O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi
“Boshlang’ich ta’lim fanlar nazariyasi” fanidan
KURS ISHI
70110501-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) ta’lim yo’nalishi
Mavzu: O’zbek tili derevatsiyasi
Bajardi: Mamatova Zulfizar
Tekshirdi: Kenjaboyeva Nigora
Denov-2022
O‘ZBEK TILI DEREVATSIYASI
Reja:
Kirish.
I bob. O`zbek tili so’z yasalishining nazariy asoslari.
1. So’z yasalishining nazariy asoslari
1.2. So’z yasalishining tuzilishi
3. Affiksatsion so’z yasalishi
1.4. Asos va qo’shimchalar imlosi
II bob. Kompozitsion so’z yasash usuli
2.1. Kompozitsion so’z yasash usuli
2.2. Qo`shma so‘zlarning hosil bo‘lishi va imlosi masalasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
K I R I SH
Hozirgi kunda umumiy tilshunoslikda qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Shu qatorda o‘zbek tilshunosligida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu ishlar tilga substantsial (zotiy), ya’ni tizim sifatida yondashuv asosida olib borilmoqda. Bu esa o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot bosqichining yaqqol namunasidir.Ma’lumki, milliy mustaqilligimiz uchun kurash o‘zbek tiliga – millatning asosiy atributi hisoblanmish ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi bilan boshlandi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tilning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mavqei, komil inson tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib shunday deydi: «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Ona tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar». Mustaqillik yillari tilshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tilshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Jumladan, so‘z yasalishi sohasi bo‘yicha talaygina ilmiy-tadqiqot ishlari, monografiyalar yaratildi va yaratilmoqda. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar masalasi maxsus tadqiqot obyekti bo‘lgan. Shuningdek, qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar masalasi oliy o‘quv yurti talabalari uchun nashr qilingan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” atamasidagi qator darslik va qo‘llanmalarda ham o‘z talqiniga ega. Umumta’lim maktablarining 5-6-sinflari uchun nashr qilingan ona tili darsliklarida har bir so‘z turkumidan keyin qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar bahsida keltirilib o‘tiladi. Ishimizdan ko‘zlangan maqsad qo‘shma, juft va takror so’zlarning oliy ta’lim uchun mo‘ljallangan darsliklarda va umumta’lim maktablarining ona tili darsliklarida berilishi va ularning yasalish xususiyatlarini ko‘rsatib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |