Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet71/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

YORG’OQ Yorg’oq (scrotum) - erlik olati ildizi bilan oraliq o’rtasidagi teri xaltasi bo’lib, unda moyaklar joylashadi. Kattalarda va ayniqsa baquvvat kishilarda yorg’oq usti muskullarning yaxshi qisqarishi tufayli mayda burmalar bilan qoplangan. Yorg’oq balog’atga yetgunga qadar sekin, so’ngra tez rivojlanadi. Uning go’shtdor paradasi (qavati) bola tug’ilgan vaqtdayoq yaxshi rivojlangan bo’ladi. Yorg’oq terisi organizmning boshqa qismlaridagi teridan o’zining yupqaligi, nozikligi va cho’ziluvchanligi (elastik) bilan farq qiladi. U ter, yog’ bezlari va pigmentga boy. Yorg’oq o’rtasidan chok - raphe scroti o’tadi va uni ikkiga bo’ladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, yorg’oq terisi ostidagi yog’ qatlami o’rnida go’shtdor qavat - tunica dartos bo’ladi (moyak pardalari haqidagi ma’lumotga qaralsin).
KUPER BEZLARI Siydik chiqarish kanali so’g’onining bezlari yoki Kuper bezlari glandulae bulbourethralis deb ataluvchi bir juft bezlar yumaloq, qattiqroq bo’lib, kattaligi no’xatday keladi. Ular bir-biriga yaqin turadi va kanalning parda qismi orqasida, olat so’g’onining ustida joylasshadi. Ularning naychalari ingichka va anchagina uzun bo’lib, olat so’g’onining moddasi ichidan o’tib, siydik chiqarish kanalining so’g’on qarshisidan qismga ochiladi.
PROSTATA BEZI Prostata bezi - glandula prostata siydik chiqarish kanalining boshlang’ich qismini o’z ichiga olib, o’rab qovuqning tagida turadi. Qizg’ish rangdagi, ancha quruq bu bez juda murakkab tuzilishga ega. Uning kengroq tomoni (asosi) - basis prostatae yuqoriga qaragan, toraygan tomoni (cho’qqisi) - apex prostatae pastga qaragan holda turadi. U ikki bo’lakka, ya’ni o’ng va chap bo’laklar - lobus dexter, lobus sinister ga bo’linadi. Bu ikki bo’lakning chegarasi bezning oldingi yuzasidan o’tuvchi egat - sulcus prostate dir. Ana shu egat bezning yuqori qirg’og’iga yetgach, kengayib chuqurlashadi va kemtik - incisura prostatae nomini oladi. Bezning ikkita urug’ otuvchi nay teshiklari bilan siydik chiqarish yo’lining orqa devori o’rtasidagi qismiga o’rta siqiq bo’lagi - isthmus prostatae (lobus medius) deyiladi. Bu qism jarrohlikda katta ahamiyatga ega. Prostata bezining (katta kishilarda) uzunligi o’rta hisobda 3 sm, kengligi 4 sm va eng qalin joyi 2 sm, og’irligi taxminan 20 g keladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish