Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet118/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

Umurtqa pogʻonasi - odam va umurtqali hayvonlar skeletinint asosiy qismi. Ontogenezpa togʻayli yoki suyakli umurtqa tanasi rivojlanib, embriondagi xordaning dastlab bir oz qismi, keyinchalik hammasini egallagan. Toʻgarak ogʻizliyaar, ikki xil nafas oluvchilar, yaxlit boshlilar, osyotrsimonlarning voyaga yetgan individlarida Umurtqa pogʻonasi yoʻq, juft yoylar esa yaxshi rivojlangan xordaga joylashgan. Suvdagi umurtqali hayvonlarning quruqlikda yashashga oʻtishi Umurtqa pogʻonasining tayanch rolini oshirdi. Umurtqa pogʻonasi orqa miyans ham taʼsirlardan himoya kiladi.
Umurtqa pogʻonasi ahamiyatiga koʻra qator qismlarga boʻlinadi. Balikdar Umurtqa pogʻonasi qovurgʻali tana va dum, qurukliqsagi umurtqali hayvonlarniki boʻyin, koʻkrak, bel (baʼzi guruh vakillarida yoʻq), dumgʻaza va dum qismlaridan iborat. Boshni atrofga harakatlantirish zarurati boʻyin qismining paydo boʻlishiga olib kelgan. Amfibiyalarda bitta, sudralib yuruvchilarda 4—9 (baʼzilarida koʻp), qushlarda 11—25, sut emizuvchilarda 7—10 ta boʻyin umurtqasi bor. Umurtqa pogʻonasining koʻkrak qismida qovurgʻalar boʻlib, koʻpchiligi toʻsh suyagi bilan birikib koʻkrak qafasinn (amfibiyalarda yoʻq) hosil qiladi. Bel qismda (amfibiyalar va sudralib yuruvchilarda yoʻq) rudimentar qovurgʻalar mavjud. Dumgʻaza umurtqalari (amfibiyalarda bitta, sudralib yuruvchilarda 2, sut emizuvchilarda 1 —10 ta va h.k.) chanoq suyagi bilan koʻrinishi oʻzgargan qovurgʻalar yordamida tutashgan.
Odamda Umurtqa pogʻonasi boʻyin, koʻkrak, bel, dumgaza va dum suyaklari — umurtqalarning ustmaust qoʻshiluvidan tashkil topadi. Umurtqa pogʻonasi shu umurtqa tanalarining orasida joylashgan togʻay disklar hisobiga uzayadi. Umurtkalar birbiriga ulanib borishi natijasida umurtqa kanali hosil boʻlib, unda orqa miya yotadi. Odam Umurtqa pogʻonasi kishining tik yurishiga moslashgan boʻlib, pastga qarab kengayib boradi. Umurtqa pogʻonasining boʻyin, bel, koʻkrak va dumgaza qismlarida fiziologik bukilmalar bor. Boʻyin va bel qismidagi bukilmalar lordoz (fiziologik lordoz), koʻkrak va dumgʻaza qismidagi bukilmalar kifoz (fiziologik kifoz) deb ataladi. Boʻyin va bel qismlari oldinga, koʻkrak va dumgaza qismlari orqaga qarab bukilgan boʻladi. Bu bukilmalar bola boshini mustaqil koʻtarib turishi, oʻtira boshlashi va tik yurishidan boshlab shakllanadi.
Umurtqa pogʻonasining boʻyin va bel qismi koʻp, koʻkrak qismi kam harakatlanadi. Kishining qaddiqomati Umurtqa pogʻonasi boylamlari, muskullarining holatiga bogʻliq.
Umurtqa pogʻonasi umurtqa kanalida yotgan orqa miyani ezilishdan, choʻzilishdan saqlaydi, gavdani tik tutadi, koʻkrak, qorin va chanoq boʻshliqlarini hosil qilish va boshqalarda ishtirok etadi.
