fellea deb ataladi. Orqa yarmi u qadar chuqur bo’lmagan egat shaklida bo’lib, unda pastki kovak venasi joylashganligi uchun sulcus vena cava inferior deb ataladi. O’ng sagittal chuqurning old va orqa qismlari bir-biridan kichkina dumsimon o’siq-processus caudatus hepatis vositasida ajralib turadi. Yuqorida aytib o’tilgan ikkita sagittal chuqur o’rtasida ko’ndalang joylashgan va yana bitta chuqurcha bor bo’lib, bu chap sagittal chuqur bilan o’t pufagi joylashgan chuqurchaning orqa tomonini birlashtirib turadi. Shunday qilib, o’ng va chap sagittal chuqurlar bilan ko’ndalang chuqur birgalikda “N” harfiga o’xshaydi. O’rtadagi ko’ndalang chuqur orqali jigar ichiga darvoza venasi, jigar arteriyasi, nervlar kiradi va u yerdan umumiy o’t yo’li (ductus choledochus) limfa tomirlari chiqadi. Shuning uchun bu ko’ndalang chuqurcha sohasi jigarning darvozasi - porta hepatis deb ataladi. Jigarning pastki yuzasida, o’ng va chap sagittal chuqurlar old yarmining o’rtasida ularni bir-biridan ajratib turadigan kvadrat shaklidagi bo’lak - lobus quadratus yotadi. Kamdan-kam hollarda bu bo’lak jigar parenximasidan hosil bo’lgan pilakcha (plastinka) yordamida jigarning chap bo’lagi bilan qo’shilib turadi. Kvadrat bo’lakdan orqada yana bir dumli bo’lak - lobus caudatus bor. Bu bo’lak jigar darvozasining orqa tomonida chap va o’ng sagittal chuqurlar o’rtasida joylashgan caudatus ning old va chaproq tomonida so’rg’ichsimon o’siq - processus papillaris va o’ng tomonida dumsimon o’siq - processus caudatus turadi. Jigarga tegib turadigan a’zolar o’z izini qoldiradi. Yuqorida aytib o’tilgan yurak va me’da izlaridan tashqari, jigarning orqa yuzasida qizilo’ngach izi - impressio esophagea chap sagittal chuqurchasiga to’g’ri keladi IV umurtqa izi- impressio vertebralis jigarning dumli bo’lgan yotgan joyiga to’g’ri keladi, jigarning pastki o’ng yuzasida o’ng buyrak va buyrak usti bezlarining izlari - impressiones renalis et suprarenalis, me’da izi - impressio gastrica, o’n ikki barmoq ichak izi - impressio duodenales, yo’g’on ichak izi - impressio colica bor. Jigarning joylashishi. Jigarning kattagina qismi o’ng qovurg’a osti sohasida, chap bo’lagining ozigina qisman chap qovurg’a osti sohasida joylashgani yuqorida aytib o’tilgan edi. Jigarning yuqori chegarasi diafragama gumbazining pastki yuzasiga mos kelib, uning eng ko’tarilib chiqqan joyi IV qovurg’a oralig’iga to’g’ri keladi. O’rta chiziq bo’yicha jigarning yuqori chegarasi V qovurg’a tog’ayining to’sh suyagi bilan birikkan joyiga, chapi VI qovurg’a tog’ayining birikish joyiga to’g’ri keladi, so’ng chapga va yuqoriga qarab yo’nalib, VII va VIII qovurg’alarning tog’aylari birikkan joyga yetadi. Jigarda 5 ta naysimon to’r (sistema) mavjud:
1) o’t yo’llari,
2) darvoza vena tarmoqlari,
3) arteriyalar,
4) jigar venalari,
5) limfa tomirlari.
Kavak va darvoza tomirlarining yo’nalishi bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Qolgan naysimon chigallar darvoza vena tolalari bilan yonma-yon yotib tomir sekretor (shira ishlab chiqarish) tutamini hosil qiladi, burarga nervalar ham qo’shiladi. Limfa tomirlarining bir qismi jigar venalari bilan chiqadi. Shunday qilib, jigarda ikkita qon tomir to’ri mavjud: biri darvoza venasining tarmoqlanishi hisobiga hosil bo’lsa, ikkinchisi kavak vena to’ri bo’lib, bu jigar venasi (v.hepaticae) jigardan qonni pastki kavak venasiga olib boruvchi vena chigalidir. Bundan tashqari, yana uchinchi - kichik chigali ham bo’lib, u v.umblicales tarmoqlari vositasida yuzaga keladi va tug’ilgandan so’ng jigarning dumaloq boylamiga aylanadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish