AYOLLAR TANOSIL A’ZOLARI Ayollar ichki tanosil a’zolari quyidagilar:
1) tuxumdonlar - ovarium;
2) bachadon naylari - tuba uterina;
3) bachadon - uterus;
4) qin - vagina dan iborat.
Tashqi tanosil a’zolariga esa:
1) katta lablar - labia majora;
2) kichik lablar - labia minora;
3) klitor - clitoris;
4) qizil pardasi - hymen kiradi.
TUXUMDON Ayollar tanosil a’zolari ichida tuxumdon - ovarium asosiy o’rin tutadi. Bu bez bir juft bo’lib, uzunchoq shaklda, bachadon naylari tagida ko’ndalang joylashgan. Uning tepaga va pastga qaragan ikkita uchi, ichkariga va tashqariga qarapgan ikkita yuzasi, oldinga va orqaga qaragan ikkita qirg’og’i tafovut qilinadi. Yuqori uchi bachadon nayiga qarab turganligi uchun ham exterimitas tubaria deb yuritiladi. Pastki uchi bir oz toraygan bo’lib, bachadon tomonda turganligi sababli extremitas uterina deb ataladi. Bu uchi maxsus tuxumdon boylami ligamentum ovarii vositasida bachadonga tortilgan. Orqa tomondagi qirg’og’i yumaloqlangan va hyech narsa bilan qo’shilmay, erkin turadi, u margo liber deb yuritiladi, oldingi qirg’og’i esa o’z tutqichiga yopishgan, binobarin u margo mesovarius deb ataladi.
BACHADON NAYLARI Bachadon tubi burchaklaridan boshlangan naylar tuxumdondan chiqqan tuxumni bachadonga keltiruvchi yo’l - oviductus hisoblanadi. Har bir nay yoki Fallopiy nayi (tuba uterina Fallopii) 10-12 sm uzunlikda bo’lib, unda to’rt qism tafovut qilinadi:
1) bachadon devori ichida yashiringan qismi bachadon qismi) - pars uterina;
2) tor qismi - istmus (bachadonga yaqin turadi) nayning 1/3 qismini tashkil qiladij
3) kengaygan qismi - ampulla;
4) eng oxirgi voronkasimon kengaygan qismi - infundibulum. Bu kengaymaning chetida mayda uzun qisqa shokilalar - fimbria tubae bo’ladi. Ular tuxumdonda yetilib, qorin bo’shlig’ida chiqqan tuxumni tutib olib, nay ichiga kiritib yuborish uchun xizmat qiladi. Fallopiy nayi bachadonning ustiga yopilgan qorin pardaning (bachadon keng boylamining) burmasi ichida joylashgan. Boylamning bu qismi nay tutqichi - mesosalpinx deb ataladi. Nayning uchi uning tashqi vovronkasimon kengaygan qismidagi teshik - ostium abdominale tubae orqali qorin bo’shlig’iga ochiladi. Nayning bachadon bo’shlig’iga ochiladigan teshigi - ostium uterium tubae deb ataladi.
Bachadon nayining devori to’rt qavatdan tuzilgan:
1) eng ichki shilliq qavati - tunica mucosa juda ko’p uzunasiga ketgan burmalar - plicae tubariae ni hosil qiladi. Tunica mucosa ning usti kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo’lib, bu kipriklar o’z harakati bilan nay ichidagi tuxumni bachadon tomoniga yo’naltirib bo’radi;
2) muskul qavati - tunica muscularis o’z navbatida ikki: stratum circulare ichki ko’ndalang va stratum longitudinale - tashqi bo’ylama qavatlaridan iborat;
3) biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan parda qavat -tunica adventitia
4) seroz parda - tunica serosa bachadon nayini tashqi tomondan qpolab turadi.