Umurtqa pogʻonasi kasalliklaridan koʻpincha umurtqa pogʻonasining tugʻma anomaliyasi, orttirilgan kasalliklari, shikastlanishi va boshqa uchraydi. Tugʻma nuqsonlardan koʻproq 2 yoki 3 umurtqaning oʻzaro birikib ketishi, ortiqcha umurtqalar borligi va h.k. kuzatiladi. Bu xil nuqsonli Umurtqa pogʻonasida koʻpincha ogʻriq sezilmaydi. Orttirilgan kasalliklariga, asosan, ostexondroz, Umurtqa pogʻonasi deformatsiyalari (qarang Umurtqa pogʻonasining qiyishyishi, Skolioz), yalligʻlanish kasalliklari (qarang Spondilit), Umurtqa pogʻonasi boylamlarining uzilishi yoki choʻzilishi, umurtqalarning chiqib ketishi va boshqa kiradi.
Odamning tana skeleti pog’onasi, 12 juft qovurg’a va to’sh suyagidan tashkil topgan ko’krak qafasi (compages thoracis, tharax BNA) suyagidan tuzilgan. Umurtqa pog’onasi (collumna vertebralis) bir-birining ustida joylashgan 33,34-umurtqalar yig’indisidan tashkil topgan, bular bo’yin umurtqalari (yettita), ko’krak umurtqalari (o’n ikkita), bel umurtqalari (beshta), dumg’aza umurtqalari (to’rtta, beshtasi o’zaro birlashib, bitta dumg’aza suyagini hosil qilgan) va dum umurtqalari bo’limlariga ajratiladi. Umurtqa pog’onasining o’rtacha uzunligi erkaklarda 73-75 sm, ayollarda esa 69-77 sm gacha bo’ladi; shundan bo’yin qismining uzunligi 13-14 sm ko’krak bo’limi 27-30 sm, bel qismi 17-18 sm va dumg’aza qismi 12-15 sm. Odam umurtqa pog’onasi organizmning tayanchi bo’libgina qolmay, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qiladi va gavda bilan kalla harakatida faol qatnashadi. Har qaysi umurtqaning tayanch vazifasini bajaradigan tanasi (corpus vertedrae) ravog’i (arcus vertebrae) bor. Umurtqa ravog’i tanasida ikkita oyoqchasi (pedunculi arcus vertebrae) vositasida birlashib, umurtqa teshigini (foramen vertabrae) hosil qiladi. Qolgan umurtqalar teshigi o’zaro qo’shilib, umurtqa kanali (canalis vertebralis) ni hosil qiladi, orqa miya ana kanaladi joylashib, tashqi muhit ta’siridan saqlanib turadi. Umurtqa ravog’ida tepa va pastki juft bo’g’im o’simtalari (processus articulares superiores et inferiores) joylashgan. Umurtqa ravog’ining o’rta qismida orqa tomonga bitta o’tkir qirrali o’siq (processus spinosus), ikki yon tomonidan bittadan ko’ndalang o’siq (processus transversus) ko’rinadi. Umurtqa tanasi bilan bo’g’im o’siqlarining o’rta qismida yuqori va pastki o’ymalar (incisurae vertebrales superiores et inferiores) joylashgan. Umurtqa pog’onasida yuqori umurtqaning pastki o’ymasi pastki umurtqaning yuqori o’ymasi bilan birlashib, har tarafda bittadan umurtqa oraliq teshigi (foramen intarvertebrale) ni hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlari o’tadi. Odam umurtqalari ichida bel va dumg’aza umurtqalari katta hajmli bo’lib, bosh, tana va qo’l og’irligi ana shular vositasida chanoq orqali oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqalari esa aksincha, o’sishdan to’xtab, yo’qolib borayotgan qoldik umurtqalar hisoblanadi. ularning tanasi kichkina, ravoqlari bo’lmaydi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish