Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet44/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

SUYAKLARNING O’ZARO BIRIKISHI
Anatomiyaning suyaklarning bir-biri bilan o’zaro birikishini o’rganuvchi qismi artrologiya (artroiogia) yoki sindesmologiya (syndesmologia) deb ataladi. Suyaklar nimalar vositasida va qanday birlashishga qarab qo’yidagi ikkita asosiy guruhga bo’linadi:
1) uzluksiz (harakatsiz) birlashmalar - synarthrosis
2) harakatchan birlashmalar (bo’g’imlar) - diarthrosis. Bundan tashqari, uzluksiz birlashmashlarga ham harakatchan birlashmalarga kiritish qiyin bo’lgan birlashmalar bor. bulardan yuqorida aytib o’tilgan ikki hil birlashmaga xos bo’lgan belgilar bo’ladi. Shu munosabat bilan ular yarim bo’g’im (hemiarthrosis) deb ataladi. Bunday birlashmalar aksari uzluksiz birlashmaga uxshab ketadi.
Uzluksiz ravishda qo’shilgan suyaklar qimirlaymaydi yoki harakati juda chegaralangan bo’ladi. Binobarin, bu birikmalarni bo’g’im deb atab bo’lmaydi. Harkatchan birikmalar (bo’g’imlar) esa butunlay boshqacha tuzilgan va o’zgacha xususiyatga ega. Ular ichida bo’shliq bo’ladi va suyaklarning uchlari bir-biridan ancha qochib turadi, shu sababli bo’g’imlarda erkin harakat sodir bo’lishi mumkin.
KO’P O’QLI BO’G’IMLAR
Suyaklarning bo’g’im hosil qilishda ishtirok etadigan uchining shakliga va bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab ko’p o’qli bo’g’imlar ikki turga bo’linadi:
1. Yumaloq (sharsimon) bo’g’im (art.spheroidea); suyaklardan bittasining uchi yumaloq (yarim shar) shaklda bo’lib, ikkinchisining uchi shunga moslashgan chuqurlikdan iborat bo’ladi. Yumaloq bo’g’imlar boshqa xil bo’g’imlarga nisbatan juda erkin harakat qiladi. Shuning uchun ham bunday bo’g’imlarda boylamlar ham oz bo’ladi (masalan, yelka bo’g’im-art.humeri). Suyakning boshi yumaloq bo’lgani tufayli, u sirg’anib har tomonga aylanishi mumkin. Binobarin, bunday bo’g’imlarning o’qi ham juda ko’p. Lekin asosiy harakat qo’yidagi uch o’q atrofida bajariladi (shuning uchun bunday bo’g’imlar uch o’qli bo’g’imlar deb ham ataladi):
a) ko’ndalang (frontal) o’q atrofida yelka oldinga yo’naladi (antiflexio) yoki orqaga yo’naladi (retroflexio);
b) oldindan orqaga tomon ketgan (sagittal) o’q atrofida yelka tanadan uzoqlashadi (abductio) yoki tanaga yaqinlashadi (adductio);
v) tik (vertikal) o’q atrofida yelka ichkariga va tashqariga buraladi (rotatio). Bu asosiy harakatlardan tashqari, sharsimon bo’g’imlar aylanma harakatlar (circumductio) ham qila oladi, ya’ni suyakning bo’g’imdagi uchi o’z joyida turgani holda, ikkinchi (qarama-qarshi tomondagi) uchi doira hosil qilib aylana oladi. Bunday harakat vaqtida yuqorida ko’rsatilgan uchta o’q bir-biri bilan o’rin almashadi. Sharsimon bo’g’imlarning yana bir turi - kosasimon bo’g’im bo’lib, bunga faqat chanoq-son bo’g’imini misol qilib ko’rsatish mumkin. Chanoq suyagida chuqur kosasi bo’lganidan kosasimon bo’g’im deb ataladi. Bu bo’g’im son suyagining boshi yumaloq bo’lganligi tufayli yonoqsimon bo’g’im enarthrosis deb ham ataladi. Kosasimon bo’g’im sharsimon bo’g’im singari erkin harakat qila olmaydi.
2. Yassi bo’g’im (art.plana); katta sharning bir qismiga o’xshagani uchun bo’g’im yuzalari yassi bo’ladi. Masalan, umurtqalarning bo’g’im o’siqlari o’rtasidagi birlashmalar (art.intervertebrales). Ulardan harakat uch o’q atrofida sodir bo’la oladi, lekin harakatlar erkin bo’lmay, ancha chegaralangan bo’ladi. Shu jihatdan ularni kam harakatli bo’g’imlar (amfiartrozlar) ga ham kiritiladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish