Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni



Download 0,5 Mb.
bet2/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni

“Odam anatomiyasi” fani tabiiy fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, fundamental fan sifatida talabalar uni I semestrda o’rganishadi. Qadimiy anatomiya fani a’zolarni alohida-alohida o’rganib kelgan, ularning o’zaro munosabatlarini, organizmning bir butunligini hisobga olmasdan, faqat dalillarni to’plash bilan chegaralangan. Hozirgi davrda esa bu fan a’zolarning o’zaro munosabatlarini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlarini dialektika qonunlariga asoslangan holda o’rganadi, organizmning yagona sistema eganligini, uning tashqi muhit bilan chambarchas bog’liqligini, a’zolarni shakli bilan funksiyasining bir-biriga bevosita aloqador ekanligini nazarda tutib o’rganadi. Umurtqali hayvonlar umurtqasiz hayvonlar va o’simliklar kabi fanlar eng avval dala fanidir. Hozirgi vaqtda bu fanlarni o’rganishda ko’proq laboratoriya sharoitida tajribalar o’tkazilib o’rganilsada, dala tadqiqotlari (material to’plash, kuzatish) eng muhim hisoblanadi. Qadimiy anatomiyaning qisqacha rivojlanish ta’rixi (Alkmeon, Krotonskiy, Gippokrat, Gerofil). O‘rta asrlarda anatomiyaning rivojlanishiga katta xissa qushgan O‘rta osiyo olimi Abu Ali Ibn Sino. Fransiya va Italiya olimlari. Plastik anatomiyaga birinchi bo‘lib o‘z xissasini qushlardan Leonardo da Vinchi. Anatomiyani fanining asoschilardan Andrey Vezaliy. Uyg‘onish davrida (XV-XVII asrlar), zamonaviy anatomiya faniga katta 5 xissa qushganlardan Gabriel Faloppiy, B. Evstaxiy, V. Garvey, I. Purkine, Fransua Bishning nazariy va amaliy ishlari. Anatomiya fanida evolyusion yo‘nalishining rivojlanishiga CH. Darvin xissasi. XVIII-XIX aslarida anatomiya fanining rivojlanishida salmoqli xissa qo‘shganlardan. P.A Zagorskiy, E.O.Muxin, N.I. Pigarov, P.F. Lesgaft, hamda XX asrda V.P.Vorobyov, V.N. Ponkov, G.I. Iosifov va h .k.ishlari. Odam embrioning rivojlanishi (ontogenezi), evolyusiyaning bosqichlari. Odamning hayvonot olami sistematikasidagi o‘rni. Odam organizmi a’zolarining tuzilishi ularni vazifalariga bog’liq holda shaklanib boradi. Bu bog’liqliklarni o’rganish funksional anatomiya fanining vazifasidir

2

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o’rganadishdan iboratdir. Bu fan har a’zoni jinsiy tafovutlar jihatidan, shunindek atrof-muhitning a’zolar tuzilishi hamda vazifasiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi. Odam organizmi tuzilishiga ko’ra murakkabligi, mehnatga layoqatliligi bilan hayvonlar organizmi tuzilishidan tubdan farq qiladi. Ana shu tuzilish, rivojlanish qonuniyatlarini uning evolyusion taraqqiyot qonunlari - filogeneziga (phylon-avlod, genesis-taraqqiyot) taqqoslangan xolda hamda odam holatiga o’tish jarayoni - antropogenezi (antropos-odam)ni o’rganadi. Bu bilan qiyosiy yoki solishtirma anatomiya shug’ullanadi. Organizmning paydo bo’lishini, tug’ulguncha ona qornida o’sib, rivojlanib borishini embriologiya (embriogenez- embryon-murtak, kurtak) o’rgansa, tug’ilgandan boshlab to hayotining ohirigacha bo’lgan davrni “yoshga doir” anatomiya o’rganadi. Fanning vazifasi – Anatomiyaning boshqa fanlar (fiziologiya, gistologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya paleontologiya va antropologiya) bilan uzviy bog‘liqligi. Uning zamonaviy o‘rganish usullari.

3

Fanning o‘quv rejadagi fanlar bilan aloqasi

«Odam anatomiyasi» fani tirik mavjudotlarni o’rganuvchi quyidagi umumbiologik fanlar: botanika, zoologiya, biofizika, irsiyat qonuniyatlarini o’rganuvchi genetika, hamda organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganuvchi ekologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi, psixologiya hamda anorganik va organik kimyo fanlari bilan uzviy bog’langan.

4

Elektron pochta va boshqa elektron vositalar orqali aloqa tartibi

O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha. Baholash masalasi elektron pochta yoki telefon orqali muhokama qilinmaydi. Baholash faqat universitet hududida, belgilangan xona va belgilangan vaqtda hamda dars davomida (JN) amalga oshiriladi.

5

Talaba uchun asosiy talablar

Universitet ichki tartib-qoidalariga va kiyinish madaniyatiga rioya qilish; - darslarga kechikib kelmaslik va sababsiz qoldirmaslik, qoldirilgan darslarni muddatida qayta o‘zlashtirish; - uyali telefonni dars va nazoratlar paytida o‘chirib qo‘yish ; - darslarga tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish; - ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish va uy vazifasi uchun alohida daftar tutish va talab darajasida yuritish; - berilgan uy vazifasi, mustaqil ish va boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish; - nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelish va etarli ball to‘plamagan holda takroriy nazoratlarni belgilangan muddatlarda topshirish; - nazorat paytlarida ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik va ushbu holat ro‘y berganda nazoratdan chetlashtirilishini e’tiborda tutish; - qo‘yilgan balga e’tirozi bo‘lsa, ball e’lon qilingandan keyin bir kun mobaynida o‘qituvchi, kafedra mudiri yoki dekanga (yakuniy nazoratlar bo‘yicha apelyasiya komissiyasiga) murojaat qilish; - dars paytida va undan tashqarida o‘qituvchi va boshqalarga nisbatan odobaxloq doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lish.




Kirish
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Biologiya” ta’lim sohasida o’qitiladigan “Odam anatomiyasi” odam anatomiyasi fanining qisqacha tarixiy ocherki. Antik anatomiya davri. (Alkmeon Krotonskiy, Gippokrat, Aristotel, Gerofil, Erasistrat, Galen). O’rta asr davri anatomiyasi (Abu Ali Ibn Sino). Tiklanish davri anatomiyasi (Leonardo da Vinchi) Anatomiya islohotchisi-Vazaliy. XVI-XVII asr anatomiyasining asosiy yutuqlari (Garvey, Malpigi, Borelli, Ryuysh va boshqalar). XVIII asrda anatomiya (Morgani Bisha, Volf, Ber). Anatomiyada evolyusion yo’nalishining paydo bo’lishida Darvin g’oyalarining ahamiyati. Anatomiya fanining Rossiyada tug’ilishi. (Shumlyanskiy, Pirogov, Lesgaft, Bes, Tonkov, Zerenov, Vorobyev, Karuzin). Odamning hayvonot dunyosida tutgan holati. Odam tana tuzilishining hayvonlar bilan umumiylik xususiyatlari. Sterroblastula va ularning xosilalarining vujudga kelishi, skelet, umurtqa pog’ona va umurtqalarni birikishi. Qo’l va oyoqning erkin suyaklari va ularning o’zaro birikishi. Bosh skeleti, yuqori va pastki jag’ suyaklari, tanglay, burun, ko’z yosh, til osti suyaklari. Muskullarning morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari. Nafas olish organlarining asosiy ontogenetik xususiyatlari. Burun bo’shlig’i. Xiqildoq va uning tuzilishi. Traxeya. Bronxlar va Bronx-larning shaklanishi. O’pkalar, Plevra. Buyrak. Erkaklar va ayollar jinsiy organlari. Yurak va uning tuzilishi. Qon aylanishining kichik doirasini arteriya va venalari. Tomirlar sistemasi haqida ta’limot (angiologiya). Tomirlar sistemasi to’g’risida umumiy obzor. Qon aylanishining odam hayotidagi ahamiyati. Qon aylanish doiralari. Nerv sistemasi haqida ta’limot. Nerv sistemasining umumiy obzori va uning funksiyasi. Miya taraqqiyotining ontogenezi. Nerv sistemasining asosiy morfologik elemetlari. Orqa miya va orqa miya nervlari. Refleks ravog’i. Chigallar va ulardan chiquvchi nervlar. Eshitish a’zolari tashqi, o’rta va ichki quloqlar. Ichki quloqda joylashgan labirin tuzilmasi. Quloq suprasi, tashqi eshitish yo’li, nog’ora pardasi, o’rta quloq bo’shlig’i, eshitish nayi va x.k. Ko’z a’zolaridan shox parda, rangdor parda kameralari ko’z gavhari, kipriklik tana shishasimon tana, to’r parda, tomirli parda, oq parda va ko’rish nervi. Sezgi a’zolari teri analizatorlari terining morfologik va mikroskopik tuzilishi, nerv uchlari. bo’limlaridan tashkil topgan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish