Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet45/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

5-MA’RUZA Mavzu: MIOLOGIYA
REJA
1. Muskullar organ sifatida.
2. Muskullarning guruxlarnishi.
3. Odam tanasining yuza va chukur muskullari.
4. Ko’krak kafasining autoxton muskullari.
5. Muskullarning bajaradigan ishi.
Tayanch iboralar: samatik va visseral muskulatura, agonist, antogonist, sinergist, fiksatorlar, bukuvchi yozuvchi muskullar, paylar, fassiyallar, poy qinlari.
MUSKULLAR - Umumiy ma’lumotlar Muskullar organizm hayotida muhim o’rin tutadi. Markaziy nerv sistemasi yuboradigan impulslar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning natijasida skelet harakatga keladi va gavda yoki uning bir qismi bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi. Muskullarda harakat va sezuvchi nervlarning oxirlari joylashgan bo’lib, har bir muskul ular orqali markaziy nerv sistemasi bilan bog’lanadi. O’rta yashar odamning skelet muskullari gavda og’irligining 40 foizini, chaqalaqlarning muskullari esa gavda og’irligining 20-22 foizini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanib turuvchi sportchilarda skelet muskullarining og’irligi gavda og’irligining qariyb yarmini tashkil qilishi mumkin. Yosh ulg’aygan sari muskullarning hajmi va og’irligi astasekin kamaya boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. Muskullarning takomillashishi. Gavda muskullari mezodermadan takomillashadi. Mezodermaning xorda va boshlang’ich miya naychasining ikki yon tomonida joylashgan dorsal qismi segmentlarga yoki somitlarga bo’linadi. Somitlar o’z navbatida sklerotomga va miotomgabo’linadi. Sklerotomdan umurtqa ustuni va skelet hosil bo’lsa, miotomdan muskullar takomil topadi. Miotomlar ko’proq ventral tomonga zo’r berib o’sishi tufayli kattaroq ventral qismi va unda kichikroq dorsal qismlari tafovut qilinadi. Miotomning dorsal qismidan orqa muskullar takomil etsa, ventral qismidan gavdaning old tomonida joylashgan ventral muskullar takomil etadi. Orqa miyadan miotomlarga nerv tolalari o’sib kiradi. Miotomlar ikki qismdan iborat bo’lib, ventral (old) va dorzal (orqa) qismlariga alohida ikkita nerv tortilgan. Shuning uchun ham bir miotomdan takomil topgan muskullar bir-biridan uzoqda joylashgan bo’lsa ham, bitta nerv bilan innervasiya qilinadi. Aksincha ayrim-ayrim miotomlardan tashkil topgan muskullar bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa ham turli nervlar bilan innervasiya kilinadi. Embriogenez davrida bir gruppa muskullar o’zining takomil topgan yerida qoladi va mahalliy (autoxton muskullar) deb ataladi, ikkinchilari gavdada takomil topib, embriogenez davrining so’nggi vaqtlarida qo’l-oyoqqa o’tib ketadi va trunkofugal (gavdadan qochuvchi) muskullar deb ataladi. Nihoyat, uchinchi gruppa muskullar qo’l-oyoqda hosil bo’lsa-da, biroq embriogenez davrida gavdaga o’tib ketadi va ular markazga (gavdaga) intiluvchi (trunkopetal) muskullar deb ataladi. Qorin-ko’krak to’sig’i - diafragma gavdaning old tomonidan V,VI bo’yin sigmentlaridan takomillashadi. Diafragmaning o’ng va chap tomonida simmetrik joylashgan juft muskul kurtaklari kaudal tomonga o’tib, tezda bir-biri bilan tutashadi va ko’ndalang chodir shaklida qo’shilib, ko’krak qafasining pastki teshigini berkitadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish