MUSKULLARNING TUZILIShI Skelet muskullari ko’ndalang targ’il tolalardan tashkil topgan muskul tutamlaridan iborat. Muskullarning funksional va struktur birligi - muskul tolasidir. har bir muskul tolasi ikkinchi muskul tolasidan ustini o’rab olgan nozik biriktiruvchi to’qima pardasi - endomizium yordamida ajralib turadi. bir nechta muskul tolalari qo’shilib muskul tutamini hosil qiladi va ustidan tashqi qo’shuvchi to’qima pardasi - perimizium bilan o’raladi. Bir necha muskul tutamlaridan hosil bo’lgan butun muskul esa tashqi perimizium (perimysium externum) bilan o’ralgan bladi. Muskul nervga bo’ysinuvchi a’zo hisoblanadi, shuning uchun har bir muskul ichida harakat va sezuvchi nerv oxirlari bo’lib, ular muskullarni markaziy nerv sistemasi bilan bog’lab turadi. Harakat nervlari markaziy nerv sistemasida hosil bo’lgan qo’zg’alishni muskulga yetkazib beradi, ya’ni impulsni uzatadi, natijada muskul markaziy nerv sistemasining xohishi bilan qisqaradi (harakat analizatorlari). Muskullari ichida joylashgan sezuvchi nerv oxirlari muskuldagi sezgini markaziy nerv sistemasiga yetkazib, unga xabar berib turadi. Bulardan tashqari, muskullar ichida simpatik nerv oxirlari ham bor, shuning uchun tirik organizm muskullari bo’shashgan vaqtda doimo sal qisqargan holatda bo’ladi. Bunga muskul tonusi deyiladi. Odam o’lgandan so’ng muskullarning tonusi yo’qoladi vabo’shashib ketadi. 5-6 soat o’tgach, muskul tarkibidagi oqsil iviydi va qotadi, natijada muskullar ham qay ahvolda turgan bo’lsa, o’sha holda qotib qoladi. Har bir muskulning aktiv qisqaruvchi go’shtdor qismi - tanasi (venter) va ikki uchi, ya’niboshlanish va birikish joylari - pay qismlari (tendo) bo’ladi. Uzun muskullarda bundan tashqari yana bosh (caput) va dum (cauda) ham tafovut qilinadi. Muskulning boshlanish va birikish joylaridagi paylari zich biriktiruvchi to’qima - kollagen tolalaridan iborat bo’lib, cho’zilishga xiyla chidamlidir. Yassi muskullarning (masalan, qorin muskullarining) yupqa yassi payi bo’ladi, bu pay aponevroz deb ataladi. Gavdaning ba’zi yerlarida muskullarni o’ragan fassiyaning joylari ham aponevroz deb ataladi (qo’l-oyoq panjalarining aponevrozlari shular jumlasidandir). 45 Muskullar shakliga qarab uzun, qisqa, yassi bo’lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo’l va oyoqlarda joylashgan bo’lib, urchuqsimon ko’rinishga ega. Urchuqsimon muskullarning tanasi (venter), boshlanuvchi qismi (caput) va biriktiruvchi qismi - dumi (cauda) tafovut etiladi. Yassi muskullar asosan gavdaning old va orqa tomonlarida bo’ladi. Ba’zi muskullar bir necha joydan bir necha bosh bilan boshlanishi mumkin. Bunday muskullarni ko’p boshli muskullar deyiladi, ular ikki boshli, uch boshli va to’rt boshli bo’lishi mumkin. Muskul tolalari yo’nalishiga qarab to’g’ri, qiyshiq, ko’ndalang va aylanma bo’ladi. Bundan tashqari, bir patli va ko’p patli muskullar tafovut qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |